Referat mavzu: pnevmoniya (zotiljam) bolalarda va kattalarda, belgilari va alomatlari, davolash, turlari


BOLALARDA O’PKA YALLIG’LANISHI YOXUD ZOTILJAM (PNEVMONIYA) BELGILARI



Yüklə 124,68 Kb.
səhifə3/11
tarix21.10.2023
ölçüsü124,68 Kb.
#129333
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guliston davlat universiteti mustaqil ish

BOLALARDA O’PKA YALLIG’LANISHI YOXUD ZOTILJAM (PNEVMONIYA) BELGILARI


Bolalarda kasallanish ko’rsatkichi yosh bilan bog’liq: 3 yoshgacha bolalar 3 yoshdan katta bolalarga ko’ra 2-3 barobar ko’proq kasal bo’ladi (100 ta boladan 1,5-2 tasi). Emizikli chaqaloqlarda pnevmoniya ko’pincha qayt qilish tufayli aspiratsiya, tug’ma nuqsonlar, nafas yo’llariga yot jismlarning tushib qolishi natijasida rivojlanadi.
Bolalarda pnevmoniya alomatlari yoshi, etiologiyasi va yallig’lanish jarayonining tarqalishiga qarab farq qiladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • Uyquchanlik, holsizlik, umumiy bezovtalik, ishtahaning yo’qligi;

  • Tez-tez hech bir sababsiz yig’lash;

  • Isitma, ko’pincha subfebril chegaralarda (37-38° С);

  • Nafas olish tezligi oshishi;

  • Bir tomonlama zotiljamda — bir o’pkaning kam kengayishi alomatlari, nafas olish buzilishi tufayli ko’krak qafasining bir tomoni ko’p kengaymaydi;

  • Nafas yetishmovchiligi simptomlari — burun-lab uchburchagi sianozi (ko’kimtir tus olishi), ayniqsa, yig’layotganda, oziqlanayotganda, yuqori qo’zg’alish kuzatilgan vaqtda barmoq uchlarining ko’karishi.

Katta yoshdagi bolalarda pnevmoniya belgilari kattalardagi o’pka yallig’lanishi belgilari o’xshash: isitma, holsizlik, uyquchanlik, ko’p terlash, ishtaha yo’qolishi, sevimli faoliyatga qiziqish yo’qolishi, o’pkaning ko’p qismi yallig’langan bo’lsa nafas yetishmovchiligi rivojlanishi.

PNEVMONIYA TASNIFI


Yaxshi o’rganilgan kasallik sifatida pnevmoniya (zotiljam) shakllarining tasnifi bemorlarda kasallikka aniq tashxisi qo’yishga va uni samaraliroq davolashga imkon beradigan bir necha omillarga asoslangan.

YUZAGA KELISHI SHARTLARIGA KO’RA TASNIFLASH


Kasalxonadan tashqari pnevmoniya, kasalxona pnevmoniyasi va gospital pnevmoniya farqlanadi.
Kasalxona pnevmoniyasi bemorni boshqa ko’rsatmalar bilan kasalxonaga yotqizilganidan keyin 48 soatdan o’tgach shifoxonada rivojlanadigan pnevmoniya shaklidir. Kasalxona va shifoxonalarda antibakterial dorilarga chidamli infektsion patogenlar ko’pincha tez rivojlanib borayotganligi sababli, bunday turdagi o’pka yallig’lanishida o’ziga xos xususiyatlar kuzatiladi va davolash ham o’ziga xos bo’ladi. Shu sababli pnevmoniyaning bunday turi farqlanadi.

Yüklə 124,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə