Reja: Metall konstruksiyalarni rivojlanish tarixi


Loyihalashtirishning tashkiliy shakli



Yüklə 45,7 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü45,7 Kb.
#161895
1   2
Metall konstruksiyalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Metall konstruksiyalarida ishlatiladigan po‘latning asosiy xususiyatlari

Loyihalashtirishning tashkiliy shakli
Loyihalashtirish bir ѐki ikki bosqichda bajariladi.
Bir bosqichda – ishchi loyiha qayta ishlatiladigan loyiha asosida quriladigan va texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan binolarni qurishda qo‘llaniladi.
Ikki bosqichda – loyiha va ish hujjatlari bajariladi. Loyihalash bosqichida binoning me’morchiligi (arxitekturasi) qisqa tasvirlab beriladi va qurilish zarurligi asoslanadi. Inshootlarning konstruktiv shakllari aniqlanadi va kerakli elementlar tanlab olinadi. Agarda shu bino qurilishida metall konstruksiyalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa unda tarx va qirqimlarda asosiy ko‘tarib turadigan elementlarning sxemasi keltiriladi va shu konstruksiyani ishlab chiqarish, qurilish maydoniga transport orqali olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ish hujjatlariga metall konstruksiyalar ish chizmalari (KM) va murakkab tugunlarning va detallarning chizmalari kiradi (KMD).
KMning ishchi loyihasiga quyidagi materiallar kirishi kerak: tushuntirish xati, bino sinchiga ta’sir etaѐtgan yuklar jami, bino tarxi, konstruksiya joylanishi, elementlar hisobi, biriktirilgan joyi va metallning kesimi bo‘yicha to‘liq tafsilotli ro‘yhati.


Po‘lat konstruktiv material bo‘lganligi tufayli uning mexaniq xususiyatlariga, payvandlanuvchanligiga va uzoq muddat ishlashiga qarab baholanadi. Po‘latni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, mo‘rtlik darajasi, yuqori haroratda «oquvchanligi» uning sifatini belgilaydi. Payvandlanuvchanlik po‘latning kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq.

Konstruksiyada po‘latning uzoq muddat ishlashiga va uning kuchlanganlik holatiga konstruksiyaning shakli, tashqi ta’sirlarning turlari va miqdori, yo‘nalishi va ta’sir tezligi, zararli muhit va harorat katta ta’sir ko‘rsatadi.


Mustahkamligi bo‘yicha po‘latlar uch guruhga bo‘linadi:

  1. Mustahkamligi oddiy Ryn =-185285 MPa, Run =-365390 Mpa;

  2. Mustahkamligi yuqori Ryn= -295390 MPa, Run= -430540 Mpa;

  3. Mustahkamligi baland Ryn= - 440 ∞ MPa, Run=- 590 ∞ MPa.

  4. Po‘latlarning mexaniq xususiyatlari ichki atom tuzulishiga bog‘liq.

Uning asosini ferrit zarrachalar tashqil qiladi. Ferritning o‘zi kam mustahkamlikga ega va o‘ta plastik materialdir. Uning mustahkamligini oshirish uchun uglerod qo‘shiladi (kam uglerodli po‘lat) ѐki boshqa ishlov beruvchi elementlar qo‘shiladi (marganes, kremniy, vanadiy, xrom va b.). Legirlash va tovlash usullar bilan yuqori mustahkamlikga ega po‘lat olinadi. Kam uglerodli po‘latning atom strukturasi kub shakliga o‘xshagan. Kub markazida uglerod atomi joylashadi, qirralarining uchida temir G‘e atomi turadi.
G‘e3S-qorishma ferrit, karbid-sementit paydo bo‘ladi.
Kam legirlangan po‘latlarning atom strukturasi ham kam uglerodli po‘latning atom tuzilishiga o‘xshaydi.
Legirlashtirishda qatnashadigan kimѐviy elementlar bilan tanishamiz.
Uglerod «U» po‘latning mustahkamligini oshiradi, lekin plastiklik xususiyatini va payvandlanuvchanligini pasaytiradi. Shuning uchun qurilishda ishlatiladigan po‘latlarda uglerod miqdori 0,22% gacha bo‘lishi mumkin.
Kremniy «S» po‘lat mustahkamligini oshiradi, payvandlash imkonini pasaytiradi va zanglashga qarshiligini kamaytiradi. Shuning uchun uning miqdori kam uglerodli po‘latda 0,3 %, legirlangan po‘latda esa 1%gacha bo‘ladi.
Marganes «G» metallning mustahkamligini, qayishqoqligini oshiradi va po‘latga aralashgan oltingugurt bilan birikib, uning zararli ta’sirini kamaytiradi. Ammo marganes miqdori 1,5% dan ortsa, unda po‘lat mo‘rt bo‘lib qolish xavfi bor.
Mis «D» mustahkamlikni va zanglashga qarshilikni oshiradi. Lekin, 0,7% dan ko‘payganda po‘lat tez eskirib qolishiga sabab bo‘ladi.
Xrom «X», vanadiy «F», volfram «V», molibden «M», titan «T», nikel «N»- bularning hammasi po‘lat mustahkamligini oshiradi va ayrimlari plastik xususiyatini ham oshiradi.
Turli toifali po‘latlarni kimѐviy tarkibini ifodalash uchun GOSTlarda quyidagi belgilash tartibi qabul qilingan: Dastlabki ikkita raqam foyizning yuzdan bir ulushida uglerodning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi, xarflar bilan esa po‘latning tarkibiy qismini tashqil etuvchi kimѐviy elementlarning shartli nomlari belgilanadi. Xarfdan keyingi raqamlar esa shu elementning foiz hisobidagi miqdorini ko‘rsatadi. Agar bu miqdor bir foizdan kam bo‘lsa u ko‘rsatilmaydi. Po‘latning tarkibiga kirgan qo‘shimcha elementlar miqdori 0,3% kam bo‘lganda ular belgida ko‘rsatilmaydi.
Zararli aralashmalar


Fosfor va oltingugurt zararli aralashmalardir. Ammo ularni po‘lat tarkibidan butunlay chiqarib bo‘lmaydi. Po‘lat tarkibida fosfor miqdori 0,045%dan oshsa, past harorat ta’siridan po‘lat mo‘rtligi ko‘payadi.
Oltingugurt miqdori 0,055% dan ortishi, po‘latda, qizigan vaqtida, darzlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Azot 0,008%, kislorod 0,007%, vodorod 0,0007% ichki atomlararo bog‘lanishini kamaytiradi va mo‘rt ravishda sinishiga olib keladi. Foydalanishda qo‘yilgan talablarga ko‘ra po‘lat quyidagi uch guruhda tayѐrlanadi: A - mexaniq xususiyatlar bo‘yicha, B-kimѐviy tarkibi bo‘yicha, V- mexaniq xususiyatlari va kimѐviy tarkibi bo‘yicha.
Qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladigan po‘latlar mustahkam va payvandlanuvchan, shuningdek, yemirilishga va dinamik ta’sirlarga bardoshlik bo‘lishi lozim, ya’ni bunday qurilmalar qurishda asosan «V» guruhdagi po‘latlar talab qilinadi, VSt3kp2-qaynoq po‘lat (kp-qaynoq, sp-tinch po‘lat, ps-yarim tinch po‘lat).
Po‘lat eritish ikki usulda bo‘ladi. Marten pechlarida va konvektor usulida kislorod yuborish bilan. Po‘lat mustahkamligini oshirishning asosan ikki usuli bor: yuqori haroratda ishlov berish va legirlash.
Yuqori haroratda ishlov berishdan asosiy maqsad po‘latning atom tuzilishini o‘zgartirish va zarrachalarini maydalashdan iborat.
Bu jaraѐn natijasida po‘latning elastikligi biroz kamaygani holda mustahkamligi va oquvchanlik chegarasi ortadi. Yuqori haroratda ishlov berishni asosiy turlari: toblash, normallash va bo‘shatish.
Toblash po‘latni 9100Cdan yuqorigacha qizdirib keyin tezlik bilan sovitishdan iborat. Normallashda toblangan yoyma po‘lat qaytadan austenit tuzilishi hosil bo‘ladigan haroratgacha qizdirilib, keyin havoda sovitiladi. Normallash natijasida po‘latning tuzilishi ancha yaxshilanib, ichki kuchlanishlar yo‘qoladi, bu esa o‘z navbatida po‘latning mustahkamligi va plastik xususiyatlari, zarbga chidamliligi ortishiga olib keladi. Bo‘shatish – bu po‘latni austenitning o‘zgarishlari haroratidan yuqori haroratgacha (2730C) qizdirib, keyin sovitish (havoda yoki suvda) dan iborat. Bunda po‘latning mo‘rtligi kamayib, zarbaga chidamliligi ortadi.
Yüklə 45,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə