Referat mavzu: pnevmoniya (zotiljam) bolalarda va kattalarda, belgilari va alomatlari, davolash, turlari


GRIPPNING ALOMATLARI VA BELGILARI



Yüklə 124,68 Kb.
səhifə9/11
tarix21.10.2023
ölçüsü124,68 Kb.
#129333
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guliston davlat universiteti mustaqil ish

GRIPPNING ALOMATLARI VA BELGILARI


Intoksikatsiya natijasida hosil bo’ladigan gripp alomatlariga:

  • Juda tez (3-4 soat davomida) intoksikatsiya belgilarining o’sishi:

  • Tana haroratining ko’tarilishi — 39°C va yuqori;

  • Kuchli titroq;

  • Holsizlik;

  • Mushaklar va bo’g’imlardagi og’riq;

  • Qattiq bosh og’rig’i

  • Ko’zning yoshlanishi;

  • Yorug’likka sezuvchanlik.

Intoksikatsiya bilan birga parallel ravishda respirator alomatlar kuzatiladi:

  • Tomoq og’rishi;

  • Quruq yo’tal;

  • Burun oqishi.

Ba’zida qorin og’rig’i va ich ketishi kuzatiladi. Grippda yuqori tana harorati bir necha kungacha davom etishi mumkin, ko’pincha isitma tushiruvchi dorilar ta’siri natijasida pasaymaydi. Kasallik asoratlarsiz bo’lsa gripp 7-10 kun davom etadi. Bu vaqt davomida gripp alomatlari asta-sekin yo’q bo’lib ketishi mumkin, ammo umumiy holsizlik ikki haftagacha davom etishi mumkin.

GRIPPNING SHAKLLARI


Grippning boshqa o’tkir respirator virusli infektsiyalar kabi yengil, o’rta, og’ir va juda og’ir shakllari bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, kasallikning asoratlarsiz va asoratli shakllari farqlanadi.

GRIPP RIVOJLANISHI SABABLARI


Kasallikning yuzaga kelishi sabablari yuqori nafas olish yo’llari shilliq qavatini gripp viruslari tomonidan shikastlanishidir. Infektsiya (kasallik) manbai gripp bilan kasallangan odam. Kasallik yuqishining asosiy yo’nalishi havo-tomchi yo’llari: yo’talish, aksa urish, gapirish va hatto oddiy nafas olish. Lekin virus maishiy yo’l bilan yuqishi mumkin — ro’molcha, taomlar, choyshab orqali. Gripp virusi juda yuqumli.

GRIPPNI TASHXISLASH VA ANIQLASH


Grippni tashxislash odatda klinik ko’rikka asoslangan. Haroratning keskin ko’tarilishida imkon qadar tezroq shifokorga murojat qilish kerak. Gripp bo’lganda shifokorning nazorati juda muhimdir, chunki bu mumkin bo’lgan bakterial asoratlarning boshlanishini o’z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Asoratlarning paydo bo’lishi haroratning qayta ko’tarilishi, yo’talning kuchayishi va umumiy holatning biroz yaxshilangandan keyin yana yomonlashishi kabi belgilar bilan namoyon bo’ladi va odatda kasallikning 4-5 kuniga to’gri keladi. Bu holatda qo’shimcha tahlillarni o’tkazish kerak — umumiy qon tahlili, ko’krak qafasi va sinuslar rentgenogrammasi.

Yüklə 124,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə