Reja: Individual psixologik konsultatsi. Individual-psixologik omillar. Psixologik konsultatsiyaning asosiy tushunhalari va predmeti. Individual-psixologik omillar


O’z joniga qasd qilgandan keyin tirik qolganlarga maslahat berish



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə5/6
tarix13.05.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#110115
1   2   3   4   5   6
2 Individual psixologik konsultatsiyaning asosiy

O’z joniga qasd qilgandan keyin tirik qolganlarga maslahat berish.
Nima qilish kerak?

  1. Mehribon va qabul qiluvchi bo’lish;

  2. Qayg’uli xodisani muhokamasiga bir necha bor qaytish imkonini berish;

  3. Qayg’u tabiiy hol ekanini ta’kidlash;

  4. Shaxsni qo’llab-quvvatlovchi tizimlar haqida ma’lumot berish, masalan, o’z-o’ziga yordam guruhlari.

Nima qilish mumkin emas?

  1. Bajara olmaydigan iltimoslarni qabul qilish;

  2. Ro’yobga chiqaza olmaydigan va’dalar berish;

  3. "Sizda yana farzand bormi?";

"Bu xudoni xoxishi edi";
"Bu haqida gapirish kerak emas" kabi tanbehlar qilish.
5-reja bayoni

  • Suitsidni aniqlashga harakat qiling. Suitsidal urinishning oldini olishda do’stlar va yaqinlarning e’tibori, g’amxo’rligi bilan bir qatorda yuz berishi mumkin bo’lgan fojeaning belgilarini oldidan sezish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sizning suitsid tamoyillarini qanday kechish jarayoni haqidagi bilimlaringiz va u haqda yanada ko’proq axborotga ega bo’lishga bo’lgan ehtiyojingiz kimningdir hayotini saqlab kolishi mumkin. Bu bilimlaringizni boshqalar bilan o’rtoqlashishingiz orqali siz ko’pgina suitsidlarni oldini olishingiz mumkin.

  • Suitsidenetni shaxs sifatida qabul kiling. Inson haqiqatda ham suitsidal shaxs bo’lishi mumkin degan ehtimolga yo’l qo’yib bering. Uni o’z joniga qasd qilishga qodir emas deb hisoblang. Ba’zida kimgadir suitsidentni suitsidal urinishni amalga oshirishdan qaytarish mumkinligini rad etish qulayroq. Aynan shuning uchun ham turli ijtimoiy gurux, irq va yoshga oid minglab odamlar o’z joniga qasd qiladilar. Yodingizda bo’lsin! Siz aralashmasligingiz oqibatida kimdir bu hayotni tark etishi mumkin.

  • G’amxo’r o’zaro munosabat o’rnating. Og’ir vaziyatda qolgan insonni qabul qilishingizni o’zi uni qutqarib olish tomon tashlangan katta qadamdir. Qolgani o’zaro munosabatlaringiz sifatiga bog’liq. Hamdardlikni nafaqat so’zlar balki, noverbal vositalar bilan ham namoyish etish mumkin. Suitsidentga o’z hissiyotlarini tushinishga yordam bering.

* E’tiborli tinglovchi bo’ling. Suitsidentlar ayniqsa kuchli begonalashuv hissidan qiynaladilar. Shuning uchun ham ular sizning maslahatingizni qabul qila olmaydilar. Xuddi psixologlar kabi boshqa mutaxassis kishilar ham o’zlarida "uchinchi quloq bilan eshitish" qobiliyatini rivojlantirmoqlari zarur. Bunda noverbal hatti - harakatlar (xulq, ishtaha, kayfiyat va mimika, uyquning buzilishi, impul’siv harakatlarga tayyorlik)ga alohida e’tibor berish nazarda tutiladi. Suitsidning ilk belgilari yashirin xarakterga ega bo’lishiga qaramay e’tiborli tinglovchi ularni oldindan sezishi mumkin.

  • Bahslashmang. Suitsidal xavf bilan to’qnashgach yaqinlar va do’stlar: "O’ylab ko’r axir sen ko’pgina odamlarga qaraganda yaxshi yashamoqdasan, noshukr bo’lma. Sen taqdiringdan minnatdor bo’lishing kerak" deb javob qaytaradilar. Bu javob muhokamaga nuqta qo’yadi. Bunday gaplar shusiz ham baxtsiz odamni yanada tushkunlikka tushishiga sabab bo’ladi. Ko’p hollarda yana boshqa keng tarqalagan fikr: "Bu bilan o’z oila a’zolaringni qanchalar baxtsiz etishingni tushunayapsanmi?". Agar siz o’z joniga qasd qilish haqida gap borayotgan davrada ishtirok etib qolsangiz xech qachon o’z agressiyangiz va hayratingizni namoyish qilmang. Tushkun kayfiyatdagi inson bilan bahsga kirishar ekansiz siz nafaqat bahsda mag’lub bo’lishingiz, balki shu insonning o’zidan ham ajralib qolishingiz mumkin.

  • Savollar bering! Agar siz: "Umid qilamanki, sen o’z joningga qasd qilish haqida o’ylamayapsan?" kabi qitiqlovchi savollar bersangiz, u holda o’zingizga kerakli javobni olishingiz mumkin. Agar yaqiningiz yo’q deb javob bersa, u holda suitsidal inqirozni hal qilishga yordam bera olmaysiz. Inqirozni hal etishning eng yaxshi yo’li bu "Sen o’z joningga qasd qilishni o’ylayapsanmi?" deb to’g’ridan-to’g’ri savol berish. Agar inson bu haqda o’ylamagan bo’lsa, bu savol uni o’ylashga majbur etmaydi. Aksincha, agar u bu haqda o’ylagan bo’lsa va nihoyat o’z kechinmalari bilan qiziquvchi va suitsid haqida gaplashishi mumkin bo’lgan odamni topganligini his qilsa kayfiyatida ancha engillikni sezishi va katarsis holatini boshdan kechirishi mumkin.

  • Boshqa konstruktiv echimlarni taklif qiling. Suitsidentga: "O’ylab ko’r sening o’liming oilangga qancha g’am olib keladi?" degandan ko’ra, u o’ylab ko’rmagan boshqa echimlarni taklif qilib ko’ring. Suitsidni oldini olishning eng muhim choralaridan biri bu pisxologik diskomfortga sabab bo’layotgan narsani aniqlash. Bu qiyin bo’lishi mumkin chunki suitsid bilan bog’liq barcha narsalar maxfiylikka asoslanadi. Bunday vaziyatda berilishi mumkin bo’lgan eng to’g’ri savol: "So’nggi vaqtlarda hayotingizda qanday narsalar sodir bo’ldi?, Qachon o’zinigizni yomon his qila boshladingiz? Bu o’zgarishlar ro’y bergandan beri hayotingizda nimalar sodir bo’ldi? Atrofdagi odamlardan kimlarga buning aloqasi bor?". Suitsident muammosi identifikatsiya qilishga va chuqurlashishiga nimalar turtki bo’layotganini aniqlash kerak.

  • Umid bag’ishlang. O’z joniga qasd qilish xavfi mavjud insonlar bilan ishlash juda - juda ma’suliyatli va murakkab ish hisoblanadi. Psixoterapevtlar asosiy etiborni suitsidentlarning gapi va hissiyotlariga qaratish lozim, deb hisoblaydilar. Qachonki insonni bezovta qilayotgan yashirin fikrlar tashqariga chiqsa, muammolar echimga egadek tuyuladi. Umid insonga, tushkun kayfiyatdan chiqishga yordam berishi mumkin. Misol tariqasida, Gitler barcha yahudiylarni qirib tashlamoqchi bo’lgan bir vaqtda ular o’zini tutishini keltirish mumkin. 1940 - yildan avval o’z joniga qasd qilish holatlari bir oyda 712 ga etgan edi. Xuddi shu yilning may oyiga kelib, natsistlarning bostirib kelganidan so’ng bu raqam 371 tagacha ortib ketdi, insonlar fashistlar qo’liga tushib qolishdan qo’rqqanliklari uchun ham o’z joniga qasd qilarlar.



Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə