Reja: Kirish Asosiy qism


Sudlar faoliyatini raqamlashtirish va aholi oʻrtasida sudlarning obroʻsini oshirishda OAV ning roli



Yüklə 61,63 Kb.
səhifə4/8
tarix04.05.2023
ölçüsü61,63 Kb.
#108400
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Numonov M

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • DARE
3.Sudlar faoliyatini raqamlashtirish va aholi oʻrtasida sudlarning obroʻsini oshirishda OAV ning roli
Sud faoliyatining samaradorligi jamiyatning unga bo‘lgan ishonchiga va sud tomonidan qabul qilingan qarorlarning huquqiy asoslarini to‘g‘ri tushunishiga bog‘liq.
«Jamiyatni sud faoliyati to‘g‘risida xolis, ishonchli va tezkor xabardor qilish maqsadida sudya ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlik qilishi hamda sud ishlarini ommaviy axborot vositalarida professional darajada yoritishga ko‘mak berishi zarur, chunki bu nafaqat fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishga va sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, odil sudlov nufuzini oshirishga, balki ommaviy axborot vositalariga ham muhim ijtimoiy vazifaning bajarilishiga, yaʼni fuqarolarni barcha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli voqealardan xabardor etishga xizmat qiladi.
Sudning ish yurituvida bo‘lgan ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgunga qadar sudya ular yuzasidan ommaviy axborot vositalarida chiqish qilishga haqli emas.
Agar ommaviy axborot vositalarida sudyaning faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlar tarqalishi natijasida sudlar va sudyalar faoliyati haqida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarining bunday chiqishlariga nisbatan sudya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan usullarda munosabat bildirish huquqiga ega.
Himoyalanishning boshqacha usullari bo‘lmagan taqdirda, sudya o‘z shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki tanqidga omma oldida javob berish uchun ommaviy axborot vositalariga murojaat qilishga haqli.
Sudya ommaviy tanqidga javob berayotganida vazmin va ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Basharti, agar ommaviy axborot vositalarida sudya faoliyatining asossiz tanqid qilinishi oqibatida odil sudlovning obro‘siga va xolisligiga putur yetishi mumkin bo‘lsa, bunday tanqidga javoban Sudyalar oliy kengashiga murojaat etish maqsadga muvofiqdir.
Sudya ijtimoiy tarmoqlarda, internet-forumlarda va internet tarmog‘idagi boshqa shakldagi muloqotlarda ishtirok etishi mumkin, biroq u sud hokimiyatining, davlat organlarining nufuziga, boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan axborotni tarqatmasligi lozim.»10
Jadal sur’atlar bilan rivojlanish yoʻlidan borayotgan, taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallayotgan respublikamizda boshqa sohalar qatorida sudlov tizimi ham samarali isloh qilinmoqda. Sud tizimida zamonaviy aхborot kommunikatsiyalari infratuzilmasini yaratish, aхborot resurslari va aхborot tizimlarini ishlab chiqish, elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda sud organlari veb-saytlari orqali fuqarolarga interaktiv хizmatlarni koʻrsatish hozirgi kunda respublikamizda sud organlarida amalga oshirilayotgan innovatsiyalarning asosini tashkil etadi.
Shu bilan birga, sudlov tizimini aхborotlashtirish nafaqat sud organlari faoliyatining samaradorligining oshishiga, balki Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan odil sudlovning oshkoraligi va hamma uchun ochiqligi tamoyillarini sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining sudlar faoliyatiga boʻlgan ishonchini oshirish orqali rivojlantirish va sifat jihatdan yangi bosqichiga koʻtarishga imkon beradi.
«Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommuni- katsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy maʼnodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi” (I.A.Karimov)
Rivojlanish yo‘lidan jadal surʼatlar bilan borayotgan va taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashga intilayotgan respublikamizda boshqa sohalar qatorida sudlov tizimi ham samarali isloh qilinmoqda. Jumladan, sud tizimining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish, sud organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosini tashkil etmoqda. Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan keng foyda- lanish hozirgi kunda mamlakatimizda sud tizimida olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanib, sudlarda ish yuritish samaradorligini oshirish, tadbirkorlik subʼektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interfaol xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, sudyalar va sud xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasini oshirish hamda ishda zamonaviy kompyuter texnikasi va “Axborot komunikatsiya texnologiyalari”dan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, sud tizimida axborot xavfsizligi hamda hujjatlarning xavfsiz aylanishini taʼminlashda muhim omil bo‘ladi.
Quyidagilar sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning huquqiy asosini tashkil etadi:
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 2 avgustdagi PF-4459 son Farmoni;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 10 dekabrdagi 346-son qarori;
- «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2014 yil 5 may, O‘RQ-369-son);
-«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2014 yil 3 dekabr, O‘RQ-378-son);
-«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2015 yil 9 iyun, O‘RQ-388-son).
Fuqarolik sudlarida Axborot komunikatsya texnologiyalarini joriy etish va undan keng foydalanishga qaratilgan hukumat qarorlari va chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan fuqarolik sudlov tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va BMT TD tomonidan «E-SUD” Milliy elektron sudlov axborot tizimi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Endilikda, mazkur sudda axborot tizimining joriy etilishi tufayli sudga taqdim etilgan sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida arizani yuborish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, sud ajrimi yoki sud buyrug‘ini chiqarish elektron ravishda tez va oson amalga oshirilmoqda.
2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi o‘z ishini boshladi. Ushbu loyihaning maqsadlari ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va joriy etish asosida respublikamiz sudlov tizimining ochiqligini taʼminlash, sud organlari faoliyati samaradorligini oshirish, sud tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish hamda sud tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali milliy elektron sudlovni joriy etishdan iborat.
Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 3 sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarishga qaratilgan.
Ma'lumki, aynan raqamlashtirish masalasi axborot asri talablariga ham muvofiq keladi. O'z navbatida, bu jarayon nafaqat milliy makonda, balki xalqaro maydonda O'zbekistonning nufuzini oshirishda ham muhim o'rin tutadi. Sud tizimini raqamlashtirish sudlarda ishlarni tez va sifatli ko'rib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Bu jabhada esa mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o'rni bilan hozircha maqtana olmaymiz. Jumladan, Qonun ustuvorligi indeksi bo'yicha – 92-o'rin, shundan "Fuqarolik odil sudlov" indikatori – 72, "Jinoiy odil sudlov" indikatori – 66-o'rinda ekanligi sud tizimi, uning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish lozimligini ko'rsatib turibdi.
Bu sohada jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, xalqaro amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, sun'iy intellekt odil sudlov sohasidagi barcha muammolarni hal qilishda - sud`yalar faoliyatini optimallashtirish, elektron huquqiy platformani shakllantirish va boshqalarda faol foydalanilmoqda.
Masalan, Braziliyada yo'l-transport hodisalari to'g'risida qaror qabul qilish uchun maxsus komp`yuter dasturi qo'llaniladi. U ishda ko'rsatmalar va ashyoviy dalillarni saqlaydi. Huquqbuzarlik kvalifikatsiyasi va sud qarori taqdim etilgan ma'lumotlar asosida avtomatik ravishda tuziladi.
Amerikalik olimlar tomonidan DARE tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, uning vazifasi sudda yolg'on ko'rsatuvlarni aniqlashdir. Dastur insonning yuz ifodalari, ovozi va nutqidagi vizual o'zgarishlarni kuzatib boradi. DARE natijalarining ishonchliligi taxminan 92% ni tashkil qiladi.
Mamlakatimizda sudlov sifati va aholining sohadan xabardorlik darajasi ham risoladagidek emas. Chunki sudlarda ishlarni o'z vaqtida ko'rishni nazorat qilishning samarali tizimi yaratilmagan. Bu esa sudlar ishlarini avtomatlashtirish va ularning faoliyati to'g'risidagi axborotlarni tizimlashtirishni taqozo qiladi. Aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga ko'rsatiladigan interaktiv xizmatlar talab darajasida emasligi investorlarning huquqlarini sud orqali muhofaza qilinishiga to'siq bo'lib kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining qarorida esa yuqoridagi muammoli holatlarni bartaraf etish yo'llari va ularning maqbul echimlari aniq ko'rsatib berildi. Hujjatning e'tiborli jihati shundaki, endilikda sudlar faoliyatining har bir bosqichiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi. Buni sud jarayoni bosqichlari asosida tahlil qilish o'rinli. Xususan, sudga elektron tarzda murojaat qilish, taraflarni sud majlisi to'g'risida axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida xabardor qilish, sud muhokamasi jarayonida onlayn tarzda ishtirok etish, sud qarorlarini elektron tarzda majburiy ijroga qaratish, sud qarorlaridan norozi bo'lgan tarafning elektron tarzda shikoyat berish tartibi shular jumlasidandir.
Xususan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da'vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy etiladi. Bundan ko'zlangan maqsad - fuqarolar sarson bo'lishining oldini olish, murojaatlarni avtomatlashtirish, tizimlashtirish va eng asosiysi, fuqarolarga sudlarga murojaat etish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlaridan kengroq foydalanish uchun imkon yaratishdir.

Shuningdek, sud majlisiga tayyorgarlik ko'rish jarayonidan yakuniga qadar to'liq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi. Avvalo, sud majlisi ishtirokchilari sud muhokamasining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali xabardor qilinadi. Bu to'liq bepul amalga oshiriladi. Sud faoliyatida qonuniylikni ta'minlash maqsadida sud muhokamasi jarayoni audioyozuv orqali qayd etish amaliyoti joriy etiladi. Bunda taraflarning huquqlarini himoya qilish qilish va shaxsiy hayot daxlsizligini kafolatlash maqsadida taraflarning roziligi olinadi.


Bundan tashqari, bugungi kunda ommalashgan va aksariyat sud organlarida o'zini oqlagan videokonferentsaloqa tizimi ko'lami kengayadi. Bunda protsess ishtirokchilariga, avvalo, da'vo, ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati taqdim etiladi. Manfaatdor shaxslar sud majlisida ishtirok eta olmagan taqdirda ham, barcha jarayondan xabardor bo'lishiga erishiladi. Ayniqsa, bunda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar, qariyalar, nogironlar, yosh bolali ayollarga qulaylik yaratiladi. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarni sud protsessiga olib kelish va olib ketish bilan bog'liq sarf-xarajatlar kamayadi.
Sud xodimlari tomonidan sansalorlik, byurokratizm va suiiste'molchilik holatlariga barham berish maqsadida 2021 yil 1 iyuldan boshlab sud`yalar o'rtasida ishlarni avtomatik taqsimlash tizimi joriy qilinadi. Apellyatsiya va kassatsiya instantsiyalariga nisbatan ham bu tatbiq etilib, maxsus dasturlar asosida amalga oshiriladi. Qolaversa, 2022 yil 1 yanvardan boshlab taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan. Shuningdek, taraflarning iltimosi bo'lgan taqdirda sud qarorlarini qog'oz shaklida olish imkoniyati ham yaratiladi. Bundan tashqari, sud qarorlarini internetda e'lon qilish amaliyoti shakllantiriladi. Bu esa, o'z navbatida, fuqarolarning sudlovdan xabardorlik darajasini oshiradi. Shuni alohida qayd etish lozimki, sud tizimi bu davlatning mustaqil hokimiyati, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish qo'rg'onidir. Shunga binoan sudlarda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash bilan birga sudlar faoliyatida kiberxavfsizlikni ta'minlash, ma'lumotlarning himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, bu borada kompleks chora-tadbirlar tizimini shakllantirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Shunga muvofiq, 2020-2023 yillarga mo'ljallangan “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi” tasdiqlandi. Muxtasar qilib aytganda, yuqorida qayd etilgan yangiliklar sud tizimiga to'liq tatbiq etilishi sohaning ochiqligi, shaffofligi va tezkorligini ta'minlaydi. Bu esa sohada yangi sifat ko'rsatkichlariga erishishga yo'l ochadi, muhimi, xalqning sud tizimidan rozi bo'lishiga zamin yaratiladi.11
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasi 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ham oʼz aksini topgan.
Bugungi kunga qadar sud-huquq sohasini raqamlashtirish yo’lida bir qancha amaliy qadamlar tashlandi. Bu sohada eng katta qulaylikni yaratib bergan tizim O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yaratilgan My.sud.uz elektron sud xizmati portali boʼldi. Bu portal orqali birinchidan, agar fuqarolarda ariza,taklif, shikoyat yoki hal etilmagan muammolar mavjud boʼlsa, fuqarolik, jinoyat yoki iqtisodiy sud boʼlishidan qat‘iy nazar, ushbu sudga murojaatni elektron tarzda yuborishi mumkin. Bu murojaat roʼyhatga olinib, koʼrib chiqiladi. Shuningdek, fuqarolar bu tizim orqali ochilgan ,,Shaxsiy kabinet― orqali murojaat holatini onlayn kuzatib borishlari mumkin. Ikkinchidan, My.sud.uz elektron sud xizmati portalida ,,Sud majlislari jadvali― nomli alohida bo‘lim mavjud boʼlib, bu fuqarolarga sud majlislari jadvali bilan tanishish – sudlarda ishlarni koʼrib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda xabardor boʼlib borish imkonini beradi. Endi fuqaro sud majlisi vaqtini bilish uchun sarson boʼlmaydi, avvalgidek, sudga kelib yoki sudya yordamchilariga qo’ng’iroq qilib yurmaydi, balki bu boʼlimga kirib tegishli sud va sanalarni tanlasa bas, qaysi ish qachon koʼrilishi haqida ma‘lumotga ega boʼladi. Uchinchidan, bu tizimda davlat boji kalkulyatori va elektron toʼlov tizimi ham ishga tushirilgan boʼlib, bu fuqarolarga ancha yengillik keltiradi. Avvalari, fuqarolar ish sudda koʼrilishi uchun davlat bojini bankka borib toʼlashlari va kvitansiyani sudga taqdim etishlari kerak boʼlgan. Bu tizim orqali esa, endilikda, kalkulyator orqali har qanday ishning boj miqdorini hisoblash va bankka bormasdan turib, elektron tizim orqali uni toʼlash mumkin. Bu ham fuqarolarning ishini osonlashtiradi. My.sud.uz tizimining eng ijobiy jihati shundaki, unda sudga murojaat qilish namunalari ham keltirilgan. Bu namunalar dunyoning birorta ham sud tizimida uchramaydigan interaktiv xizmat bo’lib, bu fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, bu tizim orqali rahbariyat qabuliga roʼyhatdan oʼtish, ish holatini onlayn kuzatib borish, sud xabarnoma va chaqiruvlarini va qarorlarini ham onlayn tartibda olish mumkin.
Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini elektron yuborish ham raqamlashtirilgan holatga oʼtmoqda. Bu boʼyicha Oliy Sud tomonidan “E-XSUD” axborot tizimi tashkil qilingan bo'lib, fuqarolar shikoyatlarni onlayn tartibda yuborishi mumkin.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, sud-huquq sohasini raqamlashtirish boʼyicha olib borilayotgan bu islohotlar oʼz samarasini bermoqda. “World Justice Project”― xalqaro nohukumat tashkilotining 2020-yil uchun huquq ustuvorligi indeksi e‘lon qilindi. Shuni aytib oʼtish lozimki, bu indeksning qamrovi yildan yilga ortib bormoqda.
2020-yil bu indeks boʼyicha 128 ta mamlakat baholandi. Unda Oʼzbekiston maksimal 1 balldan 0,47 ballni toʼpladi va oʼtgan yilgi indeksdan 4 pogʼona yuqoriladi. Ta‘kidlash joizki, Oʼzbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy oʼzgarishni qayd etgan.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, bugungi zamonni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki, raqamlashtirish kundalik hayotdagi ehtiyojimizga, har bir tarmoqning rivojlanish mezoniga aylanib bormoqda. Sud-huquq sohasini raqamlashtirish bizga bir qancha imkoniyatlarni beradi. Birinchidan, fuqarolar hujjat koʼtarib, u idoradan bu idoraga ovvora boʼlib yurmaydi. Raqamlashtirish orqali fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi.
Xulosa
Xulosam shuki , vaqt-oliy hakam , tarix-katta oʻqituvchidir. Qilgan ishlarimiz anchaginaligiga qaramay hali bir qator muammolar oʻz yechimini kutib turibdi. Endigi vazifamiz tarixiy tajribalardan toʻgʻri xulosa chiqarish va ulardan unumli foydalanishdir.
Umuman olganda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yildan yilga aholi oʻrtasida huquq savodxonligi oshishirish ishlari keng ko’lamlarda olib borilmoqda va sudlarga murojaat qilishlari soni anchagina oʻsgan. Ammo xorijiy davlatlar bilan solishtirganda bu biroz past natija. Shuning uchun huquqiy ong va madaniyatni oshirish davr talabi. Chunki siz shikoyat qilmadingizmi , sizning huquqlaringiz buzilmadi.
Aholi oʻrtasida sudlarning obroʻsini yanada oshirish. Sudlar faoliyatida ochiqlik siyosati olib borilayotgan boʻlsada, haliyam aholi oʻrtasida odil sudlovni nisbatan ishonchsizlik mavjud va fuqarolarning sud qarorining haqqoniyligini tan olmay yuqori sudlarga murojaat qilishlari oz emas. Fuqarolarning oʻz huquqlarini bu darajada bilishlari ijobiy, ammo baʼzan bunday murojaatlar sudlar uchun ishni koʻpaytirib ularning ish samaradorligiga taʼsir koʻrsatadi. Vaholanki bunday murojaatlar koʻpincha avvalgi sud qarorini hech qanday oʻzgartirilmasligi bilan yakun topadi.Sudlar faoliyati bilan tanishish va ish jarayonlari kuzatishga imkon berish orqali sudlar faoliyati haqida bilimlar va ijobiy taasurotlarni shakllantirish mumkin.
Hozirgi kunda Oʼzbekiston demokratik yangilanishlar, keng imkoniyat va amaliy ishlar yurtiga aylanib bormoqda. Bu jarayon yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir. Bu yoʼlda maqsadlarning aniq qoʼyilganligi harakatlar samarasini ta‘minlovchi eng muhim mezon hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek : “Bugungi kunda biz erishgan eng muhim natija ham aslida shu – demokratik islohotlarimiz ortga qaytmaydigan tus oldi”. Ishonamizki, Yangi Oʼzbekiston jahon maydonida oʼz munosib oʼrniga ega boʼlgan, har tomonlama kuchli salohiyatga ega va farovon mamlakatga aylanadi.



Yüklə 61,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə