Reja: Kirish I b



Yüklə 340,46 Kb.
səhifə2/18
tarix22.04.2022
ölçüsü340,46 Kb.
#85857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
MTT tashkilotlari

Xulоsa

ydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi:

Barkamol avlodni tarbiyalash hamisha insoniyatning eng ezgu va eng ulug’ orzularidan biri hisoblanib kelinadi. Agar tarix sahifalariga nazar tashlaydigan bo’lsak, Al-Farobiyning “Fozil odamlar shaxri” asarida jamiyatdagi har bir bilimli inson fozil odamdir. Bunday inson o’zi yashayotgan davlatdagi barcha qonun va qoidalarga e’tiborli va unga amal qiluvchi, o’z kasbining ustasi bo’ladi deb ta’kidlangan.

1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning hayotga tadbiq etilishi, mamlakatimizda yangi o’quv tizimining vujudaga kelishiga hamda zamonaviy bilimga ega bo’lgan yosh mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratdi.

O’zbekiston xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadini qo’ygan. Bu yo’lda birinchi, lekin juda muhim qadamlar qo’yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tadbiq etilishi xalqaro jamiyatda o’z o’rnimizni mustahkamlashga olib keladi. Negaki dunyoning bugungi rivoji shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy qudratda emas, balki intellektual salohiyatda, fikrda, aqlda, ilg’or texnologiyalardadir.

Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’pdan-ko’p muhi masalalardan iborat.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xalq maorifi tizimida tarbiyani amalga oshiruvchi ilk bo’g’in hisoblanadi. Bolani har tomonlama garmonik rivojlantirish uchun esa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini ko’tarish zarur.



Pedagogning bolaga o’z shaxsiyati bilan ta’sir ko’rsatishi to’g’risidagi g’oyani o’z davrida maktabgacha ijtimoiy tarbiya tizimining yaratuvchilaridan biri G.A.Arkin rivojlantirgan edi. Uning pedagogik asarlarida quyidagi: “Biz uchun tarbiyachining o’ziga xos gapirish intonatsiyasidan boshlab imo-ishoralari, tabassumi harakatlaridagi bo’lgan barcha xususiyatlarini ko’rish va payqay bilish g’oyat muhimdir”.

Bola qalbiga chuqur kira oladiga va u yerda individual yashirin qadriyatlarni topa biladigan, ularni ro’yobga chiqarishga amaliyotda qo’llanish mustahkamlanishi hamda takomillashuviga sabab bo’la oladigan har qanday rivojlanish faktori tarbiyachi ko’rsatadigan ta’sir oldida ojizdir degan fikrlarni ta’kidlangan. Mamlakatimizda xalq ta’limining birinchi bo’g’ini uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Negaki, endilikda tarbiyachilar shu jumladan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oddiy ijrochilik kamlik qiladi. Borgan sari o’z vazifasiga moslashish, yangilikni tez payqay bilish tashabbuskorli mas’uliyatni o’z ustiga qo’rqmasdan ola bilishga tayyorgarlik, o’z oldiga vazifa qo’yish va uni mukammal bajara olish, ishlashga o’rganish istagi kabi ishchanlik sifatlarining ahamiyati ortmoqda.

Bola shaxsi rivojida tarbiyachining roli o’z navbatida tarbiyachining yetakchilik rolini yuzaga keltiradi. Bu har bir bola shaxsini shakllantirishda uning yelkasidagi mas’uliyatdir. Tarbiyachi o’z shaxsiyatida bolalar qanday muayyanlikni ko’rishmoqda, uni o’zlaricha kim sifatida qabul qilishmoqda, uning shaxsiyatidagi qaysi shaxsi xususiyatlarini o’zlari uchun mo’ljal qilib olishmoqda, bularning barini bilmog’i lozim. Boshqacha aytganda tarbiyachining “men”i qanday qilib bolalar mulkiga aylanmoqda, bolalarning o’zlariga xos bo’lgan xususiyatlariga nisbatan qay ravishda taqlid etilmoqda ekanligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun qanday ahamiyat kasb etmoqdaligini tushunib yetmog’i zarur.



Atoqli rus pedagogi A.S.Makarenkoning “Agar bola yomon tarbiyalangan bo’lsa, buning uchun mutlaqo tarbiyachi aybdordir. Agar bola yaxshi bo’lsa bunday holda ham u o’z bolaligi uchun, tarbiyachisi oldida qarzdordir”,-degan fikri hozir ham ahamiyatini yo’qotgan emas.

Bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlash ishida hali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak xodimlarni kasbga tayyorlash muayyan sistemasi hamma joyda ham maqsadga muvofiq tashkil topgan deb bo’lmaydi. Bu keksa tarbiyachi uchun ham, naqiron tarbiyachi uchun ham g’oyat murakkabdir. Tarbiyachining yo’li og’ir va murakkab, biroq shunchalik ko’p shodlik va qoniqish hosil qiluvchi bundan boshqa kasbni topish oson emas.



Bo’lajak tarbiyachilarning axloqiy ideallari qanday bo’lishi ko’p jihatdan oliy o’quv yurti hamda pedagogik bilim yurti o’qituvchisining ijodiy tashabuskorligi va bilimi, istak va mahorati hozirgi zamon talabi darajasida bo’lishiga bog’liq.

Ba’zan, endigina oliy maktab yoki pedagogika bilim yurtini bitirgan yosh mutaxassislarga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga direktorlik qilishni tavsiya etadilar (shunday hollar ham uchrab turadi). Endigina faoliyat boshlagan rahbarni odamlar bilan ishlay olamanmi, ishni qanday tashkil etish kerakki, mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari hamnafas jamoaga aylansin, jamoa a’zolari o’rtasida iliq munosabotlar o’rnatish uchun nima qilishim kerak, mehnat faoliyatimni qanday tashkil etishim kerak kabi savollar hayajonga soladi. Bu savollarga javob topishi uchun yosh xodim eng avvalo asosiy diqqatini ta’lim-tarbiya jatumanining asosiy vazifalariga jalb qilgan holda undagi muhum ahamiyat kasb etuvchi mayda- chuydalarni ham nazaridan chetda qoldirmasligi lozim.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyachilar tayyorlashdagi tajribalarning ko’rsatishicha, “O’zbekistonda maktabgacha tarbiyani tashkil etish va rahbarlik qilish” kursini o’tishda asosiy e’tiborni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbari, katta tarbiyachi hamda viloyat, shahar va tumanlar maktabgacha metodika kabinetlar ishini tashkil etish bo’limlariga ko’proq qaratmoq lozimligi ko’zda tutilgan holda, ularning har birlarining kasbiy vazifalarini o’zaro bog’likda yagona bir jatumanning turli tomonlari sifatida aniq va ravshan ochib berishni maqsad qilib qo’ygan.



Yüklə 340,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə