Reja: Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda qurilmalari


Beton aralashmasini tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish



Yüklə 343,89 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü343,89 Kb.
#144446
1   2   3   4   5   6
Документ Microsoft Word (2)

Beton aralashmasini tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish. Zamonaviy beton zavodi va sexlarida texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish uchun avtomatlashtarilgan apparat jamlanmalari ishlab chiqilgan. Ular funksional quvvati, yuk ko‘taruvchanligi va o‘lchov tizimlari bilan farqlanadi.
Barcha jamlamalarda ularga umumiy bo‘lgan dozatorlar va boshqaruv pultlari mavjud (6.9-rasm).
Muhim qorishma aralashtirgichlar bilan asosan avtomatlashtirilgan qorishma uzellari va zavodlari komplektlanadi.

Beton aralashmasi va qorishmalarni uzoq masofalarga yetkazib berish uchun yuk avtomobillari shassisiga o‘rnatilgan maxsus avtotransport vositalari: avtobeton aralashtirgichlar, avtobeton tashigich va avtoqorishma tashigichlar qo‘llaniladi. Aralashmalarni yaqin masofalarga tashishda, qurilish olib borilayotgan maydoncha ichida tashish sharoitlarida quvurli transport, beton va qorishma nasos, beton va qorishma haydagichlardan foydalaniladi.


Quvurlar bo‘ylab tashishda aralashmani vertikal va gorizontal tekislikda uzluksiz qo‘zg‘atish ta’minlanadi, aralashma sifati saqlanadi va uning isrofi minimumga olib kelinadi. Tor sharoitlarda aralashmani yetkazib berish va uni yotkizish imkonini beradi.
Avtobeton aralashtirgichlar – shassisiga aralashtiruvchi ikki konusli baraban o‘rnatilgan yuk avtomobili. Ular dozalangan quruq komponentlardan yo‘l davomida beton aralashmasini tayyorlash, beton aralashmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish ob’yektida tayyorlab berish hamda tayyor beton aralashmasining sifatini o‘zgartirmay qurilish ob’yektlariga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Tashish masofasi beton aralashmasini qotish vaqtiga bog‘liq bo‘lib 25 km gacha bo‘lishi mumkin. Avtobeton aralashtirgichlardan foydalanish temperatura chegarasi -30°S dan 40°S gacha.
Avtobeton aralashtirgichlarning asosiy parametri ularning tayyor aralashma bo‘yicha hajmi (m3) hisoblanadi (6.10-rasm).

6.10-rasm. Avtobeton aralashtirgich.


Uning ish jihozi yuk avtomobili 1 shassisiga mahkamlanadi va u aralashtiruvchi baraban 3, barabanni tayanch ramasi 6, suv bilan ta’minlash tizimi baki 2 bilan, ortish-bo‘shatish qurilmasi 4, 5 va yuritish va boshqarish jihozlarini o‘z ichiga oladi. Baraban gorizontga 15° qiyalatib quyilgan. Barabanning ichki yuzasiga ikkita spiralsimon parrak mahkamlangan, ularning qiyalik burchaklari shunday olinganki, bir tomonga aylanganda aralashma komponentlari pastga yo‘nalib gravitatsion qo‘zg‘atish yuz beradi, ikkinchi tomonga aylanganda esa parraklar tayyor aralashmani buriluvchi bushatish tarnovi bilan bog‘langan qabul noviga uzatadi.
Baraban dizel yoki gidromotor bilan reversiv tishli reduktor va zanjirli uzatma orqali aylantiriladi, zanjirli uzatmani yetaklanuvchi yulduzchasi baraban tubiga bikir qilib mahkamlangan.
Hozirgi davrda avtobetonaralashtirgichlar geometrik sig‘imi 8, 10 va 12 m3 hajmli qilib ishlab chiqariladi. Aylanish chastotasi 0...20 min-1.
Avtobetonaralashtirgichlarning kamchiligi har bir aralashmadan so‘ng aralashtiruvchi baraban yopishib qolgan betondan xolos uchun yuvilishi kerak, bu esa o‘z navbatida ortiqcha suv va vaqt xarajatini talab etadi.

6.11-rasm. Zamonaviy avtobeton aralashtirgichlar.



Yüklə 343,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə