Reja: Pul massasi


Kredit turlari va shakllari



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə5/5
tarix23.05.2023
ölçüsü28,21 Kb.
#112322
1   2   3   4   5
Pul massasi va uning mohiyati

Kredit turlari va shakllari
Reja:
1.Kredit va uning mazmuni
2.Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati
3.Kreditning funksiyasi

Kreditning turlari. Kreditning shakllari. Kreditning tarmoq yo‘nalishiga ko‘ra turlari.


Kredit o‘zining bir qancha belgilariga ko‘ra turlanadi:
I) muddatiga ko‘ra kredit 3 turga bo‘linadi: qisqa muddatli kreditlar; o‘rta muddatli kreditlar; uzoq muddatli kreditlar.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qisqa muddatli kreditlar deganda 1 yilgacha muddatga berilga kreditlar tushuniladi. O‘rta muddatli kreditlar deganda 1-3 yilgacha muddatda, uzoq muddatli kredit 3 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar tushuniladi. Lekin ayrim mamlakatlarda kreditlarning muddatlariga ko‘ra farqlanish mavjud. Masalan, AQSHda 1-8 yilgacha berilgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi. Xalqaro moliy institutlarida 1-5 yilgacha muddatda berilgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘rta muddatli kreditlar 2004-yilda bekor qilingan. 1yilgacha muddatga berilgan kreditlar qisqa, 1 yildan ortiq muddatga berilgan kredit uzoq muddatli kredit hisoblanadi.
II) ta’minlanganligiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:
a) to‘liq ta’minlangan kreditlar, bunda kreditning ta’minoti kreditning asosiy qarz summasi va uning foizini qoplashga etadi;
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki talabi bo‘yicha ta’minot miqdori kredit summasiga nisbatan 125 foiz ni tashkil etishi kerak.
b) qisman ta’minlangan kreditlar, bunda kreditlarning ta’minoti kreditning asosiy summasi va foizini qoplashga etmaydi;
c) ta’minlanmagan kreditlar, bu kreditlar ishonchli yoki blankli kreditlar deyiladi. Bu kreditlar yuqori darajada to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan.


XULOSA
Xulosa qilib shuni aytamizki kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan boђliq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan boђliq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo’lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo’lganlar o’rtasidagi vositachilikdir. Ќozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo’lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda. Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi.
Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə