Reja Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#139718
1   2   3   4   5   6   7
Reja Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va -fayllar.org

1-tamoyil - davlat suvereniteti haqida bo’lib, 1-6 - moddalarda belgilab qo’yilgan.
2-Konstitutsiyaviy tamoyil - xalq hokimiyatchiligi haqida bo’lib, 7-14 – moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, deb ko’rsatilgan.


3-Konstitutsiyaviy tamoyil - davlat hokimiyatining mustaqil 3 tarmoqqa bo’linishi haqida bo’lib, ular: 1) qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis (76-88-moddalar); 2) ijro etuvchi hokimiyat - Prezident rahbarligida Vazirlar Mahkamasi (88-98-moddalar); 3) sud hokimiyati - Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo’jalik sudi; Qoraqalpog’iston Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi; viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar sudlari va xo’jalik sudlari.

4-Konstitutsiyaviy tamoyil - demokratiyaga sodiqlik bo’lib, demokratiya va ijtimoiy adolat, insonparvar demokratik-huquqiy davlat barpo etish haqida.

5- Konstitutsiyaviy tamoyil - Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi bo’lib, 15-16-moddalarda belgilab qo’yilgan.

6-Konstitutsiyaviy tamoyil – fuqarolar huquqi va majburiyatlari haqida bo’lib, “Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt” (18-52-moddalar) kabi xalqaro hujjatlar asosida bunyod etilgan.

7-Konstitutsiyaviy tamoyil – qonuniylik bo’lib, u davlat va uning organlariga, siyosiy partiyalar va jamoat uyushmalariga o’z faoliyatlarini qonunlar asosida amalga oshirishlarini talab qiluvchi Konstitutsiyaviy normadir.

8-Konstitutsiyaviy tamoyil - O’zbekiston tashqi siyosatining qoidalari belgilab qo’yilgan bo’lib, O’zbekiston xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subektidir (17-modda).

9-Konstitutsiyaviy tamoyil – mahalliy o’zini o’zi boshqarish bo’lib, mahalliy hokimiyat boshlig’i bo’lgan hokim instituti joriy etildi; viloyat, tuman, shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari - xalq depututlari kengashlari bo’lib, ularga hokimlar boshchilik qiladi (99-104-moddalar); shaharcha, qishloq, ovullar va mahallalarda 2,5 yil muddatga rais (oqsoqol)ni va maslahatchilarni saylaydi (105-modda).

10-Konstitutsiyaviy tamoyil - odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi bo’lib, sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo’la olmasligi qonuniylashtirilgan (106-116-moddalar).
"Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” Qonun 2003 y. 24-25 aprelda bo’lgan 2-chaqiriq Oliy Majlisning 11-sessiyasida qabul qilindi. Jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, 2 palatali parlament tuzish zaruriyatidan Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Konstitutsiyaning Oliy Majlis vakolatlariga doir 76-88-moddalarga; Prezident vakolatlari va vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97 - moddalariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritildi. 2007 y. 11 aprelda qabul qilingan Qonunga binoan Konstitutsiyaning ayrim moddalariga, xususan Prezident vakolatlariga doir 89, 93-modda 15-bandi, 102-modda 2-qismi o’zgartildi.
Konstitutsiyaviy tizimning printsiplari quyidagilardan iborat:
I) Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslarining printsiplari.
II) Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish asoslarining printsiplari.
III) Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish asoslarining printsiplari.


I. Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslarining printsiplari: 1) Xalq hokimiyatchiligi. 2) Huquqning ustunligi. 3) Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi. 4) Davlvt suvereniteti. 5) Jahon hamjamiyatiga uning bir a’zosi sifatida kirish.

II. Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish asoslarining printsiplari: 1) Inson huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olish. 2) Davlatning asosiy vazifasi – inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilish hamda ularga rioya etish.

III. Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish asoslarining printsiplari: 1) Mafkuraviy va siyosiy ko’pfikrlik (plyuralizm). 2) Davlatning dunyoviy xususiyati. 3) Iqtisodiy faoliyat erkinligi. 4) Mulk shakllarining xilma-xilligi va teng huquqliligi. 5) Siyosatning ijtimoiy yo’nalganligi.
Konstitutsiya normalari: 1) Konstitutsiyaviy tuzim asoslarini. 2) Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini. 3) Fuqarolik jamiyati tarkibiy qismlarini. 4) O’zbekistonning davlat tuzilishini. 5) Davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish tizimini belgilab beradi.



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə