Режа: Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə5/5
tarix22.12.2022
ölçüsü19,98 Kb.
#97716
1   2   3   4   5
11-mavzu. Materiallarni kirimining va chiqimining buxgalteriya hisobi va auditi

5. Materiallarning qarzga berilishi. Qarzga berish shartnomasi asosida berilgan materiallar qiymati qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladi.
Materiallar qiymati hisobdan chiqarildi:
Debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
Kredit1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisob varaqlar”
Ushbu summaga QQS hisoblandi:
Debet 92120 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
Kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar"
6. Materiallar yaroqsiz holga kelganida, kamomad aniqlanganida, ya’ni o’g’irlangan, sifati buzilganida, avariya, yong’in, tabiiy ofatlar hokazolar sodir bo’lganida hisobdan chiqariladi
Materiallar yaroqsiz holga kelganida dalolatnoma rasmiylashtiriladi:
Debet 2010 “Ishlab chiqarish xarajatlari”
Kredit 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
Buxgalteriyada materiallarning sintetik hisobi 10-qaydnomada yuritiladi. Unda qabul qilingan, sarflangan materiallar summasi, hamda hisobot oyining 1-kuniga va oxiriga qoldiq summasi omborlardagi material guruhlari bo’yicha ko’rsatiladi. Ushbu hisob registridagi hisobot oyining oxiridagi materiallarning qoldiq summasi omborlardagi material qoldig’i ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ma’lumotlarning bir-biriga to’g’ri kelishi ombor va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to’g’riligini tasdiqlaydi.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar:
Materiallarning ishlab chiqarishga sarflanishi, tekinga berilishi, ulush sifatida qo’shishi, kamomadning aniqlanishi, sintetik hisobi, foyda va zarar hisobi.
Nazorat savollari:



  1. Ishonchnoma qanday rasmiylashtiriladi?

  2. Kirim orderi qaysi vaqt to’ldiriladi?

  3. Tijorat dalolatnoma qay holatda to’ldiriladi?

  4. Schyot-fakturani rasmiylashtirish tartibi qanday?

  5. Talabnomalarni rasmiylashtirish tartibini izohlang.

  6. Yuk xatlarining qanday turlarini bilasiz?

  7. Materiallar chiqim qilinishining qanday hollarini bilasiz?

  8. Materiallar asosiy ishlab chiqarishga sarflanishining sintetik hisobini tushuntiring.

  9. Materiallarning bepul berilishining sintetik hisobi qanday?

  10. Materiallarning kamomadini aniqlanishi va uning sintetik hisobini izohlang.

Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə