Referat toshkent-2022 Mavzu: Byudjet investitsiya loyihasini monitoring qilish vositasi sifatida Kirish



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə6/10
tarix25.02.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#84111
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
A guruh Fayzullayev Firdavs investitsiyalar

5.Innovatsion loyihalar.

Innovatsion loyihalar. Bunday loyihalar bozor uchun hali tanish bo’lmagan yangi mahsulot yoki uning yangi tarkiblarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga qaratilgan loyihalar hisoblanadi. Loyiha sinfi (loyiha tarkibi va tizimini hamda uning fan sohasi) bo’yicha: monoloyiha, multiloyiha, megaloyiha.

Monoloyiha – bu har xil tur, qurilish va hajmdagi alohida loyiha. Multiloyiha – bu bir necha monoloyihalardan tashkil topgan va ko’p loyihali boshqaruvli tadbiqni talab qiluvchi kompleks loyiha. Megaloyiha

– bu ta’lim sohalari va h.k.larni rivojlantirishning maqsadli dasturlari bo’lib, bu tartibga bir qator mono va multiloyihalar kiritiladi. Loyiha ko’lami

– (loyihaning hajmi, qatnashuvchilar soni va atrof-muhitga ta’sir darajasi) bo’yicha: kichik loyihalar, o’rta loyihalar, yirik loyihalar, juda yirik loyihalar. Loyihalarning bunday taqsimoti juda shartlidir. Loyiha ko’lamlarini aniqroq shaklda ko’rish mumkin. Davlatlararo, xalqaro, milliy mintaqalararo va mintaqa, tarmoqlararo va tarmoqlar bo’yicha, kooperativ, tashkiliy loyihalar. Loyihalarning murakkabligi (murakkablik darajasi) bo’yicha: oddiy, murakkab, juda murakkab. Loyiha turi (loyihaning fan sohasi xarakteri) bo’yicha: investitsion, innovatsion, ilmiy-tadqiqot, aralash. Investitsion loyihalarga, odatda, investitsion qo’yilmalarni talab qiluvchi, bosh maqsadi asosiy fondlarni ishlab chiqarish ya’ni yangilash bo’lgan loyihalar kiritiladi. Innovatsion loyihalarga, tizimlar rivojlanishini ta’minlaydigan, bosh maqsadi yangi texnologiyalarni va boshqa yangiliklarni ishlab chiqish va qo’llash bo’lgan loyihalar kiritiladi. Har bir loyiha 4 ta asosiy jihati bo’yicha farqlanadi:

1. Loyiha ko’lami bo’yicha: (kichik loyiha, megaloyiha)
2. Amalga oshirish muddatlari bo’yicha (qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli loyihalar).
3. Sifati bo’yicha.
4. Resurslarning cheklanganligi bo’yicha. Yuqorida keltirilganidek, loyihalarni turlicha tavsiflash mumkin.

Biroq, bu tavsiflar uning ma’lum tasnifiy jithatini namoyon etadi. Shunga ko’ra, loyihalarning mumuiy tasnifini quyidagi 2-rasm orqali ifodalash o’rinlidir. O’z navbatida, investitsiya loyihasi loyihadan farqlanishi sababli uning o’ziga xos xususiyatlarga egaligini namoyon etuvchi jihatlarni investitsiya loyihasi tasnifi keltirilgan quyidagi 3-rasm orqali ifodalash maqsadga muvofiqdir.



2-rasm

3-rasm


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə