Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/37
tarix30.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#165150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Reja Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan

Moddiy nuqta kinematikasi
Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatini kuzataylik (2 – rasm).


2 rasm. Moddiy nuqtaning 0X o‘qi bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakati

To‘g‘ri chiziq 0X koordinat o‘qi bo‘ylab joylashgan deb hisoblaymiz. Moddiy nuqta holati quyidagi ifoda bilan belgilanadi:



x = x(t)

Belgilangan t vaqtda moddiy nuqta koordinatasi x1= x(t) bo‘lgan A1 holatda deb hisoblaymiz. t vaqtdan so‘ng moddiy nuqta koordinatasi x2 = x(t+t) bo‘lgan A2 holatga ko‘chadi. Demak, moddiy nuqta t vaqt ichida x yo‘lni bosib o‘tadi.

x = x2–x1 = x(t + t ) – x(t)

Bosib o‘tilgan x yo‘lni t vaqt oralig‘iga nisbati moddiy nuqtaning o‘rtacha tezligi deb ataladi


, (3.1)
Agarda t vaqt oralig‘i nisbatan katta bo‘lsa, o‘rtacha tezlik tushunchasi o‘rinli bo‘ladi. Ammo t vaqt oralig‘ini kichraytira borsak, natijada x / t nisbat ma’lum bir chegaraviy qiymatga intiladi. Bu chegaraviy qiymat moddiy nuqtaning oniy tezligi deb ataladi
, (3.2)

Matematikada bu ifoda x(t) ifodadan t vaqt bo‘yicha olingan hosila deb aytiladi.


, (3.3)
Bosib o‘tilgan yo‘ldan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila moddiy nuqtaning oniy tezligi deb ataladi.
Ko‘pinchalik moddiy nuqtaning tezligi vaqtning funksiyasidan iborat bo‘ladi, ya’ni = (t). Bu tezlikni vaqt birligida o‘zgarishi nuqtaning o‘rtacha tezlanishi deb ataladi.
, (3.4)
,
(3.5)
Bosib o‘tilgan yo‘ldan vaqt bo‘yicha olingan ikkinchi tartibli hosila moddiy nuqtaning oniy tezlanishi deb ataladi.
Bosib o‘tilgan S yo‘lni, tezlik funksiyasini 0 dan t vaqtgacha chegarada integrallash yo‘li bilan hisoblash mumkin.

,
Agar harakat to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdan iborat bo‘lsa, = const bo‘ladi.
,
bundan,
,
Agar moddiy nuqta harakatining boshlang‘ich momentida (t = 0) tezlik 0 ga teng bo‘lsa:
,
ga ega bo‘lamiz.
Tezlanish o‘zgarmas bo‘lgan holda (a = const) harakat tekis o‘zgaruvchan harakat deb ataladi. U holda

,
,
Agar a > 0 bo‘lsa, harakat tekis tezlanuvchan harakat deyiladi, a < 0 bo‘lganda esa, tekis sekinlanuvchan harakat deb ataladi.
Xalqaro birliklar tizimi – «XBT»da tezlik metr/sekund bilan o‘lchanadi.

Tezlanish esa,



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə