Reja: Burchoqdoshlar oilasiga tavsif


Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar) oilasi



Yüklə 8,51 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,51 Kb.
#158989
1   2   3
Burchoqdoshlar oilasi

Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar) oilasi
  • Burchoqdoshlar ajdoddagi eng yirik oilalardan bo'lib, 650 ta turkumga mansub 18000 ta turlarni o'z ichiga oladi. Ular Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra o't, yarimbuta, buta va daraxtlardan iborat. Barglari asosan murakkab, ba'zan oddiy, hamisha yonbargchali.
  • Gullari ikki jinsli, zigomorf, ba'zan aktinomorf, shingilsimon, kallaksimon yoki yoyiq to'pgullarda o'rnashgan.Bu oila vakillarining ko’pchiligi bir, ikki va ko’p yillik o’tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi.
  • Oila vakillarining ildizi - o’q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o’simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o’zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik o’suvchi, ilashuvchi, o’raluvchi yoki yotib o’suvchi bo’ladi. Barglari ko’pincha murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to’pgulga joylashgan. Gulkosachasi yarmigacha qo’shilgan 5 tagulkosachabargdan tashkil topgan.
  • Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning o’ziga xos belgilari
  • Oksittropis (Oxytropis), Burchoq (Vicia), Bcda (Mcdicago) kabi turlarga boy turkumlar; turlari madaniy o'simlik sifatida ko'plab No'xat (Cicer), Ycryong'oq (Arachis), Loviya (Vigna), Fasol (Phaseolus), Burchoq (Vicia) kabi turkumlarning ko'pchilik turlari; Shirinmiya (Glycyrrjiza), Oqquray (Psoralea), Qashqarbeda (Melilotus), Afsonak (Thermopsis) turkumlariga kiruvchi dorivor o'simliklar; Beda (Medicago), Yantoq (Alhagi), Sebarga (Trifolium) singari turkumlari sifatli yem-xashak bo'ladigan turlarni o'z ichiga oladi
  • Shuningdek, oilachaning ba'zi turlari katta-katta hududlarni egallab, o'simliklar qoplamining shakllanishida ham muhim rol o'ynaydi. Burchoqdoshlarga mansub, respublikamizda keng tarqalgan o’simliklardan biri o’tloq sebargasidir.O’tloq sebargasi bo’yi 25 – 50 sm keladigan ko’p yillik o’t. U asosan tog’etaklarida, daryolar va ariqlarning bo’ylarida, qisman begona o’t sifatida sug’oriladigan ekinlar orasida uchraydi. Barglari uzun bandli, uch yaproqchali. Gullari mayda, 2 - 3,5 sm keladigan boshcha shaklidagi to’pgulga joylashgan. Dukkagi bir urug’li, tuxumsimon, uzunligi 1,5 – 2 mm.
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə