Reja: Kirish Asosiy qism


Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda sud



Yüklə 61,63 Kb.
səhifə3/8
tarix04.05.2023
ölçüsü61,63 Kb.
#108400
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Numonov M

2. Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda sud
SHaxs huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo’nalishidagi muhim qadamlardan biri bo’lib, fuqarolarni ijro etuvchi organlarning huquqqa xilof harakatlaridan himoya etuvchi "Davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarning huquqqa xilof harakatlari ustidan shikoyat qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi bo’ldi. SHunday qilib, sud islohotlarining borishi natijasida sud kompetensiyasida qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan chegaralangan fuqarolik huquqiy va jinoiy-huquqiy ishlar sudlovining chegaralanishidan tortib jahon standartlariga javob beradigan kompetensiyaning o’rnatilishigacha muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Sudlarning vakolatlari doirasining kengayishi ularning hokimiyatning alohida tarmog’i bo’lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi, bu esa ular tomonidan inson huquqlari va jamiyat huquqiy qarashlarini himoya qilishning samaradorligini oshirishlariga yordam beradi.
Sud-huquq tizimini kelgusida liberallashtirish maqsadida, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq prolsessual majburlov choralarini ko‘rish, sanksiya berish huquqini sudlarga bosqichma-bosqich va davomiy berilishini ta’minlash, shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi(1992-yilgi eski tahriri)ning fuqarolarning sud himoyasida bo‘lish huquqlanni belgilovchi 19, 25 va 44-moddalariga muvofiq, O‘zbckiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazish to‘g‘risida»gi 3644-sonli Farmoniga ko‘ra quyidagilar belgilangan:
- 2008-yil 1-yanvardan boshlab, jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi shaxslami qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sud vakolatiga o‘tkazish;
- qamoqqa olish faqat qonun bo‘yicha boshqa ehtiyot choralari samara bermagan hollardagina amalga oshirilishi va faqat jinoyat ishlari yoki harbiy sudlarning vakolatlariga ko‘ra amalga oshirilishi belgilab berilgan.
Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta’minlashga, shuningdek, inson sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda bilib-bilmasdan jinoyat yo‘liga kirib qolgan yigit-qizlarimiz yoki bo‘lmasa ayollarimiz ishlari Yoshlar ittifoqi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari kafilligi asosida ko‘rib chiqilishi ijobiy natijalarni bermoqda.
Ma’lumki, 2005 yil 1 avgustda Prezidentimiz Islom Karimovning “O`zbekiston Respublikasida o`lim jazosini bekor qilish to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi.Farmonga binoan, O`zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o`lim jazosi bekor qilindi va uning o`rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. Ushbu Farmon qabul qilingan kundan boshlab o`lim jazosiga mahkum etilgan shaxslarning birontasiga nisbatan jazo ijro etilmadi. Huquq tili bilan aytganda, o`lim jazosi to`g`risidagi sud hukmi ijro etilishiga de-fakto moratoriy e’lon qilindi.
Yana bir ahamiyatli jihat: jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarish instituti bekor qilindi va dalillarga baho berish instituti takomillashtirildi. Bu, o‘z navbatida, ish bo‘yicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama tekshirilib, dalillarga xolisona baho berilgan holda oqlov hukmlari ko‘payishiga asos yaratdi.Buni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan ham alohida e’tirof etdi. Odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan xalqaro huquq normalarini bajarish borasida:
birinchidan, sud hokimiyatini demokratlashtirish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish, sud hokimiyatining mustaqilligini, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, sud tizimini mustahkamlash, shuningdek, tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rildi;
ikkinchidan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, nizolarni sudgacha hal etish, taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari kengaydi. Sud ishlarining adolatliligi, ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash uchun “elektron adolat” tizimi joriy etildi;
uchinchidan, jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish tizimi yaratildi. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tuzishga yo‘l ochildi. Bugungi kunda tintuv, voqea joyida olingan ko‘rsatmalarni tekshirish, tergov eksperimenti kabi protsessual harakatlarni videotasvirga olish orqali majburiy qayd etish talablari qonun bilan mustahkamlandi;
to‘rtinchidan, ma’muriy, jinoiy, jinoiy-protsessual, jinoiy-ijroiya, fuqarolik va iqtisodiy qonunchilik takomillashtirilmoqda. Jamoat birlashmalari kafolati ostida shaxslarni afv etish va jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. “Jasliq” ixtisoslashtirilgan koloniyasining yopilishi muhim voqea bo‘ldi;
beshinchidan, fuqarolarimiz huquqlari va manfaatlarini, qaerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, himoya qilish va ularning O‘zbekistonga qaytishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Misol sifatida Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi qurolli mojarolar hududlaridan 541 nafar fuqaro, asosan, ayollar va bolalarning Vatanimizga qaytarib keltirilganini aytish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrda qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni dalillar maqbulligi masalasini aniqlashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksning 95-moddasiga 2018 yil 4 aprelda dalillarning maqbul emasligiga oid yangi normalar kiritildi. Endilikda agar dalillar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini cheklash yo‘li bilan yoxud Jinoyat-protsessual kodeksning talablari buzilgan holda olingan bo‘lsa, shu jumladan:
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llagan holda;
ularni soxtalashtirish yo qalbakilashtirish yo‘li bilan;
himoyaga bo‘lgan huquqlarni, shuningdek, tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarlishi natijasida;
noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan manbadan;
jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan olingan bo‘lsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi.
Dalillar maqbulligi tamoyilining natijadorligi qanday? 2017-2021-yilda jami 36 ming 723 nafar shaxsga nisbatan asossiz qo‘yilgan ayblov chiqarilgan bo‘lib, shundan 3 ming 702 nafar shaxs oqlangan. Bu ko‘rsatkichlar 2021 yilda, ayniqsa yaxshilangan. Ya’ni, asossiz qo‘yilgan ayblov chiqarilgan shaxs soni 10 ming 115 nafar ekani aniqlanib, shundan 932 nafari oqlanishiga erishilgan.9
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida adolatli va qonuniy qarorlarni qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta’minlash mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.Natijada sud protsessida tortishuvlik prinsipini hamda taraflarning tengligini ta’minlash maqsadida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va ularning vakillari tomonidan kassatsiya tartibida berilgan shikoyatning maqomi prokurorning protesti bilan tenglashtirildi. Shu bilan birga, barcha kodekslarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Sud qarorlari yuzasidan shikoyat qilish bosqichlari chuqur isloh qilindi. Avvallari tuman sudining hukmi – 7 ta, viloyat sudining hukmi – 6 ta, Oliy sudning hukmi – 5 ta bosqichda ko‘rib chiqilgan. Hozirgi holatda ushbu ko‘rsatkich barcha sud instansiyalarida bir xil, ya’ni 3 tani tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, sud-huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga ustuvor e’tibor qaratilishi natijasida sudlar mustaqilligi va odil sudlovga bo‘lgan huquqni himoya qilish sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni sud instansiyalarining kamayishi va nazoratning to‘liq bekor qilinishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Farmon doirasida bir qator muhim natijalarga erishildi:
Birinchidan, sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlar olib tashlanib, sud qarorlarini qayta ko‘rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari 3 tagacha kamaytirildi.
Ikkinchidan, sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish instituti to‘liq tugatildi.
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqi bekor qilindi.
“Bir sud – bir instansiya” tamoyilining joriy etilishi natijasida fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasi oshmoqda.Ma’lumki, ilgari sudlarda quyidagi 7 ta bosqichda: Birinchi instansiya (tuman, shahar); Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi (viloyat); Viloyat sudi Rayosati; Oliy sud sudlov hay’ati; Oliy sud nazorat instansiyasi; Oliy sud Rayosati va Oliy sud Plenumi bosqichlarida ishlar ko‘rilgan.Odil sudlovga oid xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi yaratildi. Ya’ni:
birinchi instansiya – tuman va shahar sudlari;
apellyatsiya instansiyasi – viloyat darajasidagi sudlar;
kassatsiya instansiyasi – Oliy suddan iborat bo‘lgan “Bir sud – bir instansiya” tamoyili joriy qilindi.
Shuni ham qayd etish joizki, jazoni o‘tash joylaridan shikoyatlar kelishi yo‘lidagi to‘siqlar olib tashlandi. Bu borada, ayniqsa, ikkita muhim natijaga erishildi:
Birinchidan, ilgari mahkum yoki uning advokatining kassatsiya shikoyati Oliy sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda o‘rganilgandan keyin protest kiritilgan taqdirdagina sudlov hay’atida ko‘rilgan.Endilikda sudlangan tomonidan kassatsiya tartibida berilgan shikoyatning maqomi prokurorning protesti bilan tenglashtirildi. Bu, o‘z navbatida, sud protsessida tortishuvlik prinsipini hamda taraflarning tengligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Ikkinchidan, ilgari berilayotgan shikoyatga nisbatan bir qancha talablar mavjud edi. Jumladan, barcha sud qarorlari va javob xatlarini, mahkumga jazoni ijro etish muassasasi tomonidan berilgan tavsiyanomalar, sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotnoma kabi hujjatlar taqdim etilmasa, bunday holat shikoyatni ko‘rmasdan qaytarishga asos bo‘lgan.
2023-yil 1-aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstititsiyasida ham inson huquqlarini sudda himoya qilishga doir qator qo’shimchalar kiritilgan.Misol uchun, sud qarorisiz hech kim qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas,
Hozirda qonunchillikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, shikoyat qiluvchi tomonidan sudga faqatgina shikoyatning o‘zi berilishi kifoyadir. Mamlakatimiz "inson qadri uchun" degan shiori oʻz dasturi amaliga aylantirdi va hozir har bir jabhada uning oliyligi , daxlsizligi koʻzga tashlanmoqda .Sud tizimi ham bundan mustasno emas albatta .



Yüklə 61,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə