Reja: Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda qurilmalari



Yüklə 343,89 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü343,89 Kb.
#144446
1   2   3   4   5   6
Документ Microsoft Word (2)

Avtobeton nasos (6.16-rasm) beton aralashmasini gorizontal va vertikal yo‘nalishda yotqizish joyiga beton uzatuvchisi (betonovod) bo‘lgan taqsimlovchi strela-manipulyator 2 bilan uzatadi.. Qo‘lochi 18 m gacha bo‘lgan strelamanipulyator sharnirli birlashtirilgan qutisimon kesimga ega uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning vertikal bo‘ylab harakatlanishi ikki tomonlama harakatlanuvchi gidrosilindrlar yordamida amalga oshiriladi. Strela-manipulyator burilish kolonnasi 1 ga mahkamlangan, u shassi ramasiga tayanch-burilish qurilmasi orqali tayanib turadi, planda gidravlik burish mexanizmi gidromotor yordamida 360° ga burila oladi.

6.16-rasm. Avtobetonnasos.


Strelaga butun seksiyalari bo‘ylab mahkamlangan beton uzatuvchi 7 yo‘lining oxirida uzunligi 5 m egiluvchan rezina-to‘qimali shlang bilan tugaydi.
Ish holatida avtobetonnasos chiqarma tayanchlar 5 va 8 ga tayanadi.
Yordamchi mexanizmlar – kompressor va beton uzatuvchini yuvishga mo‘ljallangan suvli nasos gidravlik yuritmaga ega bo‘lib, ularning har biri 0,7 MPa bosimgacha bosim bera oladi.
Suvli nasosga suv sig‘imi 400 l bo‘lgan bak 3 dan keladi. Chayqaltiruvchi uzel 4 va strela-manipulyator 2 ni boshqarish chiqariladigan pult, yordamchi mexanizmlar va chiqariladigan tayanchlar statsionar pultdan boshqariladi.
Ushbu avtobetonnasos konstruksiyasi tashqi havo darajasi −5...+40°S oralig‘ida to‘xtovsiz ishlashini ta’minlaydi. Uning maksimal uzatish balandligi 22 m, unumdorligi esa – 65 m3/soat. Zamonaviy avtobetonnasoslar (6.17-rasm) unumdorligi 150 m3/soat ni tashkil etadi.

Beton aralashmasini yotqizish jarayoni uni yotqizish joyida taqsimlash va zichlashdan iborat. Taqsimlab joylashtirish ko‘chadigan kran yordamida maxsus bunkerlar va badyalar bilan (6.18-rasm), betonnasoslar, beton taqsimlagichlar, o‘zi yurar beton yotqizuvchilar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.

6.18-rasm. Bunker va badyalar.
Beton taqsimlagich va beton yotqizgichlar. Qurilish maydonida ishlatiladigan beton taqsimlagich agregati beton aralashmasini beton nasosdan qabul qilib uni monolit beton va temirbeton inshootlariga yotqizishda qo‘llaniladi.
Beton taqsimlagich ochiq katta maydonlar: inshootlar zamini (nul sikli), yo‘l qoplamalari, aerodrom, gidrotexnik inshootlar, ora yopmalar, bino tomlarini betonlashda qo‘llaniladi.

6.19-rasm. Beton taqsimlagich.


Beton yotqizgichlar beton aralashmasini uzatish, taqsimlash va tekislash uchun mo‘ljallangan. Ularning ayrim modellari qorishmalarni zichlashi mumkin (6.20-rasm).

6.20-rasm. Beton y otqizgich.


Hozirgi davrda jarayonni osonlashtirish va mexanizatsiyalashtirish yordamida tezlashtirish uchun maxsus texnikaning turli xillari ishlab chiqarilmoqda. Shunday vositalardan biri lazerli beton yotqizgichdir (6.21-rasm).

6.21-rasm. Lazerli beton yotqizgich.


Betonnaya aralashmasi aralashtirish, tashish va taqsimlab joylashtirish jarayonida havo bilan to‘yinadi. Aralashmadan havoni chiqarib yuborish uchun zichlashning turli xil mexanik usullari qo‘llaniladi (vibratsiyalash, vakuumlash va b.). Aralashmaga mexanik ta’sir davomiyligi uning qattiq-yumshoq holatiga bog‘liq bo‘lib odatda bir necha minutdan ortmaydi. Haddan tashqari o‘zoq ta’sir etganda aralashmani qatlamlarga ajralishi yuz beradi – yirik to‘ldiruvchi forma tubiga tushadi, armatura karkasi siljiydi va h.k.
Bino va inshootlar qurilishida beton aralashmasini zichlashning vibratsion usullari keng qo‘llaniladi. Beton aralashmasini zichlashda qo‘llaniladigan vibratorlar yuritkich turiga qarab elektrik va pnevmatiklarga bo‘linadi.
Elektrik vibratorlar o‘z navbatida elektromexexanik va elektromagnitlilarga bo‘linadi. Beton aralashmasiga tebranishlarni uzatish usuliga ko‘ra yuzaki (6.22rasm, a) tashqi (6.22-rasm, б) va chuqurlik (ichki) vibratorlarga (6.22-rasm, в) bo‘linadi.

6.22-rasm. Vibratorlar sxemasi: a – yuzaki; b – tashqi;v – chuqurlik (ichki).


Yuzaki vibrozichlagichlari beton aralashmasining yotqiziladigan 0,25 m gacha bo‘lgan qatlamini tekislash va zichlashda ishlatiladi.
Yuzaki vibrozichlagichlar (6.22-rasm) elektrodvigatel 2 (uning rotoriga debalanslar 4 mahkamlangan), zichlovchi plita 5 va elektrkabel 3 iborat.

6.22-rasm. Yuzaki vibrozichlagich.


Elektrdvigatel xavfsiz kuchlanishi 36 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokdan ta’minlanadi.Valning aylanish chastotasi 2800 min-1. Vibrozichlagichni yangi ish joyiga ko‘chirish tutqich 1 dan foydalaniladi.
Uzunchoq keng betonli bo‘laklarni betonlashda vibroreykalar ishlatiladi. Ular yuzaki vibrozichlagichlardan farqli ravishda brus-reyka shaklidagi ishchi organga ega bo‘lib bir yoki undan ortiq vibratorlar bikir mahkamlangan (6.23rasm).
Tashqi vibratorlar maxsus mahkamlovchi qurilmalar yordamida qoliplarning tashqi tomonidan mahkamlanib, zichlanadigan aralashmaga tebranishni qoliplar orqali beradi (6.24-rasm).

6.23-rasm. Vibroreyka.


Bunday titratgichlar ingichka yoki siyrak armaturali, baland monolit beton inshootlari, turli xil yig‘ma temir-beton konstruksiyalarning elementlari — kolonna, to‘sin va shunga o‘xshashlarni tayyorlashda qo‘llanadi.

6.24-rasm. Tashqi vibratorlar.


Chuqurlik vibratorlari zichlanadigan aralashmaga botiriluvchi silindrik ko‘rinishdagi titratma uchliklardan iborat ish jihoziga ega (6.25-rasm). Chuqurlik vibrozichlagichlar armaturalangan betonlar, shuningdek armaturalanmagan, kattaroq bo‘lmagan massivlar, poydevor, devor, ustun, ustunqoziq to‘sin va yaxlit konstruksiyalarni ishlab chiqarishda va ularni zichlashda qo‘llaniladi. Konstruksiyasi bo‘yicha dvigateli tashqariga chiqarilgan va ichkariga o‘rnatilgan zichlagichlarga bo‘linadi.
Dvigateli tashqariga chiqarilgan chuqurlik vibrator elektrdvigatel 2, ko‘chirish dastasi 1, vibrouchlik 5, egiluvchan val 4 dan iborat.

6.25-rasm. Dvigateli tashqariga chiqarilgan chuqurlik vibratori.


Elektrdvigatel validan aylantiruvchi moment egiluvchan valga mufta 3
orqali o‘zatiladi.
Qurilishda qo‘llaniladigan ushbu turdagi chuqurlik vibratorlarining massasi
26...59 kg, vibroqo‘zg‘atgich korpusining diametri 28...76 mm, tebranish chastotasi 175...334 s-1.
Bundan tashqari dvigateli ichkariga o‘rnatilgan chuqurlik vibratorlari ishlab chiqariladi (6.26-rasm). U silindrik korpus 2 va unga o‘rnatilgan elektrdvigatel 4 hamda debalansli 3 dan iborat. Ishga tushiruvchi 8 ni yoqqanda tok kabel 6 orqali debalans valli elektrdvigatel 4 ga o‘zatiladi. Debalansli val korpusga o‘rnatilgan ikki sharli podshipnikda aylanadi va uchlik 1 ga mahkamlangan. Korpus boshqarish dastasi 7 bilan ishchini qo‘liga vibratsiya ta’sirini kamaytiruvchi rezinali mufta 5 orqali birlashtirilgan.

6.26− rasm. Dvigateli ichkariga o‘rnatilgan chuqurlik vibratorlari.


Ushbu vibratorlar massasi 9, 15 va 22 kg, korpus diametri 50, 75 va 100 mm, majburlovchi kuch 2,5; 5,5 va 10 kN va tebranish chastotasi 183 s-1 bilan ishlab chiqariladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning «Qishloq xo‘jaligida islohotlam i chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalashilari to‘g‘risida»gi Farmoni. 24- mart 2003- yil.

Yüklə 343,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə