Referat toshkent-2022 Mavzu: Byudjet investitsiya loyihasini monitoring qilish vositasi sifatida Kirish



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə9/10
tarix25.02.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#84111
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
A guruh Fayzullayev Firdavs investitsiyalar

8.Marketing tadqiqotlari.

Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:

 bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo’lgan mahsulotning mumkin bo’lgan sotish miqdori;

 tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining o’zgarishi tendensiyasi;

 yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o’zini tutishi, daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash;

 assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini aniqlash;

 mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sig’imidagi ulushi (xududlar va segmentlar bo’yicha ham);

 firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o’rni. Ko’rinib turibdiki, bozor to’g’risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin, firmalar bozorni iloji boricha tezroq o’zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo’lishini oldini olish uchun qarshi choralar ko’radilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilingandan so’ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o’rnini aniqlovchi o’ziga xos omillarni o’rganishdir. Bozorni marketing nuqtai nazaridan o’rganish o’z oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo’yadi. Bu maqsadni amalga 95 oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Marketing tadqiqotlari. Bench marking Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni xal etmog’i lozim:

-xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish; tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish;

-korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

-talab va taklif to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;

-tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish;

-tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;

-tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;

-to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish;

-tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustaxkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir.

Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir. Marketingning qo’llashdan oldin avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki, marketing – murakkab, harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish, uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan berishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jixozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur. Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o’rin egallab bormoqda.

Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin,, firma va tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing tadqiqotlari muhim o’rin egallaydi. Bu o’rinda mashhur «Marks end Sienser» kompaniyasining boy tajribasi diqqatga sazovor. Angliyada yirik va nufuzli sanalgan ushbu tashkilot «yumshoq tovarlari» (kiyim-kechak va to’qimachilik mahsulotlari) chakana tovar oborotida 16 foizni tashkil etadi. Har bir kvadrat metrga to’g’ri keluvchi tovar oboroti hajmi bo’yicha bu kompaniya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 80-yillarda «Marks end Sienser» Parijda o’z shahobchasini ochish va fransuz xaridorlari didiga mos keluvchi tovarlarni taklif qilish maqsadida 18 oy mobaynida muttasil marketing tadqiqotlarini o’tkazdi. Vaholanki, britaniyalik va fransuz oilalarining turmush tarzi, hayotiy ko’nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari bir-birlariga juda o’xshash bo’lsa ham, mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha farq qilar ekan. Bundan ko’rinib turibdiki, har bir tashkilot, firma o’z bozori va xaridori ko’lamini saqlash, ular salmog’ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog’i lozim. Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf harajatlarni talab etadi. Asosan yirik firmalar o’z tarkibiy tuzilmalari, sho’’ba tashkilotlari miqyosida marketing tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin, barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar.

9.Loyiha marketingi dasturi va byudjeti.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə