Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Bir jinsli bo‘lmagan jismlarda sodir bo‘ladigan isrof quvvatlar



Yüklə 182,21 Kb.
səhifə11/12
tarix22.03.2024
ölçüsü182,21 Kb.
#181798
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
imomberdiyev doston

Bir jinsli bo‘lmagan jismlarda sodir bo‘ladigan isrof quvvatlar: segnetoelektriklarda energiya isrofi o‘z–o‘zidan qutblanish hisobiga ro‘y beradi. Uning qiymati Kyurik nuqtasidan past haroratlarda katta bo‘ladi. Segnetoelektriklarda energiya sarfi dielektrikdagi ancha yuqori bo‘ladi. Bunday isroflar hamma bir jinsli bo‘lmagan dielektriklarda sodir bo‘ladi: plastmassalarda, keramikada, mekanitda, mikaleks va boshqalar.


Dielektrik isroflar
Gzlarda dielektrik isrof asosan elektr o‘tkazuvchanlik hisobiga sodir bo‘ladi. Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lganligi uchun ularda qiymati ham kichik bo‘ladi. Gazlarning solishtirma hajmiy qarshiligi taxminan 1016 Om∙m, dielektrik singdiruvchanligi = 1, 4∙10-8 ga teng. Elektr maydon kuchlanishi (U) gaz molekulalarining ionlashish kuchlanishi (UI) qiymatidan past bo‘lganda dielektrik isrof deyarli sodir bo‘lmaydi. Bu hol gazni qiymati (UQ ) dan o‘tganda gaz molekulalarida ionlashish boshlanadi va gazda dielektrik isrof ( = 10-5) orta boradi. Kuchlanishning U qiymatida gazda teshilish ro‘y beradi =f(U) tavsifi. Qutbsiz suyuqliklarda dielektrik isroflar o‘tkazuvchanlik tufayli sodir bo‘ladi. Qutbli suyuqliklarda esa bu isrof o‘tkazuvchanlikdan tashqari dipol–relaksasiya qutblanishi hisobiga sodir bo‘ladi. Suyuqliklarda dielektrik isrof qiymati ularning qovushqoqligiga ham bog‘liqdir. Suyuqlik nisbatan bo‘lsa, malekulalar elektr maydon ta’sirida o‘z holatini o‘zgartirishga ulgurmaydi. Bu holda dielektrik isrof juda kam bo‘ladi. Agar suyuqlik juda suyuq bo‘lsa, bunda molekulalar maydon ta’sirida o‘z o‘rnini deyarli ishqalanishsiz o‘zgartiradi. Suyuqlik o‘rta qovushqoqlikka ega bo‘lganida undagi dielektrik isrof ancha yuqori bo‘ladi va uning ma’lum bir qiymatida maksimumga erishadi.
Agar suyuqlik dielektrikdagi isroflar faqat o‘tkazuvchanlik tufayli sodir bo‘lsa, bu isroflar tok kvadratiga to‘g‘ri proporsional bo‘lgani uchun qiymati avvaliga sekin, keyin keskin ortadi . Qattiq dielektriklarda dielektrik isrofi material tuzilishiga bog‘liq. Shu sababli ular 4 turkumga bo‘lib o‘rganiladi:

  1. Molekula

  2. Ion

  3. Segnetoelektrik

  4. Bir jinsli bo‘lmagan.

Molekulali tuzilishga ega dielektrikdagi isroflar molekula shakliga uzviy bog‘liqdir. Qutbsiz dielektriklar (serezin, polietilin, polistirol, politetraftoretilen…)dagi dielektrik isroflar juda kamdir. Qutbli bo‘lgan dielektriklar (sellyuloza, poliamid, poliuretan, bakelit va hokazo) dipol relaksasiya qutblanishga ega bo‘lib, ulardagi dielektrik isroflar qiymati kattadir. Bu dielektriklardagi isroflar haroratga bog‘liq. Ion strukturali qattiq jismlardagi dielektrik isroflar ionlarning panjarada joylashish holati bilan bog‘liq: ionlari zich joylashgan dielektriklarda isrof kam bo‘ladi, ionlari zich bo‘lmasa relaksasiya qutblanishi kuzatilib, dielektrik isrof qiymati katta bo‘ladi. Ularga mullit kordiepit, sirkon va boshqa materiallarni misol tariqasida keltirish mumkin. Harorot ortishi bilan elektrik chinnida ionlar ko‘payadi va qiymati eksponensial qonun bo‘yicha o‘sib boradi. Ion strukturali amorf jismlarda (organik shishalarda) dielektrik isroflar o‘tkazuvchanlik va qutblanish hisobiga ro‘y beradi.
Segnetoelektriklardagi dielektrik isroflar oddiy dielektriklarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunga asosiy sabab ularning o‘z-o‘zidan qutblanishidir. Segnetoelektriklardagi dielektrik isroflar hororatga nisbatan kam o‘zgaradi. Qutblanish Kyurik nuqtasida, susayishi natijasida keskin pasayib ketadi. Tarkibi bir jinsli bo‘lmagan qattiq jismlar tarkibidagi komponentlar soni kamida ikkita, mexanik bir-biri bilan aralashgan bo‘lishi kerak. Bunga sopol misol bo‘ladi. Sopoldagi dielektrik isroflar uning tarkibidagi kristall va shishasimon faza miqdorining o‘zaro nisbatiga bo‘g‘liq bo‘ladi, turli qo‘shimchalar sopoldagi dielektrik isroflarni oshiradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Dielektriklar elektrotexnikada muhim o‘rin egallaydi. Tok o‘tkazuvchi qismlarni bir - biridan izolyasiyalash maqsadida ajratishda (turli potensiallarni bir-biridan) foydalaniladi. Bundan tashqari elektr izolyasion materiallar elektr kondensatorlarida tegishli sig‘im hosil qilishda ba’zi omil va haroratda turli paytda ham sig‘imni ta’minlashda foydalaniladi. Dielektrik materiallarga o‘zining xossalarini boshqarish asosida o‘zgartirish mumkin bo‘lgan guruhi faol dielektriklar (segneto elektriklar) deb yuritiladi. Dielektrik materiallar gazsimon, suyuq va qattiq ko‘rinishga ega, yana bir guruhi mavjudki qotuvchi materiallar tayyorlashda suyuq ekspluatasiya paytida qattiq (lak, kompaund) holatda bo‘ladi. Kimyoviy tabiatiga ko‘ra organik va noorganik bo‘ladi.Organik dielektriklarga uglerod birikmalari tarkibida asosan kislorod, vodorod, azot, galogen va boshqa elementlar bo‘lgan moddalar kiradi. Qolganlari esa noorganik hisoblanib, tarkibida kremniy, alyuminiy aralashmalari bo‘lgan jismlardan tashkil topadi. Ko‘pgina organik materiallar egiluvchan, elastik bo‘lib ulardan tolali plenkalar tayyorlanadi. Shuning uchun ular keng qo‘llaniladi, lekin issiqlikka chidamligi juda kichik bo‘lganligi uchun yuqori haroratli izolyasiyalovchi qismlarda ishlatilmaydi. Noorganik materiallarning ko‘pchiligi egiluvchan va elastik bo‘lmay, mo‘rt bo‘lib, lekin issiqlikka juda chidamli hisoblanadi. Shuning uchun yuqori haroratli izolyasiya ishlarida ulardan keng foydalaniladi.


Yüklə 182,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə