Reja Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar Boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə1/3
tarix01.06.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#114902
  1   2   3
Мustaqil ish №12




Мustaqil ish №12
12- mavzu: Boshqaruv hisobini tashkil etish


Reja


1. Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar
2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
3. Marjinal daromad hajmi
Xulosa
Tayanch iboralari

1. Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar
Boshqaruv hisobi axborot turlaridan biridir. U sub’ekt doirasidagi jarayon hisoblanib, sub’ektning xodimlar tomonidan rejalashtirish, o‘zini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish uchun foydalaniladigan axborot bilan ta’minlaydi. Bu jarayon boshqaruv xodimlarining o‘z fuksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni topish, o‘lchash, yig‘ish, tahlil qilish, tayyorlash, tushuntirib berish, topshirish va qabul qilishlarni o‘z ichiga oladi. Uning asosiy vazifasi, xo‘jalik jarayonlari va muomalalarini uzluksiz kuzatish va ular to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni boshqaruv organlariga etkazib berishdan iborat.
Demak boshqaruv hisobi ichki hisob bo‘lib, uning ma’lumotlaridan faqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar. Ushbu ma’lumotlarda moliyaviy hisobga oid ma’lumotlar bilan birga soliqlar va sug‘urtaga oid ma’lumotlar, marketing, ishlab chiqarish jarayonidagi chiqindilar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish haqida ham axborotlar keltiriladi. Boshqaruv hisobi bo‘yicha ma’lumotlar haqida hisobotlarni tuzish davri har xil bo‘lishi mumkin. Masalan har kuni, har haftada, har oyda yoki choraklarda va yilda bir marta — bu muddat xo‘jalik sub’ekti rahbari tomonidan belgilanadi.
Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan asosan kelgusidagi iqtisodiy faoliyatni rejalashtirish (byudjetlashtirish) va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladi. SHu jihatdan ham boshqaruv hisobini ko‘pincha maxfiy yoki taxminlash (prognoz) hisobi deb ham yuritiladi.
Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni quyidagicha guruhlash mumukin:

  1. rahbar xodimlar (kompaniya prezidenti, direktor, rais ular-ning o‘rinbosarlari va h.k.);

  2. boshqaruvchilar (bosh menejer va menejerlar);

  3. kichik xodimlar (bosh buxgalter, buxgalterlar, iqtisodchilar, kadrlar bo‘limi xodimlari);

  4. ichki nazorat xodimlari (ichki auditorlar);

  5. javobgarlik markazlari xodimlari (bo‘lim yokissex boshliq-lari, muxandislar, brigadirlar va h.k.);

  6. tashqi auditorlar (auditorlik firmalari).

Ushbu guruhlanish xo‘jalik sub’ektlarining mulkchilik shakli, xodimlar tarkibi, ishlab chiqarish hajmi, tarmoq xususiyatlari kabi omillarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
Buxgalterlar xo‘jalik sub’ekti boshqaruv faoliyatining faol sub’ektiga aylanib bormoqda. Bu esa ularga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. CHunki endilikda bu kasb xodimlari nafaqat hisob-kitob (hujjatlashtirish yoki buxgalteriya schyotlariga tarqatish) ishlarini bajaradi balki, bir vaqtning o‘zida ham soliqlar bo‘yicha, ham iqtisodiy faoliyat yuzasidan, ham huquqiy bilimlarni chuqur egallash va kerakli maslahatlar (rahbar xodimlar va menejerlarga)ni bera ola-digan proffesional mutaxassis bo‘lishini davr taqozo etmoqda.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ichki foydalanuvchilarning man-faatlarini ko‘zlab, buxgalteriya hisobi maqsad va vazifalarning qayta belgilanishi boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishning nazariy hamda uslubiy asoslarini ishlab chiqishni, xarajatlarni yuzaga kelish joylari va xarajat, foyda markazlari bo‘yicha turkumlashni, ularni nazorat qilish va tahlil etishni takomillashtirish natijasida, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishning boshqarish tizimini yaratishni taqozo etadi.



Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə