Reja: Kirish Adir



Yüklə 50,09 Kb.
səhifə5/12
tarix28.09.2023
ölçüsü50,09 Kb.
#124490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Adir o\'simliklari

Yuqori adir. Yuqori adirga dengiz sathidan 900-1200 m gacha balandlikda bo‘lgan erlar kiradi. Bu yer tog‘ poyasiga yaqin bo‘lganligidan baland qirlar, toshloq tuproqli erlar, chala buta va buta o‘simliklarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Yuqori adirlarning tuprog‘i to‘q, bo‘ztuproqli bo‘lib,shag‘alli va tosharalash yerlar ko‘p uchraydi. Tuprog‘i unumdor, gumusga boydir. Yog‘in- sochinning hamma joyiga birday tushmasligi, uning tezda pastga oqib ketishi, yozgi issiqlikning kuchli ta’siri tufayli bu erlarda efemir va efemeroidlar- o‘simliklar juda kam uchraydi. Mavjud tabiiy o‘simliklardan tartibsiz foydalanish tufayli ayrim turlar juda kamayib ketgan. Faqat odam chiqishi qiyin bo‘lgan qiyaliklarda, o‘simliklar siyrak holda saqlanib qolgan. Yillik yog‘in miqdori 300- 500 mm ni tashkil qiladi. Bu esa cho‘l poyasidan ikki marta ortiq, tog‘ poyasidan 2-3 marta kamdir. O‘rtacha oylik harorat 25o ni tashkil qilib, cho‘ldan 3-4o past, tog‘ poyasidan esa- 5-6o yuqoridir. Yog‘inning asosiy qismi qish va bahorda yog‘adi. Yog‘in muddati cho‘lga nisbatan 1-2 oy ko‘p, toqqa nisbatan 2-3 oy kamdir. Havoning nisbiy namligi cho‘lga nisbatan yuqori bo‘lib,yoz oylari (iyun)da 48% ni, kuz (oktyabr)da 59%ni tashkil etadi. Iqlimiga ko‘ra O‘zbekistonning shimolidagi yuqori adirlar sharqidagidan farq qiladi, ya’ni sharqiy adirlar baland tog‘larga yaqin bo‘lib, havosi salqin, sernamdir. Shimoliy adirlar esa Qizilqum va Qoraqum cho‘llariga yaqin, shuning uchun havosi quruq, yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Bu hol o‘sha joyning o‘sha joyning o‘simliklar dunyosiga ma’lum darajada ta’sir qiladi.


ADIR MINTAQASI O’SIMLIKLARI

O`zbekiston teritoriyasining dengiz sathidan 500m dan 1200(1400)m gacha bo`lgan joylar adir mintaqasiga kiradi.Respublikamizning barcha tog` etaklari ,chunonchi:Toshkent, Farg`ona,Andijon, Namangan,Samarqand viloyatining ko`p qismini adir mintaqasi tashkil etadi. Relyefining notekisligi,bo`z tuproqdan iboratligi,o`aimliklarning asosiy qismini rang va qo`ng`irbosh o`simliklari tashkil etishi bilan ajralib turadi.O`zbekiston adirlari turli hil o`simliklarga boy. Ko`pgina tekis adirlarda g`alla(arpa,bug`doy,suli)ekiladi.
RANG(karex pachustulis)hiloldoshlar oilasidan bo`lib,bo`yi 6-20sm ga yetadigan ko`p yillik efemer o`simlik. U chin hosil qilib o`sadi qalinligi8-9sm ga boradi.Asosan ildizi yordamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. U ko`pincha kuzda ,yomg`ir yog`sa (noyabr oyining oxiri-dekabr oyining boshlarida) ko`karadi.Qishda barglarini sovuq uradi . erta bahorda fevral oyining oxiri,mart oylarining boshlarida qayta ko`karadi. Aprel oyida gullaydi. Gullari sariq rangda . May oyida mevasi pishadi. Urug`idan o`sishi juda qiyin. Qishda o`simliklar qurib qolganda u yam yashil bo`lib o`sadi va chorva mollari uchun to`yimli ozuqa bo`ladi.

Yüklə 50,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə