Reja: Burchoqdoshlar oilasiga tavsif


BURCHOQDOSHLAR OILASIGA KIRUVCHI O’SIMLIKLARNING XILLARI



Yüklə 8,51 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,51 Kb.
#158989
1   2   3
Burchoqdoshlar oilasi

BURCHOQDOSHLAR OILASIGA KIRUVCHI O’SIMLIKLARNING XILLARI
  • Sebarga (Trifolium) - dukkakdoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. 200 ga yaqin turi Shimoliy Yarimsharning moʼtadil, shuningdek, subtropik mintaqalarida, qisman Janubiy Amerika va Afrikada uchraydi. Qizil (T.pratense L.), pushti sebarga (T. hubridum), oq sebarga (T. repens), misr sebargasi (T. alexandrinun L.), eron sebargasi (T. resupinatum L.) turlari dehqonchilikda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda, asosan, qizil sebarga, misr sebargasi (T. bersim) va ekiladi.
  • Loviya (Phaseolus) - dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Jahon dehqonchiligida Loviyaning oddiy Loviya (P. vulgaris) turi (vatani - Markaziy va Janubiy Amerika) eng koʻp tapqalgan.
  • Beda (Medicago) - dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk beda (M. sativa L.) turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 - Zmingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxminan 2 - 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan.
  • Yantoq - dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻrta Osiyoning dasht, choʻl, chala choʻllarida hamda Rossiyaning Yevropa qismidagi chala choʻllarida 5 turi maʼlum. Oʻzbekistonda yantoqning soxta yantoq va qirgʻiz yantogʻi turi oʻsadi. Boʻyi 40-110 sm, tik, sershox, ildizi kuchli rivojlangan, yer osti suvlarigacha yetib boradi (10 m va undan ortiq). Barg qoʻltigʻida qattiq tikanlari bor.
  • Astragal (Astragalus) burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. O’t, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon to’pgulda joylashgan. Mevasi dukkak. O’rta Osiyoda 592 va O’zbekistonda 250 turi o’sadi. Talayginasi (no’xatak, singren) yaxshi yem-xashak hisoblanadi.
  • Afsonak (Thermopsis) - burchoqdoshlar oilasiga mansub ko‘p yil-lik o‘tlar turkumi. Asosan Osiyo va Shim. Amerikada o‘sadi. Ko‘pchiligi zaharli. Ba’zi turlari ekinlar orasida o‘sadi. O‘rta Osiyoda bu turkumning 3 turi bo‘lib, O‘zbekistonda tarqalgan

Yüklə 8,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə