Reja: Kirish Adir



Yüklə 50,09 Kb.
səhifə7/12
tarix28.09.2023
ölçüsü50,09 Kb.
#124490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Adir o\'simliklari

GULHAYRI ( althaea rhitikarpa)gulhayridoshlar oilasidan ,bo1yi 60-180 sm ko`p yillik o`simlik . poyasi tik,ko`p shohlanmagan yuldussimon,tukchalar bilan qoplangan. Bargi 3-5 bo`lakli ,martda ko`karadi may-iyunda gullaydi guli och binafsha rangda asosan sariqroq. Mevasi iyul-avgustda pishadi.mevasi ichida 20-22 ta urug`i bor.manzarali va dorivor o`simlik.
NO`XATAK( astragalus filikaulist) dukkakdoshlar oilasidan bo`ti 40sm bir yillik o`simlik. Poyasi tik turuvchi shohlangan qalin tukli. Barglari bandli 4-8 sm . fevral –martda unib chiqadi dastlab 2 ta barg hosil qilib ko`karadi. Aprel –may oylarida gullydi. Gullari to`p guldan poya uchida 6-20 tagacha gul hosil qiladi. Gultoji oq binafsha rangda. Mevasi may-iyun oylarida pishadi dukkakli ,uning ichida bir necha urug`i bor. Urug`idan ko`payuvchi efemer o`simlik.
QATRON( krambe kotschyana bois )krestguldoshlar oilasidan 30-80smli ko`p yillik o`simlik .barglari juda katta,uzun bandli,tuxumsimon –yumoloq uzunligi60 sm ,eni 80 smga yetadi . barglari ildiz bo`g`zida hosil bo`ladi. Va 2-3 yildan keyin poya chiqaradi. Mart oyida ko`karadi va dastlab oq sarg`ish barglar paydo bo`ladi so`ng ko`k tusga kiradi ,aprel –mayda gullaydi oq sariq tusda. Mevasi iyunda pishadi urug`I yupqa qobiqli, uchi o`tkir, ko`sakcha ichida joylashgan . uni kuzda ekish tavsiya etiladi. Qatron bo`z va shag`al aralash gumusga boy tuproqda yahshi unib asalchil o`simliklardan iste`molda ishlatiladi. Tarkibida 15% qand, 5% oqsil, 3% kraxmal, 20% klechatka urug`ida 18-25% yog` va boshqa foydali moddalar ko`p bo`ladi . quritilgan ildizidan un tayyorlab non yopish mumkin. BEKLARO`TI( ECHINOPHORA SIPTHORPIANA GUS) soyabonguldoshlar oilasidan bo`yi 30-50 sm ko`p yillik o`simlik poyasi tik tuklar bilan qoplangan ildizi o`q ildiz. Barglari poyasini o`rab turadi 3 marta patsimon bo`lingan. Mart oyida ko`karadi. Iyul oyida gullaydi ,gultoji tukli uzunchoq sarg`ish rangda mevasi avgustda pishadi.bo`z tuproqda yaxshi o`sadi.
ROVOCH(RHEUM MAHIVITSIY ) torondoshlar oilasidan bo`yi 2 m ko`p yillik o`simlik barglai 40 sm yog`on bandli. Yirik barglari ildiz oldida doira shaklida joylashgan mart oyida ko`karadi. Dastlab barglari oqish bo`lib keyin yashil tusga kiradi. Faqat to`p gul o`rnashgan qismidan novdalar chiqadi. May-iyun oylarida gullarida gullaydi , gullari mayday. Mevasi iyun –iyul oyida pishib 3 qirrali yong`oqcha bo`lib uzunligi 2 sm. Urug`idan ko`payadi . etli bandi istemolga ishlatiladi. Ildizi oshlovchi tanid moddasiga boy . bo`yoqchilikda va dori tayyorlashda keng ishlatiladi.
BODOM(AMIGDALUS SPILOSIMA)ra`noguldoshlar oilasidan 2-3 mli buta yoki kichik daraxt uning tanasi ser shoh tikanli shoxlarning uzinligi 2-4sm eni esa uzinligidan 2-3 marta qisqa . barglari lansetsimon hushbo`y gullari barg bilan birga yoki oldinroq chiqadi . mart oyining o`rtalarida ko`karib gullaydi. Gullashi aprelgacha davom etadi gultoji oq pushti rangli . iyun –iyul oylarida mevasi pishadi. Shakli tuxumsimon ,usti qalin tuklar bilan qoplangan. Bodom danagining mag`zida moy ko`p. bodomning mag`zida oz miqdorda zaharli modda-amigdalin bo`lib tibbiyotda ishlatiladi. Adir mintaqasi.Okean sathidan 400—500 m dan 1000–1200 m gacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan. Oddiy bo‘z tuproq tog‘ etaklarida, 500—600 m dan 1000 m gacha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5—2,5 foizni tashkil etadi. Okean sathidan 1000—1600 m balandliklarda to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi miqdori 3—4 foizga boradi, ko‘pincha bahorikor ekinlar ekiladi. Adir mintaqasida cho‘lga nisbatan o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, bahorda qizil, sariq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Shuningdek, qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrakva gulxayrilaro‘sadi. Adirlarda zirk, na’matak, do‘lana kabi buta vachinor, terak, qayrag‘ochkabi daraxtlar o‘sadi. Adir mintaqasida cho‘lga xos sudralib yuruvchilardan kaltakesak (agama, gekkon)lar, ilon kapchabosh ilon, zaharli ko‘k ilon)lar, hatto falanga, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi. Adirda tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq va tiðratikanlar uchraydi. Qushlardan pushtirang chug‘urchuq (asalarilar kushandasi), ko‘k qarg‘a, kaklik, zog‘cha, kalxat, qirg‘iy va burgut kabilar yashaydi. Adir vohalarida musicha, chumchuq, bulbul, mayna, qaldirg‘och va sassiqpopishak va boshqalar mavjud. Tog‘ mintaqasi.Okean sathidan 1000 — 1200 m dan 2700 — 2800 m gacha bo‘lgan balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi. Tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo‘lib, tarkibida chirindi miqdori 4—6 foizgacha yetadi. Tog‘ mintaqasining daryo vodiylari va qayirlarida o‘tloq, botqoq-o‘tloq tuproqlari uchraydi. Tog‘larda betaga, rovoch, tog‘ yalpizi kabi o‘tlar, na’matak, zirk, dukcho‘p va irg‘ay kabi butalar o‘sadi. Tog‘da bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi. Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardantashkil topgan o‘rmonlar uchraydi. O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi. Tog‘ mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo‘lib, Oloy tog‘ iloni, Turkiston agamasi uchraydi. Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chiðor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud.

Yüklə 50,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə