Reja: Budjet ashktlotlarining xarajatlar smetasi to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə4/6
tarix07.02.2023
ölçüsü122,5 Kb.
#100341
1   2   3   4   5   6
1515136839 69826

2. Xarajatlar smetalarini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi
Yuqoridagi paragrafda O`zbekistoRespublikasida budjetdan moliyalashtirish va budjetdan mablag` oluvchilarning aksariyat qismini tashkil qiluvchi budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish-ning me'yoriy-huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar sharhini keltirgan edik. Ushbu hujjatlar qatorida nomi keltirilgan "O`zbekistoRespublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro'yxatdan o`tkazish tartibi to’g’risida Nizom"3 bugungi kunda budjet tashkilotlari xarajatlanni smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi.
Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo`yicha, 4 guruh xarajatlarining to`liq yoyilmasini va hisobkitoblar-ni o`z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi.
Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo`lib, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi.
Xarajatlar smetasini tuzish bo`yicha ishlarni tashkil etish davomi-da O`zbekistoRespubiikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo`limlari o`zlariga bo`ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining budjetni tuzish tartibi va muddati to’g’risidagi qaroridan va moliya organining ushbu masala bo`yicha ko`rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida ko`rsatmalar beradi.
Buning uchun O`zbekistoRespublikasi va
Qoraqalpog`istonRespublikasi vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo`limlari o`ziariga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradi va xarajatlar smetasini tuzish tartibi, muddatlari to’g’risida yo`riqlar ko`rsatadi, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatiga va ularga xarajatlar smetasini tuzish masalalari bo`yicha qonunchilik talablarini tushuntiradi, budjet mablag`lari bo`yicha xarajatlar smetasi hisobkitoblarining qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomiga, iqtisod qilish tartibiga rioya qilish haqida ko`rsatmalar beradi, shuningdek, xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni toidirish texnikasi masalalari bo`yicha yoiyo`riqlar ko`rsatadi.
Bir vaqtning o`zida o`zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko`rsatkichlari asosida (sinflar, o`quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kimlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladi.
Xarajatlar smetasi bo`yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag`larga boigan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko`rsatkichlari va iqtisod qilishning qatiy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart. Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak: - O`zbekistoRespublikasi qonunlari va O`zbekistoRespubli-kasi
Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekistoRespublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari va farrnoyishlari, O`zbekistoRespublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Qoraqalpog`istonRespubiikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga;

  • budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar me'yorlariga;

  • tovar va xizmatlaming davlat tomonidan tartibga

solinadigan baholari va tariflariga, Jumladan:
-xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag`lar qormnchilik bilan belgilangan maoshlari va ish haqi stavkalari hamda ularga qo`shimcha to`loviardan, amaldagi namunaviy shtarJar va meyorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Ishbay usul bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga budjet ytliga xarajatlar smetasida ko`zda tutilgan ish hajmlaridan keiib chiqib kiritiladi;
-pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag`larni ajratishda, qonunchilikda belgilangan ish haqi stavkalaridan va o`quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf rahbariigi va boshqalar uchun qo`shim-cha haq to`lashni hisobga oigan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan keiib chiqilislii lozim;
-tibbiyot xodimlari ish haqi uchun mablag`larni ajratishda, ish haqi stavkalari va qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to`lash shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tibbiyot
xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqilishi lozim;

  • oiiy o`quv yurtidan keyingi ta'linida ta'1im oluvchilarning stipendiya xarajatlari beigiiangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta'minoti tartibidan kelib cbiqqan holda hisoblanadi;

  • mehnatga haq to`lash jamg`armasidan yagona ijtimoiy to`lovni to`lash xarajatlari xarajatlar smetasiga O`zbekistoRespublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonunchilikka muvofiq yagona ijtimoiy to`lov to`lanadigan barcha to`lov summaiaridan kelib ehiqqan holda kiritiladi;

  • ish beruvehining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta mukofotini to`lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimJarming o`tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;

  • xo`jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar limitlar doirasida kommunal xizmatlar uchun baho va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi;

  • telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflardan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda, limitdan oshiq foydalanilgan shaharlararo (davlatlararo) so`zlashuvlar uchun aloqa xizmatlari, internet bo`yicha xizmatlar va boshqa aloqa xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotJarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda, o`zlarining faoliyat xususiyatlaridan va ushbu xizmatlarga boigan talabdan kelib chiqib ko`zda tutiladi;

  • davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha muassasalarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar tashkilotlarning har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining o`rtacha yillik sonidan va natural me'yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi;

  • dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar qonunchilikda belgilan-gan pul xarajatlari me'yoriga qarab:

  • statsionarlarda - har bir joy-kunga, shifoxonalarda - har bir vrach qabuliga belgilanadi;

  • ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyabzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar moddiy ta`minotning me`yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag`lar doirasida hisoblanadi;

  • suv, o`rmon xo`jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning bajarayotgan ish me'yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;

  • inspeksiya va qo`riqlash faoliyati bilan bog`liqxizmatlar to`lovi xarajatlari tashkilotlar va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchilar o`rtasidagi shartnomaga muvofiq aniqlanadi;

  • tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek, boshqa davlat mulklan yarasi bilan bogiiq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko£rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi;

-xizmat safarlari bilan bog`liqxarajatlar tashkilotlarning oldiga qo`yilgan vazifalardan, shuningdek, qonunchilikda belgilangan me'yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi;

  • epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo`jaligi zararkunandalariga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bog`liqxarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo`lgan ehtiyojlar, shuningdek, bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yuqorida ko`rsatilgan xarajatlar, shuningdek, Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo`yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko`rsatkichlar va uslublar qo`llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro`yhatdan o`tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega boimagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo`linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan tashkilotlar bo`yicha jamlanma xarajatlar smetasi tuziladi.
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tashkil etilgan tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh tashkilotlar) rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo`yicha budjetdan ajratilgan mablag`larni taqsim qiluvchilar bo`lib hisoblanadi.
Jamlanma xarajatlar smetasi, xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlarning rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo`lgan hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko`rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi.
Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo`limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko`rsatkichlar ro`yhati bo`yicha xarajatlarning guruhlari bo`yicha va ilovalarni hamda smetalarga qilingan hisob-kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi.
Buyurtmalarda quyidagi ma`lumotlar ko`rsatiladi:

  • isitish, yoritish, suv ta'minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko`rsatkichlar;

  • sotib olish uchun mo`ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro`yhati;

  • kapital va joriy ta'mirlash bo`yicha asosiy ishlar ro`yhati; - o`rmon xo`jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi;

  • qonunchilikka rauvofiq belgilangan kadastr yuritish bo`yicha ishlar hajmi va boshqa ko`rsatkichlar hisobi;

  • bino va inshootlarni kapital ta'mirlash bo`yicha manzilli ro`yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi; - budjetdan mablag`lar ajratishni asoslash uchun kerakli boshqa hisob-kitoblar.

Tashkilotlar tomonidan berilgan buyirrtmalar markazlashtiri [gan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko`rib chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan xizraat ko`rsatila-digan tashkilotlarning xarajatlar smetasi tashkilotlar bilan markazlashtirilgan buxgalteriyalar bosh (katta) hisobchilari yoki iqtisodchilari ishtirokida tuziladi.
O`zbekistoRespublikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo`limlari markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo`yicha ularning o`zini saqlash uchun xarajatlar smetasidan tashqari, tashki-lotning markazlashtirilgan tadbirlari uchun xarajatlar smetasini tuzadi. Bunda,
O`zbekistoRespublikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari hamda bo`limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi barcha tashkilotlar bo`yicha qo`riqlash xizmatini to`lash, xizmat kiyimini sotib olish, yagona axborotkompyuter tizimiga xizmat ko`rsatish, seminarlar o`tkazish va boshqalar) bo`yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda, xarajatlar smetasiga har bir to`lanadigan markazlashtirilgan tadbirlar bo`yicha hisob-kitoblar ilova qilinadi.
Kelgusi yilga ochilishi kerak bo`lgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash bo`yicha xarajatlar smetasi tegishJi vazirliklar, idoralar hamda tegish li hokimiyatlarning boshqarmalari, bo`limlari tomonidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga haq to`lash shartlari va faoliyat ko`rsatayotgan shunga xshash tashkilotlarda mavjud boigan xarajatlarining o`rtacha me'yorlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunda, yangi tashkilotlarni saqlash xarajatlari ushbu tashkilotlar faoliyatining boshlanishi moijallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo`yicha rejalashtiriladi: 1 guruh - Ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar (stipendiyalar va boshqalar); // guruh - Ish beruvchilarning ajratmalari (ish haqiga ustamalar); /// guruh - Kapital qo`yilmalar; IVguruh - Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarni moliyalashtirish (to`lash) budjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro'yxati va smetasiga kiritiladigan o`zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining choraklar bo`yicha taqsimlangan yillik ro`yhatiga binoan amalga oshiriladi.

Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə