Reja: Funksional imkoniyatlar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#153213
1   2   3   4
O‘quvchi-yoshlar organizmini funksional imkoniyatlarini rivojlantirish va chiniqtirishning fiziologik asoslari

Birinchi davr - bunda ma'lum harakat malakasi hosil bo’lishi bilan bog’liq shartli refleksni yuzaga keltiradigan shartli qitiqlagichlarning generalizatsiyalanishi (umumlashuvi) kuzatiladi. Ko’pincha shartli qitiqlagichga yaqin qitiqlagichlar ham refleks chaqiraveradi, masalan, voleybolni to’rdan ko’tarib urish uchun sakrash shartli refleksini to’pning havoga ko’tarilishi (shartli qitiqlagich) chaqiradi. Harakat malakasi shakllanishining ushbu davrida to’pni zarb bilan urish maqsadida amalga oshiriladigan sakrash to’p ko’tarib berilishi bilanoq ro’y beradi va zarba berish kerakli vaqtidan yo oldin yo keyin sodir bo’lib istalgan natija chiqmaydi. Generalizatsiyalashgan harakatni kelib chiqishida asosiy sabab markaziy nerv tizimida qo’zg’alishning irradiatsiyalanishidir (keng tarqalishi) bu davr amalda shu bilan xarakterlanadiki, sportchi tegishli jismoniy faoliyatni amalga oshirish uchun amalga oshiriladigan harakatning eng mayda qismlariga ham katta e'tibor beradi, ortiqcha hatti-harakatlarni qo’l bajaradi, ayni harakatda bevosita qatnashmaydigan muskullar tarangligi ham yuqori bo’ladi, behudaga ancha-muncha energiya sarflanadi va hokoza.
Ikkinchi davr - differensirovka qilish (farqlash) davri. Bunda sportchi o’z harakatlarini tahlil qilib behuda harakatlarni asosiy harakatlardan farq qiladi, maqsadga muvofiq ish bajaradi. Yuqoridagi misolga kelsak voleybolchi to’pga hal qiluvchi zarba berish uchun qachon sakrashni, ko’tarib berilgan to’pning qanchalik balandlikka ko’tarilishiga qarab tanlaydi. Harakat malakasi hosil bo’lishining ikkinchi davrida nerv jarayonlari irradiatsiyalanishdan konsentratsiyalanishga (ma'lum nuqtaga to’planishiga) o’tadi.
Uchinchi davr –yoki stabilizatsiya davri. U harakatning bir tekis va aniq bajarilishi bilan xarakterlanadi. Harakat malakasi hosil bo’lishining bu davriga kelib amalga oshiriladigan harakat turi qariyb avtomatik holda bajariladi. Uchinchi davrning o’ziga xos xususiyati shundaki bu vaqtga kelib barcha maqsadga muvofiq bo’lmagan ortiqcha harakatlarga barham beriladi. Sportchi tegishli muskullar guruhini ancha-muncha kuchli ishlatsa ham chetdan u jismoniy mashqni osongina bajarayotgandek bo’lib ko’rinadi. Bu davrda kishi o’ziga ishonch hosil qilib mustahkam ishlaydi, oqibatda tegishli natijalarga erishadi.

Adabiyotlar



  1. Ахмедов.Б.А “Жисмоний машқлар биомеханика” (Кундузги ва сиртқи бўлимда ўқийдиган талабалар лекциядан методик қўлланма) Тошкент, 1990 й.

  2. Ахмедов. Б.А “Велотренажерда ишлаш” Тошкент., 1990 й.

  3. Алимбоев Р. “Жисмоний машқлар биомеханикаси” Тошкент, 2008 й.

  4. Қурбонов Ш., Қурбонова Ш. Спорт физиологияси. Қарши “Насаф” 2001

  5. Қурбонов Ш., Қурбонов А. Жисмоний машқларнинг физиологик асослари. Тошкент, 2003.

  6. Содиқов Қ. Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси Т., “Ўқитувчи”, 1992.

  7. Содиқов Қ. Оилавий ҳаёт-гигиена ва жинсий тарбия “Ўқитувчи”, 1997.

  8. Алматов К.Т. Улғайиш физиологияси. М.Улуғбек номидаги УзМУ босмахонаси. Т.2004.

  9. Содиқов Б.А., Қучқарова Л.С., Қурбанов Ч.Қ. “Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси”. Олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия этилган. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. Т.: 2005 й.

  10. Содиқов Қ. Болалар анатомияси ва физиологияси Т. Низомий номидаги ТДПУ нашриёти. 2001 й.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə