Reja: Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ijtimoiy pedagogik faoliyatining o’rni



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə4/6
tarix31.05.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#114467
1   2   3   4   5   6
Reja Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda i

Oldini olish-profilaktik
Tarbiyalanuvchilarni hoxush hulq atvori, salbiy holatlar va zararli odatlar (yolg’onchilik, o’g’irlik, chekish, tilanchilik, guruhbozlik) dan himoya qilish.
Tarbiyalanuvchilarni zararli odatlardan muhofazalash, axborotlar orqali keladigan xavf, kutiladigan harakatlarni tushintirish, oqibatni ko’ra bilishga o’rgatish.
Sanab o’tilgan ijtimoiy Pedagogik faoliyat yo’nalishlarining mazmuni, shakl va vositalarni zamon bilan xamhafas tarzda takomillashtiruvini talab etadi.
Tarbiyachining samarali faoliyati muassasadagi hamkorligining maqsadli olib borilishiga asoslanadi.
Muassasada psixologik, tarbiyachi, ijtimoiy-pedagogik, yuristning hamkorligi tarbiyalanuvchilarni kelajagini huquqiy jihatdan taminlash va psixologik jihatdan qo’llab quvvatlashga qaratilgan bo’lmog’I lozim.
Mehribonlik uylarida tarbiyachilar faoliyatiga qo’yiluvchi talablar.
Mmehribonlik uyi tarbiyachisi faoliyatiga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi;

  2. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisining psixologik xususiyatini bilish;

  3. Ijtimoiy psixologiya metodlarini amaliyotda qo’llay olish;

  4. Maktablarda o’qitiladigan fanlarning umumiy masalalarini bilish;

  5. AKT dan foydalanish;

  6. Ish xujjatlarini yurita olish;

  7. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakasiga ega bo’lish;

  8. Xiobatlar va turli mazmundagi taqdimotlarni yartish va amalga oshirish;

  9. O’zi haqida portfolio tayyorlash va o’z o’zini hamayon eta olish;

  10. Hamkorlikda ishlash va ish yuritish qoidalarini bilish;

  11. Oilalar bilan ishlashni samarali usul va yo’llarini bilish.

  12. Interfaol usullar va ulardan tarbiya jarayonida foydlana olish;

Keltirilganlardan tashqari yana bir eng muhim talab bu faoliyatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni bilishdir. Zero, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali ta’lim va tarbiyadan kutilgan natijaga erishish har doim o’z dolzarbligini yo’qotmagan masaladir. Bu borada kadrlar tayyorlash milliy dasturida shunday etirof qilinadi: “Zamonaviy shaxsni tarbiyalamoqchi bo’lgan o’qituvchining o’zi zamonaviy texnologiyalardan xabordor bo’lmog’I lozim”
Tarbiyachi o’zining Pedagogik faoliyati davomida tarbiyalanuvchining ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi omillarni bilish ishni tashkil etishda ularga rioya etish lozim.
Tarbiyalanuvchining ijtimoillashuviga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi.

  1. Muhit

  2. Axborot manbalari

  3. Tengdoshlari

  4. Qiziqishlari

  5. Maddiy va ma’naviy ehtiyojlar

  6. Atrofdagilar bilan muloqat o’rnatish imkoniyati

Sotsnum (yaqin muhit) – bola ijtimoiylashuvi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta sekin o’zlashtiradi.
Bola hayotining dastlabki davri qayerda o’tgan bo’lsa shu yer muhitining ta’sirida shakillanadi. So’ng hayoti qayerda tashkil qilinsa, o’sha muhit xususan, Mehribonlik uyi talablarini o’zlashtiradi va ularga moslashtiradi.
Yosh o’tgan sari bola tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy huhit “hududi” toboro kengayib boradi, ya’ni nafaqat Mehribonlik uyi, balki maktab, makdabdan tashqari ta’lim turli tadbirlar, jarayoni tashkil etilgan jamoat tashkilotlari, orttirgan o’rtoqlari davrasidamuhitlarida bo’ladi. Ma’lumki, muhit bu o’ziga mos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligidir. Bola ham shu muhitga turli insonlar bilan birga yashab, ta’lim olishi jarayonida o’zining “Men” konsepsiyasini yaratadi. O’zining “Men” iga ega inson muhitga ham muayyan tasirini bergan holda nimanidir o’zlashtirishga harkat qiladi. Aynan manashu jarayon qarama qarshiliklar jarayoni bo’lib insanni mustaqil hayotiy pozetsiyasiga ega bo’lishiga undaydi. Tarbiyachi bolalarga har bir muhitdan hafaqat “yashab qolish”, balki yaxshi yashash qoidalarini o’rgatadi. Bunda tarbiyachilar kasbiy kompedentsiyasi muhim omil hisoblanadi. Komponentsiya- tarbiyachining o’z sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir.

Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə