Reja: Hosil qiluvchi to`qima



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə3/5
tarix21.05.2022
ölçüsü28,41 Kb.
#87593
1   2   3   4   5
Hosil qiluvchi

CHechevichka
Uchlamchi qoplovchi to`qima (korka -qobiq)
Fellogen bir necha yillar davomida probkani ishlab chiqazib turadi. Keyinchalik fellogen hujayralari o`ladi. Po`stloqning ichkari tomonidagi hujayralardan yangi fellogen hosil bo`ladi. Bu hosil bo`lgan fellogen o`zidan yuqoriga probkani, ichkari tomonga esa fellodermani ishlab chiqaradi. Qaytadan hosil bo`lgan probkani tashqari tomondagi xujayralarning hammasi o`ladi. Chunki o`zidan suvni va havoni o`tkazmaydi. Bu hujayralardan oziq moddalar yetib bormaydi.
Qobiq(uchlamchi qoplovchi toqima).
1-yasmiqcha, 2- probka, 3-probka kambiysi, 4-sklereyd, 5-lub tolasi
Bu o`lgan hujayralar qobiqqa aylanadi. Qayin daraxtida qobig` 8-10 yildan so`ng, dub daraxtida 25 yildan so`ng, paxtada esa 50 yildan qobig` vujudga keladi. Qobig`ning qadinligi 10 sm ga yetadi. Qobig` daraxtlarda vaqti bilan tushib turadi. Qobig`ning tushishi daraxtlarga zarar yetkazmaydi. Qobig` 1 qatorda xashoratlar ham tushib turadi.
Mexanik to`qima
Mexanik to`qima o`simlik organlariga kattalik berib turadi.
O`simliklarning tik o`sishiga imkoniyat tug`diradi. Mexanik to`qima o`simlik organlariga qattiqlik berib turishdan tashqari elastiklik ya`ni egiluvchanlik, bukuluvchanlik berib turadi. O`simlik organlarida mexanik to`qima bo`lmaganda edi o`zining tanasini tutib tura olmagan bo`lar edi.
Shamol ta`sirida sinib ketgan bo`lar edi. Mexanik to`qima kelib chiqishi jixatidan 2 ga bo`linadi.
1. Parenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to`qima. Shakli parenxim xujayraga o`xshash.
2. Prozenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to`qima. Shakli prozenxim xujayraga o`xshash.
Parenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to`qima 2 xil bo`ladi:
1.Kollenxima.
2.Sklereid.
Prozenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to`qimaga sklerenxima kiradi. Biz bular to`g`risida aloxida to`xtalib o`tamiz.
Kollenxima. Kollenxima xujayra po`stining notekis qalinlashganligi bilan xarakterlanadi. Xujayralarning po`stlari juda erta, xujayralar endigina bo`yi va eniga o`sa boshlayotgan paytda qalinlasha boshlaydi. Kollenximaning xujayra po`sti sellyulozadan tashkil topgan. Shuning uchun ham kollenxima xujayrasi tirik bo`ladi. Kollenximaning asosan 2 xili ko`proq uchraydi.
1. Burchaksimon kollenxima.
2. Plastinkasimon kollenxima.
Burchaksimon kollenxima xujayraning burchaklari juda qalinlashgan bo`ladi. Plastinkasimon kollenximada xujay-raning tangental devorlari boshdan oyoq juda qalinlashgan bo`lib, radial devorlari yupqaligicha qoladi, ya`ni tashqi va ichki tomoni qalin yon tomonlari esa yupqaligicha qoladi.

Ba`zan kollenxima xujayralarida xlorofil donachalari bor. Bunday xujayralarda fotosintez protsessi bo`lib turadi. Kollenximaning o`sish poyasida, barg bandida, yo`g`on tomir o`tgan qismida uchratish mumkin. Oshqovoq poyasida burchakli kollenxima uchraydi.


Kollenxima 2 pallali o`simliklar orasida keng tarqalgan.Bir pallali o`simliklarda uchragan taqdirda ham faqat poya bo`g`imlari atrofida bo`ladi.
Sklereidlar. (toshsimon to`qima). Sklereidlarning xu-jayra po`sti juda qalinlashgan. Shuning uchun ham sklereid xujayrasi o`lik bo`ladi. Ba`zi sklereidlar xujayra po`stida lignindan tashqari qum-tuproq xamda ohak bo`ladi. Sklereidlarni yog`och tipdagi yong`oq, o`rmon yong`og`i va dublarda, meva po`chog`ida,o`rik, shaftoli, olcha, olxo`ri va boshqalarning meva danaklarida, nok, behi mevalarida uchraydi.
Yog`ochlik tola(sklirenxima) A. Ko`ndalang kesimi, Б. Uzunasiga kesimi:
1-hujayra po`sti, 2-oddiy teshikcha(plazmodesma), 3-hujayra bo`shligi. Nok mevasidagi toshsimon hujayralar.
A-nok mevasi, Б-skleriyd, B-kattalashgan skleriyd, 1-shirali parenxima,
2-hujayra po`sti, 3-4-oddiy teshikcha, 5-hujayra bo`shlig`i.
Sklerenxima. O`simlik dunyosida juda ko`p tarqalgan, o`simlik uchun juda katta ahamiyatga ega bo`lgan to`qimadir. Sklerenxima prozenxima shaklidagi qalin devorli,uchlari urchuqqa o`xshab o`tkirlangan xujayradan iborat. Sklerenxima xujayra po`sti lignin bilan sug`orilib yog`ochlangan. Shuning uchun ham sklerenxima o`lik bo`ladi. Sklerenxima o`simliklarning po`stloq qismida joylashgan bo`lsa, stereid (floema tolasi), yog`ochlik qismida joylashgan bo`lsa libriform(ksilema tolasi)deb yuritiladi.
Stereidlar. Stereidlarning xujayra po`sti libriformga nisbatan yupqaroq bo`ladi. Stereidlarning xujayra po`sti yog`ochlangan yoki yog`ochlanmagan bo`ladi. Stereidlar to`qimachilik sanoatida katta ahamiyatga ega. Bizda muhim hom ashyosi bo`lib quyidagi o`simliklar hisoblanadi: Zig`ir, nasha, kanop, rami, kendr. Tolalarning to`qimachilik sanoatida a`lo darajada bo`lishi ularning uzunligi va yog`ochlanmaganligiga bog`liq. Zig`ir, nasha, kanop, rami, kendr o`simliklarning stereidlari yog`ochlanmagan. Ramining tola uzunligi 350 mm gacha,ba`zan 420 mm gacha, kendrniki 55 mm ba`zan 140 mm gacha, zig`ir tolasining uzunligi 60 mm gacha nashaniki 40 mm gacha bo`ladi. Bu o`simliklarning tolalari a`lo navli har xil matolar tayyorlashda ishlatiladi. Kanop tolalari ma`lum darajada yog`ochlangan bo`lib uzunligi 40 mm, kanopdan dag`al matolar, iplar, arqonlar tayyorlashda ishlatiladi. Stereid xujayralarning bo`yi eniga nisbatan 1000 marotabaga katta bo`ladi. Stereidlar juda ham mustaxkam, sinmaydigan va egiluvchandir. Libriformning xujayra po`sti stereidga nisbatan qalin va mo`rt bo`ladi. Uzunligi 0,5-1,5 mm ga teng.
Mexanik to`qimalar o`t o`simliklarning poyasida xalqa shaklida, poyasi qirrali bo`lsa qirralarda joylashgan.



Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə