Режа: Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimini rasmiylashtirish tartibi


Materiallarning bepul berilishi hisobi



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2022
ölçüsü19,98 Kb.
#97716
1   2   3   4   5
11-mavzu. Materiallarni kirimining va chiqimining buxgalteriya hisobi va auditi

3. Materiallarning bepul berilishi hisobi. Materiallarni bepul berishda M-15 shaklidagi yuk xati rasmiylashtiriladi. Materiallarni bepul berilishidan ko’rilgan zarar boshqa operasion xarajatlar tarkibiga kiritiladi hamda foyda solig’ini hisoblashda soliq solinadigan bazaga ustiga qo’shiladi.
1. Korxona materiallarni boshqa korxonalarga bepul berdi:
Debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi".
Kredit “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2. QQS hisoblandi:
Debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi".
Kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar".
3. Bepul berishdan ko’rilgan zarar davr xarajatlariga o’tkazildi, bu zarar summasi materiallar qiymati bilan hisoblangan QQS summasi yig’indisiga teng:
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar».
Kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi".
4. Ishlab chiqarish zaxiralarining ulush sifatida qo’shilishi:
A)Agar ishlab chiqarish zaxiralari bozor narxida haqiqiy qiymatidan yuqori bahoda boshqa korxonaning ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shilsa, QQS bilan haqiqiy qiymat o’rtasidagi farq summasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Дебet 8510 “Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”
Кредит 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
Ishlab chiqarish zaxiralarinin ulush sifatida kirim qilininining sintktik hisobi quyidagi misol orqali yoritilgan:
Misol. Material qiymatidan yuqori bahoda ulush sifatida berildi. Materialning balans qiymati 2 000 000 so’m, shartnoma narxi 2 500 000 so’m.
1. Shartnoma narxida berildi.
Debet 0610 “Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar” 2 500 000.
Kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
2 500 000 so’m
2. Balans qiymati hisobdan chiqarildi
Debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
2 000 000
Kredit 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisob varaqlar”
3. QQS hisoblandi
Debet "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" 375 000
Kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" 375 000
4. Haqiqiy qiymati bilan shartnoma narxi orasidagi farq summasi
Debet “Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”
Kreditt 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" 125 000 so’m
125 000 so’m (2 500 000-375 000=125 000)
Ushbu holatda materiallar qiymati korxonalar o’rtasida tuzilgan muassislar shartnomasi asosida belgilanadi. Materiallarni korxona omboridan berish yuk xati va ombor varaqasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Materiallar qiymati QQSga tortiladi. Ushbu operasiyalarning sintetik hisobi quyidagicha:
Materiallar qiymati hisobdan chiqarildi:
Debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
Kredit 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisob varaqlar”

Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə