Reja: Kirish I b



Yüklə 340,46 Kb.
səhifə9/18
tarix22.04.2022
ölçüsü340,46 Kb.
#85857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
MTT tashkilotlari

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodistining lavozim malaka tavsiflari: (Maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 26-oktabridagi 173-son buyrug’iga ilovasidan)

  1. Lavozim vazifalari:

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik faoliyatga rahbarlik qilish;

  • Metodist o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Farmon, Farmoyish va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlari, davlat dasturlari asosida qabul kilingan Maktabgacha ta’limi vazirligi (keyingi o’rinlarda “Vazirlik”deb yuritiladi) hamda uning hududiy boshqaruv organlari, bo’ysunuviga karab Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari (keyingi o’rinlarda “Mahalliy hokimiyat organlari” deb yuritiladi)ning qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o’rinlarda “tashkilot” deb yuritiladi)ga berilgan tegishli topshiriqlar yuzasidan zarur xujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini to’lik bajarilishini ta’minlash;

  • maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga to’laqonli tadbiq etish;

  • tashkilotning o’quv-metodik faoliyatini samarali tashkil etish;

  • bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jatumaniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish yuzasidan pedagog kadrlar bilan ishlash, ularga metodik maslahatlar berib borish;

  • tashkilotning yillik va istiqbol ish rejalari loyihalarini ishlab chiqish va tashkilot rahbariyatiga kiritish;

  • tashkilot pedagog xodimlarining ish rejalari, o’quv-mavzu rejalari hamda mashg’ulotlarga tayyorgarlik holatlarini ko’rish;

  • tashkilotda tarbiyalanuvchilarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishini kuzatish, baholashga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, taxlil qilish va natijasiga ko’ra aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash;

  • ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, bolalarni maktabgacha ta’limga tayyorlashdagi dolzarb masalalarni pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish va unda pedagogik kengash a’zolarining faol ishtirokini ta’minlash, kiritilgan masalalarni chuqur o’rganish, natijalari bo’yicha sifatli, taxliliy, tanqidiy ma’lumotlar tayyorlash, qabul qilingan qaror va buyruqlarning sifatli va o’z vaktida bajarilishini tashkil etish hamda ta’minlash;

  • tashkilotning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarini tegishliligi bo’yicha sifatli va samarali o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, pedagogik jamoaga ta’limdagi yangiliklarni yetkazish bo’yicha nazariy, amaliy seminar mashg’ulotlarini tashkil etish;

  • tashkilotdagi guruh xonalarini bolalar yoshiga mos ravishda jihozlash yuzasidan tegishli maslahatlar berish;

  • ta’lim-tarbiya jatumanida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • tashkilotda ta’lim-tarbiya jatumaniga “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o’quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarning to’laqonli bajarilishini nazorat qilish;

  • axborot va pedagogik texnologiyalarni, jumladan masofaviy o’qitish usullarini tashkil etish ishlarini qo’llash va takomillashtirishni ta’minlash;

  • tashkilot pedagog xodimlari o’rtasida sog’lom raqobatli muhitni yaratish maqsadida ko’rik-tanlovlar, tadbirlar, sport musobaqalari, o’quv va amaliy seminarlar tashkil etish va o’tkazish;

  • tarbiyalanuvchilar va ota-onalarni qiziqishini orttirish uchun turli sport musobaqalari, bayram ertaliklari, ochiq mashg’ulotlar, ko’rik-tanlovlar o’tkazilishini tashkil etish;

  • tashkilot xodimlariga vakolati doirasida topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish, xodimlarning kasbiy mahorati va metodik salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;

  • tashkilot pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish, o’z vakolati doirasida eng faollarini rag’batlantirish, jamoada soglom ma’naviy muhitni shakllantirishda takliflar kiritish;

  • tashkilotni o’quv-didaktik, metodik va ko’rgazmali materiallar, o’yin, o’yinchoqlar va musiqa asboblari bilan jihozlashga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va rahbariyatga taklif kiritish;

  • tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, sanitariya qoidalari va gigiena normalariga, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga qa’tiy rioya qilishni ta’minlash.




  1. Bilishi lozim:

  • Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyatini;

  • maktabgacha ta’limning davlat ta’lim talablari, ta’lim-tarbiya reja va o’quv dasturlarining mazmunini;

  • zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalana olishni;

  • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;

  • Bolaning individual extiyojlarini hisobga olgan holda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” xamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;

  • jamoa shartnomasida belgilangan talablarga qatiy rioya etish hamda jamoada sog’lom raqobatli ma’naviy-muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustaxkamlash orqali faoliyat yuritishni;

  • O’zbekiston Respublikasining sanitariya-gigiena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.




  1. Malaka talablari:

  • maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot (nomutaxassis oliy ma’lumotlilar maktabgacha ta’lim yo’nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini tamomlagan);

  • xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

  • ikki yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.

Maktabgacha tarbiya xodimlarining ishlash masalalarini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir. Bir yilda ikki turdagi nazariy va amaliy seminarlar o’tkaziladi. Nazariy seminar yilning birinchi yarim yilligida, amaliy seminar yilning ikkinchi yarim yilligida

rejalashtiriladi. Seminar mavzulari o’quv yilning asosiy vazifalari hamda tashkilotning ta’lim-tarbiya jatumanlari samaradorligini oshirishga qaratiladi. Ish rejaga nazariy va amaliy seminarda bir yoki ikki mavzu olinadi, har bir mavzular bir-biriga mutanosib bo’ladi.

Utkazilgan seminar yigilishiga tegishli xujjatlar bayonnomalari va ish materiallar yig’ma jildda jamlanadi.

Seminarlar maktabgacha tarbiyaga doir eng muxim tomonlarni xal etiladi.
Seminar temasini shahar, tuman, viloyat tomondan belgilanadi. Bu temalar seminar

uchun tema tanlaganda uning maqsadi, vazifalariga doir tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi.

Misollar keltirib uch tomon tajribasi asosida Maslahatlar - yakkama yakka rejalashtirish metodi qayd qilib boriladi. Bu esa metodist ishida chiqarishlanma- maslaxatlarni temalar bo’yicha ishlab chiqishni, kamchiliklarni bir chiqarisha bartaraf qilishni belgilaydi.

Maktabgacha tarbiya xodimlarini ishlash malakalarini oshirishda asosiy

shakllardan biri metod birlashmalardir.

Metod birlashmalar muhokamalarida maktabgacha tarbiyaga oid eng aktual

masalalar xal etiladi.

Metodik birlashmalar - pedagoglarning ijodiy aktivligini va izlanishlarini

shakllantiradi, o’z ishlarini analiz qilishga va tashkiliy baxo berishga o’rgatadi, berilgan topshiriqlarga javobgarlik xissini; ishlash malakalarini doimo o’stirib borishga intiltiradi.

Metodik birlashmalar butun o’quv yli davomida;

sentyabrdan- maygacha o’z ishini olib boradi. U turli kategoriyadagi

pedagog-tarbyachilar, musiqa raxbarlari, direktorlar uchun tashkil etiladi.

2-3 oyda 1 marta o’tqaziladi.



Yüklə 340,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə