Reja: Funksional imkoniyatlar haqida umumiy tushuncha


O’quvchilarning funksional imkoniyatlarini rivojlantirishning ahamiyati



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#153213
1   2   3   4
O‘quvchi-yoshlar organizmini funksional imkoniyatlarini rivojlantirish va chiniqtirishning fiziologik asoslari

O’quvchilarning funksional imkoniyatlarini rivojlantirishning ahamiyati. Jismoniy madaniyat va sport bolalar hamda o‘smirlarda ko‘pgina fazilatlar, shu jumladan, ularning jismoniy baquvvat bo‘lishi, harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy xususiyatlari takomiliga yetishi, organizmning zaxira kuchlari, ish qobiliyati, ko‘pgina kasalliklarga nisbatan qarshilik kuchining oshishiga yordam beradi. Biroq chidamlilik, umumiy salomatlik holati hammada bir xil bo‘lmaganidek, yuklama ham bir xil bo‘lishi mumkin emas.
Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari
1. Sog‘ligini mustahkamlash, o‘quvchilarni chiniqtirish, ularning to‘g‘ri jismoniy rivoji va yuqori aqliy ish qobiliyatini saqlab turishiga ko‘maklashish.
2. Jismoniy xususiyatlarini tarbiyalash (chaqqonlik, kuchlilik, tezlik, bardoshlilik, qayishqoqlik) va hayotiy zarur harakat ko‘nikmalari: yurish, yugurish, sakrash, otish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, safda yurishga tayyorgarlik, qomatni rostlash, muvozanatni saqlashga doir mashqlar, harakatlar aniqligi va muvofiqligi, ritm hamda sur'at sezgisi, jamoa bo‘lib harakat qilish ko‘nikmalari orqali o‘quvchilarni "Barkamol avlod uchun" me'yoriy talablarini bajarishga tayyorlashni shakllantirish.
3. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus bilimlardan xabardor qilish va tashkiliy ko‘nikmalarni, shuningdek, shaxsiy hamda jamoat gigienasi ko‘nikmalarini, madaniy xulq-atvor odatlarini singdirish, jismoniy barkamollikka yetishish maqsadida mustaqil mashq qilishni bilish.
4. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchilarda o‘zi hamda jamiyat uchun zarur bo‘lgan iroda ko‘nikmalari: maqsadga intilish, tashabbuskorlik, dovyuraklik, matonatlilik, intizomlilik, chidamlilik, sarosimaga tushmaslik, shuningdek, birodarlik, do‘stlik va jamoa bo‘lib harakat qilish xususiyatlarini shakl¬lantirish.
Jismoniy tarbiya va sport mash¬g‘ulotlari oldida turgan vazifalarini amalga oshirishda turli sinflardagi o‘quvchilarning sog‘lik holati, yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinadi.
Mazkur bo‘limda turli yosh davrlaridagi o‘quvchilarga ushbu qo‘llanmaning bundan oldingi bo‘limlarida bayon qilingan xususiyatlarini nazarda tutgan holda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha tavsiyanomalar taqdim qilinadi.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari:
- salomatlikni mustahkamlash va me'yoriy jismoniy rivojlanishga ko‘maklashish;
- harakatli sifatlar rivojlanishiga ko‘maklashish: chaqqonlik, tezkor-kuchlilik, mushak kuchi, chidamlilik va bo‘g‘inlardagi harakatchanlik;
- harakatlanish va statik holatlarda gavdani to‘g‘ri tutish malakasini mustahkamlash;
- o‘yinli vaziyatlarda oqilona va murakkab hayotiy-amaliy, shuningdek, sportning harakatli turlarini o‘zlashtirish.
Kichik maktab yoshidagi bolalar chidamlilikning yuqori rivojlanish darajasi bilan farq¬lanishmaydi. Biroq 10 yoshga kelib ularda tezkor ishlarni qayta-qayta bajarishga bo‘lgan qobiliyat oshib boradi (qisqa masofalarga qayta-qayta yugurish), shuningdek, davom etayotgan vaqt ichida kam jadallik talab qiladigan ishlarni (sekinlashgan yugurish) bajarish ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Binobarin, sekinlashgan yugurishdan kichik maktab yoshidagilarga chidamlilikni rivojlantirish orqali, undan qulay vosita sifatida muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin.
Boshlang‘ich maktabda birinchi jismoniy tarbiya darslaridan boshlaboq, umumiy chidamlilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish taklif etiladi. Bu o‘rinda asosan bir maromdagi sur'atda sekinlashgan yugurishdan foydalanish tavsiya qilinadi. 4-sinfdan boshlab bir qator o‘zgacha uslublar qo‘llaniladi – masofa tobora kamaytiriladi va tegishli ravishda tezkorlik oshirib boriladi, bu o‘rinda yurak qisqarishlarining chastotasi (YuQCh) daqiqasiga 170-185 zarbalar doirasida saqlanib turadi. Dam olish uchun 45-90 soniya ajratish tavsiya etiladi. Kam jadallik talab qiladigan mashq¬larni bajarishda ularning davomiyligini asta-sekin oshirib borish orqali, 11-12 yosh¬dagi bolalarda yugurish tayyorgarligi hajmini haftasiga 14 km.gacha yetkazish mumkin. Shuningdek, 1 km.dan to 1,5 km.gacha yurish va yugurish ham chidamlilikni rivojlantiradi. Bu o‘rinda dam olish uchun dinamik va bo‘shashishga qaratilgan mashq¬lar turini tanlab olish tavsiya etiladi. Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda sekinlashgan, ayniqsa, kesishgan joylar bo‘ylab yugurish a'lo darajadagi vosita hisoblanadi.
Maktab amaliyotida sekinlashgan, takroriy va bir maromdagi ishlarni qo‘llash uslubining imkoniyati bor. Ko‘plab tad¬qiqotchilar mana shu fikrga kelishar ekan, chidamlilikni 8-30 daqiqa davomida sekinlashgan yugurishdan foydalangan holda, kichik maktab yoshidan tarbiyalash zarur, deya hisoblashadi.
O‘rta yoshdagi maktab o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari:
- salomatlikni mustahkamlash va me'yoriy jismoniy rivojlanishga ko‘maklashish;
- harakatli sifatlar rivojlanishiga ko‘maklashish: chaqqonlik, tezkor-kuchlilik, mushak kuchi, chidamlilik va bo‘g‘inlardagi harakatchanlik;
- harakatlanish chog‘ida va statik holatlarda gavdani to‘g‘ri tutish malakasini mustahkamlash;
- oqilona va murakkab hayotiy-amaliy, shuningdek, o‘yin¬li ham¬da musobaqalashish sharoitlarida harakatli sport turlarini o‘zlashtirish;
- alohida gimnastika, yengil atletika, suzish, sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, gand¬bol, futbol) mashqlarini bajarishda texnika asoslariga o‘qitish;
- o‘z-o‘zini nazorat qilish asoslari bilan tanishtirish va jismoniy mashqlarni bajarish paytida YuQCh bo‘yicha yuklamalarni me'yorlash.
O‘rta maktab yoshidagi jismoniy tarbiya vositalari – asosiy turkum mashqlar, otish, sakrash, yuqoriga chiqish, tikkama va yonlama to‘siqlarni kesib o‘tish, sport o‘yinlariga doir texnika asoslari, shuningdek, harakatli faoliyatning yangi texnologiyalari: aerobika va boshqalar bilan mashq qilishni o‘rgatish.
O‘rta maktab yoshidagi jismoniy tarbiya darslarida o‘qituvchining o‘rni bir oz boshqacharoq bo‘ladi, endi u tashkilotchi va yordamchi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish paytida o‘qituvchi asosiy e'tiborni, jismoniy mashqlarni mustaqil ravishda bajarish malakasini egallashga va ularni organizmning turli tizimlariga ta'sir ko‘rsatishga qaratadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiyaning vazifalari:
- salomatlikni mustahkamlash, har tomonlama jismoniy rivojlanishga ko‘maklashish o‘quv jarayoni davomida yuqori ishchanlik qobiliyatiga erishish va uni ushlab turish;
- barcha harakatli sifatlar har tomonlama rivojlanishini ta'minlash;
- sport mashqlari asoslari va o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir bilimlarni chuqurlashtirish;
- jismoniy mashq mashg‘ulotlarini mustaqil bajarishga bo‘lgan turg‘un odatlarni shakllantirish, jismoniy mashqlarga doir mash¬g‘ulotlarning yakka tartibdagi tasturlarini tuzish malakasini egallash va ulardan o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayonida muntazam ravishda foydalanish.
Litsey va kollejlarda jismoniy tarbiya ikkita turli das¬turlar bo‘yicha olib boriladi: o‘smirlar va qizlar uchun. Jismoniy tarbiya darslarini ikkita o‘qituvchi olib boradi. Shug‘ullanayotganlarning guruhiy va yakka tartibdagi uslublaridan, harakatlarni rivojlantirishda esa – yangilangan va mus¬taqil ravishdagisidan foydalaniladi. Dars¬lar sport mash¬q¬lari xarakterini kasb etadi. Jismoniy tarbiya o‘qi-tuvchisi murabbiy-uslubchi vazifasini bajaradi. Darsni o‘tkazish uslubiyati kattalar bilan mash¬g‘ulot o‘tkazish uslubiyatiga yaqinlashtiriladi. Yuklamalar dinamikasi, sport mashqlari uchun xarakterli bo‘lgan darajaga yetadi.
Qizlar bilan mashg‘ulot o‘tkazilayotganda mushaklar va kichik tos a'zolarini avaylash, ichki qorin bosimi oshishini keltirib chiqaradigan mashqlardan qochish lozim bo‘ladi. Bu nafasni tutib turish, kuchanish, og‘ir narsalarni ko‘tarish, chuqurlikka sakrash mashqlariga taalluqlidir. Darslar mundarijasi, yuklamalarni me'yorlashtirish va jismoniy tayyorgarlikni baholash jinsga bog‘liq holda tabaqalashtiriladi. Bu yoshda o‘quvchilarning fizika, kimyo, biologiya dars¬larida olgan bilimlariga tayangan holda, jismoniy mashqlarni mustaqil ravishda tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish zarur bo‘ladi.
Statik sa'y-harakatlarni talab qiladigan yuqori yuklamalar va mashqlardan foydalaniladi. Bunga tezkorlikda bajariladigan, qo‘shimcha topshiriqlar bilan malollik keltiradigan mashqlar xarakterlidir. Chaqqonlik-kuchlilik qobiliyatlari yaxshi rivojlana boshlaydi. Umumiy va tezkor chidamlilikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratiladi, u esa ishchanlik qobiliyatini oshirishga, irodaviy sifatlar rivojlanishiga imkon beradi. Jismoniy takomillashish va sportning boshqa turlariga bo‘lgan moyillik va qiziqishlarni shakllantirish zarur. Shu¬ning¬dek, o‘quvchilarni mashg‘ulotlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish usullariga o‘rgatish ham muhimdir. Yuklamasi uzoq vaqt jadallik bilan davom etadigan mashqlar 80-85 foiz maksimallikdan oshmasligi lozim. Aerobika, bodibilding, musiqa ostida bajariladigan turli xil mashqlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Mazkur yosh toifasidagi o‘quv¬chilarda jismoniy tarbiya vositalarining barcha turlaridan foydalaniladi, ular o‘rta maktab yoshidagilarga qiyoslanganda, nisbatan kengayganligi bilan ajralib turadi. Sport o‘yinlarining texnik usullaridan keng foydalaniladi: qizlar uchun – aerobikaning turli turlari, badiiy gimnastika, o‘g‘il bolalar uchun – kurash elementlari, harbiy tayyorgarlikning safli usullari va to‘siqlarni kesib o‘tish, trenajyorlarda mashqlar bajarish, atletizm shular jumlasidandir

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə