Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi


-MA’RUZA Nurlanishning kvant tabiati



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə32/37
tarix30.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#165150
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Reja Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan

13-MA’RUZA
Nurlanishning kvant tabiati.
REJA:

  1. Issiqlik nurlanishi.

  2. Nurlanishning kvant xarakteri. Kirxgof qonuni.

  3. Stefan- Bolsman qonuni. Yorug‘likning sochilishi.

  4. Spektroskopiya. Spektr turlari.

  5. Quyosh va kosmik nurlarning biosferaga ta’siri.


Tayanch so‘z va iboralar: fotografiya, gologramma, tabiiy nur, qutblangan nur, polyarizator, analizator, Malyus qonuni, Bryuster qonuni,

Yorug‘likni qutiblanishi. Polyarizator va analizator Malyus qonuni. Yorug‘likning qutblanish hodisasi yorug‘lik nurini ko‘ndalang elektromagnit to‘lqin ekanligini tasdiqlaydi. Tabiiy yorug‘lik nurida uni tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda yorug‘lik vektorining (elektr maydon-kuchlanganligi vektori-E) tebranishlari sodir bo‘ladi va bu tebranishlarning birontasi ham boshqa tebranishlar oldida afzallikka ega bo‘lmaydi.

Agar yorug‘lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo‘lsa, bunday yorug‘likni yassi (yoki to‘g‘ri chizili) qutblangan deb yuritiladi. Yorug‘lik vektori tebranayotgan tekislikni tebranish tekisligideb ataladi.
Yassi qutblangan yorug‘likni tabiiy yorug‘likdan polyarizatorlar (qutblagichlar) deb ataluvchi asboblar yordamida olish mumkin.






Turmalin plastinkasi B1 yorug‘lik nurini qutblaydi va polyarizator bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi B1 turmalin plastinkasi unga qutblangan nur tushayotganini aniqlashga imkon beradi





. To‘lqinning qutblangan yoki qutblanmaganligini aniqlash uchun mo‘ljallangan bu B1 asbobni analizator deyiladi. Polyarizatorlarga yorug‘lik vektorining amplitudasi E0 bo‘lgan

nur tushayotgan bo‘lsin. Bu vektorni polyarizator P dan o‘tgan qismi E0 bo‘lsin. A analizator tekisligi P polyarizator tekisligiga nisbatan  burchakka burilgan bo‘lsin. Analizatordagi o‘tgan yorug‘lik vektori
E=E0cos (1)
Yorug‘lik intensivliklarining nisbati amplitudalar kvadratlari nisbatlariga proporsional bo‘lgani uchun
(2)
yoki I=I0cos2 (3)



Bu Malyus qonunining matematik ifodasi bo‘lib bu qonunga asosan analizatordan o‘tgan yorug‘lik intensivligi polyarizatordan o‘tgan yorug‘lik intensivligini anilizator va polyarizator tekisliklari orasidagi burchak kosinusini kvadratiga ko‘paytmasiga teng.
Agar qisman qutblangan yorug‘lik polyarizator orqali o‘tkazilayotgan bo‘lsa va asbob nur yo‘nalishi atrofida aylantirilsa, o‘tgan yorug‘lik intensivligi Imax bilan Imin qiymatlar oralig‘ida o‘zgarib turadi.
(4)
ifoda qutblanish darajasi deb ataladi. Yassi qutblangan yorug‘lik uchun Imin=0 va P=1 tabiiy yorug‘lik uchun Imax=Imin va P=0.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə