Referat toshkent-2022 Mavzu: Byudjet investitsiya loyihasini monitoring qilish vositasi sifatida Kirish


Ilmiy izlanish va rivojlanish loyihalari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə4/10
tarix25.02.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#84111
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
A guruh Fayzullayev Firdavs investitsiyalar

3.Ilmiy izlanish va rivojlanish loyihalari

Ilmiy izlanish va rivojlanish loyihalari. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish sohasidagi izlanishlar yoki yangi informatsion boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: loyihaning bosh maqsadi aniq belgilangan, lekin, aloxida maqsadlar xususiy natijalarga erishishi doirasida aniqlanishi kerak; loyihaning yakunlanishi va davomiyligi muddati oldindan aniqlangan, ularga iloji boricha aniq rioya etish zarur, ammo ular olingan oraliq natijalar va loyihaning umumiy siljib borishiga bog’liq hamda to’g’rilanishi ham kerak, loyihaning xarajatlar rejasi odatda ajratilgan assignatsiyalar va oz miqdorda loyihani xaqiqatda siljib borishiga bog’liq; asosiy cheklashlar quvvatlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan bog’liq (uskunalar va mutaxassislar). Qoidaga asosan, mavjud quvvatlar loyihaning xarajatlari va uning tayorgarlik muddatini aniqlab beradi.

Tashkiliy masalalar. Korxonani qayta qurish, yangi boshqaruv tizimining konsepsiyalarini realizatsiya qilish, yangi tashkilotni tuzish yoki xalqaro forum o’tkazish (kinoforumlar, ko’rgazmalar – texnika, sanoat, qishloq xo’jaligi, shaxsiy ijodiy, turli davlat va xalqaro tashkilotlar uchrashuvini o’tkazish, yillik hisobot uchun kengash yig’ilishini tashkil etish kabilar) – loyiha sifatida quyidagicha xarakterlanadi: loyihaning maqsadlari oldindan aniqlangan, biroq loyiha natijalarini sifat va miqdor jixatdan birinchi ikkita holatga nisbatan aniqlash qiyinroq, chunki ular tizimning tashkiliy jixatdan yaxshilashi bilan bog’liq; muddat va davomiylik taxminan belgilanadi; resurslar imkoniyat doirasida belgilanadi; loyiha xarajatlari aniq belgilanadi va iqtisodiy nazoratga qo’yiladi; biroq loyihaning siljib borishi yuzasidan to’g’rilanish (korrektirovka)ni talab qiladi. 4. Iqtisodiy loyihalar.

Korxonalarni xususiylashtirish, auditorlik tizimini tashkillashtirish, yangi soliq tizimining joriy etilishi (inqirozdan chiqish, bank tizimiga katta miqdorda kreditlar ajratish, pul reformasi, boshqa davlatga beg’araz yordam ko’rsatish, xalqaro hamjamiyat tuzish yoki shu kabi tashkilotlarga a’zo bo’lish, biror-bir iqtisodiy tizimni isloh qilish, masalan, sug’urta tizimi, moliya bozori va sh.k.) – bu o’zining xususiyatlariga ega bo’lgan barcha iqtisodiy loyihalar: loyihaning maqsadi tizimning iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlashining yaxshilanishi hisoblanadi, shuning uchun ularni avvalroq ko’rib chiqilgan holatlarga nisbatan baholash qiyinroqdir; maqsadlar taxminan belgilanadi, lekin, loyihani siljib borishi bo’yicha to’g’rilanishini (korrektirovka) talab qiladi; loyiha muddatlari ham xuddi shunday, loyiha uchun resurslar zaruriyat yuzasidan imkoniyat doirasida taqdim etiladi; xarajatlar taxminan aniqlanadi, iqtisodiyligi nazorat qilinadi va loyihani siljib borishi aniqlanadi. Bu shuni bildiradiki, iqtisodiy natijalarga belgilangan muddatlarda o’rnatilgan xarajatlar asosida erishilishi kerak, resurslar talab bo’yicha taqdim etiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə