Referati reja: iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishi pulning mohiyati



Yüklə 184,87 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü184,87 Kb.
#143348
növüReferat
1   2   3
raferat jaasur

PULNING MOHIYATI

  1. Pulning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari Pul evolyutsiyasi globallashuv jarayonida soha, ijtimoiy mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarishining paydo bo`lishi va rivojlanishi, milliy va jahon bozorlarining shakllanishi, kredit munosabatlari va bank tizimining rivojlanishi, davlatning mustahkamlanishi, uning iqtisodiy rolining kuchayishi, bank ishidagi ilmiy-texnika inqilobi natijasida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridagi sifat o`zgarishlari bilan bog’liq. Pul o`zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog’oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o`zida ifodalashiga ko`ra pullar ikki turga bo`linadi: – haqiqiy pullar; – haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari. Haqiqiy pullar nominal qiymatini o`zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo`lgan metall pullar bo`lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo`lgan aylana (shu shaklda metall yemirilishi kam bo`ladi) shaklda chiqarilgan. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, XII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev Rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va X1X asrning boshlarida tangalar, asosan, oltindan zarb qilingan, keyinchalik, oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to`lov, muomala vositasiga bo`lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini kiritish zarur bo`lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo`qola bordi. 26 Qog’oz pullar Qog’oz pullar. Qog’oz pullarning paydo bo`lishi pulning nominal qiymatini real puldan ajratish bo`yicha uzoq jarayonning natijasi edi. Bu pul muomalasi vositasi sifatida pul ishlashining vaqtinchalik xususiyati bilan bog’liq. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo`lib, pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin. 1-bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo`lishi, qo`ldan-qo`lga o`tishi natijasida yemirilishi; 2-bosqich – tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi; Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo`lgan. 3-bosqich – davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi. Birinchi qog’oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb ko`rsatiladi. Lekin tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog’oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan. Qog’oz pullar Amerika va Yevropada XVII- XVIII asrlarda, Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan. Qog’oz pullar deb, hukumat tomonidan byudjet taqchilligini qoplash uchun chiqarilgan, metall pullarga almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma`lum kurs o`rnatilgan pul belgilariga aytiladi. To`la oltin va kumushdan bo`lmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilsa-da, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. Shunday bo`lsa ham, bu tangalar ma`lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog’oz pullar bo`lsa, muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma`lum bir miqdordagi oltinni o`zida ifoda qilgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham bo`lmagan, ya`ni ular qiymatni belgilab bergan, xolos. Qog’oz pullarning emitenti davlat xazinasi yoki emission bank hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog’oz 27 pullarning tabiati ularning inflyatsiyaga moyilligini ko`rsatadi. Qog’oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e`tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e`tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya`ni emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo`lgan talablariga ham bog’liq bo`ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massasining o`zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur yetadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo`lgan ishonchi pasayadi, to`lov balansining barqarorligi yo`qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k. 1.3. Pulning funksiyalari. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud: 1.Yevropa maktabi. 2. Amerika maktabi. Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan: 1.Qiymat o`lchovi funksiyasi. Pullar tovarlar va boshqa tovarlarning narxlarini belgilash orqali ularning qiymati va foydaliligini (foydalanish qiymatini) ifodalash uchun ishlatiladi. Narx tovar qiymati va foydaliligini pul ifodasi sifatida ishlaydi. Tovar narxi o`rtacha qiymatga teng, ammo talab va taklifga qarab u o`zgarib turadi va ushbu qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo`lgan pulda o`lchanadi. Pulning o`zi hech qanday narxga ega emas. Ular sotib olish qobiliyatiga ega, bu ularning ma’lum miqdordagi tovarlar va xizmatlarga almashtirish qobiliyati sifatida tushuniladi. Qog’oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo`lgan kupyuralar AQSH G’aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo`q. Bu vazifani AQSH G’aznachiligi bajaradi. 28 Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu banknotalar bo`lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi. O`zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta`minlanadi. Qiymatni o`lchash funksiyasi narxlar shkalasi asosida amalga oshiriladi. Bu har xil narxdagi tovarlar narxlarini taqqoslash uchun kerak. Narxlar shkalasi bu pulning texnik funksiyasidir, u yordamida qiymatni o`lchash funksiyasini bajariladi. 1.Muomala vositasi funksiyasining vazifasi pulni mahsulotni (xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar ayirboshlash jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatilishini anglatadi. Pul mahsulotni (xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar aylanishi jarayonida (T - D - T) vositachi vazifasini bajaradi. Binobarin, hisoblanadigan (aqlan xayol qilingan) pullar tomonidan amalga oshiriladigan qiymat o`lchovi funksiyasidan farqli o`laroq, muomala vositasi vazifasini real pullar bajaradi. Pulni muomala vositasi sifatida ishlatishning asosiy sharti uning ommaviy tan olinishi hisoblanadi. Muomala vositasi ning vazifasi naqd pul bo`lib, u qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi, ya'ni kirish uchun qonun bilan majburiy ma'lum bir davlat hududi. Ba'zi mamlakatlarda yuqori inflyatsiya sharoitida ayirboshlash vositasi vazifasini chet el valyutasi bajaradi. Muomala vositasi funksiyasining xususiyati shundaki, u amalga oshirilganda tovarlar va pullarning parallel (qarshi) harakati sodir bo`ladi. Sotuvchi o`z mahsulotini naqd ekvivalentiga almashtiradi. Demak, tovar aylanishi uchun zarur bo`lgan pul miqdori birinchi navbatda sotilgan tovarlarning narxi va ularning miqdori bilan belgilanadi, ya'ni sotilgan tovarlar narxlari yig’indisi. Pul birligi bir nechta tovar operatsiyalariga xizmat qilganligi sababli, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori ham uning muomalalari soniga bog’liq, ya'ni pul muomalasi tezligi (PAT). Binobarin, pulga ehtiyoj (PE) tovar narxlari (TNY) yig’indisi pul aylanish tezligiga bo`linib aniqlanadi. PE =TNY/PAT (1) 2.To`lov vositasi funksiyasi Bunda tovarlar to`lov muddati kechiktirlib sotiladi. Shuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to`lovlar ham pulning to`lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning asosiy qarz summasi va 29 foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq to`lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar to`lovlarini to`laydilar. 3. Jamg’arish funksiyasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi bo`lib xizmat qila olshidir. Pul qog’oz yoki tanga bo`lgani uchun boylik emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi. Pul boylik jamgarishning eng qulay usulidir, chunki pulda likvidlik bor, ya`ni pul hamma yerda unga belgilangan nominalga (masalan 500 so`m) qarab to`lov uchun qabul qilinadi. Pul boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, aksiya, obligasiya, sertifikat) barqaror vosita hisoblanadi, uning qadri inflyatsiya bo`lmasa barqaror saqlanadi, boshqa likvidlarni esa narxi-qadri o`zgarib turadi. Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati cheksiz bo`lishi, ya`ni pulga zarur bo`lgan vaqtda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo`lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga, uyjoy, yer, mashina, asbob-uskuna, aksiya, obligasiya va boshqalar shaklida ham jamg’arish mumkin. Adabiyotlarda pul xazina to`plash vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. Uni faqat o`zining real qiymatiga ega bo`lgan pullar (qimmatbaho metallar) bajara oladi. Qog’oz pullar asosan muomila va to`lov vazifasini bajaradi. Aholining qo`lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag’lari ham to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Jamg’arish vositasi funksiyasining alohida holati xazinalarni shakllantirish vositasi vazifasi bo`lgan. Jamg’arish funksiyasining vazifalari (tanga, quyma): • xazinalar pul muomalasini avtomatik ravishda o`z-o`zidan tartibga soluvchi vazifasini bajargan; •xazinalar banknotalar muomalasining barqarorligini ta’minlaydi. Zamonaviy oltin xazinalari pulning inflyatsion pasayishidan sug’urta sifatida foydalaniladi. Rasmiy oltin zaxiralari xalqaro likvid aktiv sifatida xizmat qiladi, uni jahon bozorida tovarlarni sotib olish yoki xalqaro qarzni to`lash uchun zarur bo`lgan valyutani olish uchun sotish mumkin. Hozirgi bosqichda xazinalardagi oltinni milliy yoki 30 jahon bozorida to`g’ridan-to`g’ri sotib olish yoki to`lash vositasi sifatida ishlatish mumkin emas.




Yüklə 184,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə