Referat mavzu: pnevmoniya (zotiljam) bolalarda va kattalarda, belgilari va alomatlari, davolash, turlari


KATTALAR VA BOLALARDAGI PNEVMONIYA BELGILARI VA ALOMATLARI



Yüklə 124,68 Kb.
səhifə2/11
tarix21.10.2023
ölçüsü124,68 Kb.
#129333
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guliston davlat universiteti mustaqil ish

KATTALAR VA BOLALARDAGI PNEVMONIYA BELGILARI VA ALOMATLARI


Kasallikning simptomatikasi qo’zg’atuvchiga, bemorning yoshiga, sog’lig’ining holatiga bog’liq. Kasallik o’tkir tarzda yoki sezilmaydigan shaklda rivojlanadi; klassik belgilarga ega bo’lishi yoki asimptomatik (alomatlarsiz), atipik pnevmoniya tarzida kechishi mumkin. Keksa bemorlarda, immunitetni zaiflashtiradigan dori qabul qiluvchilarda va immunitet tizimi sust bo’lgan bolalarda jiddiy o’pka asoratlari bilan kechadigan kasallikning eng og’ir shakli qayd etiladi.

O’PKA YALLIG’LANISHINING KLINIK KO’RINISHI: KATTALARDAGI PNEVMONIYA ALOMATLARI


Kattalar orasida o’pka yallig’lanishi (zotiljam) jarayoniga eng ko’p ta’sir etadigan omil — sovqotish (gipotermiya) hisoblanadi. Bunday hollarda pnevmoniyaning o’ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:

  • To’satdan organizmda gipertermiya rivojlanishi, haroratning keskin ko’tarilishi va febril ko’rsatkichlarga (39°С) yetishi;

  • Tananing intoksikatsiyasi belgilari (charchoq, kuchsizlik, bosh og’rig’i);

  • 3-5 kun davom etadigan quruq yoki nam yo’tal, balg’am ajralishi ham kuzatiladi;

  • Yo’tal yoki nafas olish paytida yallig’langan o’pka tarafining og’rishi (har ikki o’pka yallig’langan bo’lsa ikki taraflama og’riq). Ba’zan aniq xirillash eshitiladi;

  • Nafas olish yetishmovchiligi va keng tarqalgan o’pka shikastlanishi oqibatida hansirash paydo bo’lishi.

Kasallikning klinik tasviri uning klassik kechishiga mos kelmasligi mumkin. Klinik belgilar va kasallik og’irligi yallig’lanish jarayonining qo’zg’atuvchisi turiga bog’liq. Masalan, kasallikning atipik (noodatiy) kechishi H1N1 gripp virusi yoki barchaga tanish cho’chqa grippi sababli ikki tomonlama o’pka pnevmoniyasi (zotiljam) rivojlanishida kuzatiladi va natijada virus og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ko’p hollarda pnevmoniya gripp kabi alomatlar bilan birga kechadi va o’tkir respirator kasalliklar, O’RVI fonida rivojlanadi. Pnevmoniyaning asoratlari ko’pincha o’zini-o’zi «davolash», masalan, isitma tushiruvchi dorilarni qabul qilish va xalq tabobati vositalarini noto’gri qo’llash natijasida yuzaga keladi. Bu infektsiyaning quyi nafas yo’llariga tarqalishi va o’pkada infektsion o’choqlar shakllanishiga hissa qo’shadi. Shunday qilib, pnevmoniyadan tuzalib ketishga to’liq davolanish kursini o’tash va o’z vaqtida tashxis qo’yish orqali erishiladi.

Yüklə 124,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə