Reja: Qonning fizik tarkibi


-Mavzu:Qonning shakllari elementlari



Yüklə 53,54 Kb.
səhifə4/15
tarix05.05.2023
ölçüsü53,54 Kb.
#108570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-20

8-Mavzu:Qonning shakllari elementlari.
Reja:
1.Eritrositlar haqida ma’lumot.
2.Leykositlar haqida ma’lumot.
3.Trombositlar haqida ma’lummot.
Aksariyat issiq qonli hayvonlarda, odamlarda diskasimon, tuya va lamalarda esa oval shaklida boiadigan yadrosiz hujayralardir; amfibiya, reptiliya, baliqlarda va qo4shlarda yadroli, oval shaklida boiadi. Qishloq xo4jalik hayvonlari eritrotsitlarining o'rtacha diametri 4-7 mikronga teng. Tarkibida 60% suv va 40% quruq modda saqlaydi. Quruq moddasining 90% ni gemoglobin, 5,8% ni oqsillar, qolgan qismini esa lipoidlar, glyukoza, mineral tuzlar tashkil qiladi. Eritrotsitlarda katalaza, karboangidraza kabi fermentlar bor. Eritrotsitlar organizm uchun benihoya katta ahamiyatga ega boigan hujayralardir. Chunki ular o‘z tarkibidagi gemoglobinga kislorodni biriktirib olib, organizmdagi hamma organ va to4qimalarga tashib beradi. Eritrotsitlar kislorod tashishdan tashqari karbonat angidrid va ayrim ozuqa moddalami (aminokislotalami) ham tashiy oladi. Eritrotsitlar qonning faol reaksiyasini gemoglobin yordamida bir me’yorda ushlab turadi. Qonning ion tarkibini me’yorida ushlab turishda, suv va tuzlar almashinuvida ham ishtirok qiladi. Eritrotsitlar o4z yuzalari bilan har xil zarrachalami ushlab olib, zararsizlantirishda va gormonlar tashishda ham ishtirok qiladilar. Eritrotsitlar ari uyasiga o'xshash katakchali tuzilishga ega. Gemoglobin ana shu katakchalarda joylashadi va eritrotsitlarga qizil rang bagishlaydi. Ularning qizil qon hujayralari deb atalishiga ham sabab shu. Qonning bu hujayralari yonidan qaralganda ikki tomonlama botiq bo4lib koiinadi (kulchaga o4xshash). Ularning bunday tuzilishi bajaradigan funksiyasiga juda mos bo4 lib, tarkibidagi gemoglobinning kislorod bilan yaxshi birikishiga qulaylik tug4diradi. Chunki eritrotsitdagi gemoglobinning 3% yaqin qismigina uning sirtqi yuzasida, qolgan qismi esa ichida joylashgandir. Eritrotsitlar ikki tomonlama botiq shaklida boimaganida edi, ularning ichki tomonidagi gemoglobinning kislorod bilan birikishi qiyin kechardi. Eritrotsitlar sirtdan oqsil-lipoidli po4st bilan o4ralgan. Bular rangsiz eritrotsitlarga nisbatan kattaroq (diametri 5-20 mikronga teng), hujayralar bo'lib, yadro va protoplazmasi bor. Qonda leykotsitlar eritrotsitlarga nisbatan kamroq bo'ladi. Ular lm m J hajmdagi qonda bir necha ming donaga yetadi, buni quyidagi jadvalda ko'rsa bo iad i: Leykotsitlaming organizmdagi asosiy vazifalari: 1. Fagotsitoz, ya’ni yot moddalarni, turli zaharlami va mikroorganizmlami yeb yemirish (hazm qilish). 2. Turli kasalliklarga qarshi antitanachalar ishlab chiqarish. 3. Oqsil tabiatli toksinlami parchalash va chiqarib tashlash. 4. Biologik faol moddalar ajratadi. Oq qon tanachalari organizmda bo'lib turadigan fiziologik jarayonlarning o'zgarishiga juda sezgir hujayralardir. Shuning uchun, ham leykotsitlarning soni organizmning turli holatlarida tez o'zgarib turadi. Organizmda leykotsitlar miqdorininig ko'payishi leykotsitoz, kamayishi esa leykopeniya deyiladi. Leykotsitoz hodisasi organizm fiziologik holatlarining turli xildagi o'zgarishlari natijasida va turli kasalliklar paytida kuzatiladi. Masalan, odam va hayvonlar oziqlangandan keyin qonida leykotsitlar miqdori ko'payadi, shuningdek, hayvonning bo'g'ozlik davrida kuchli jismoniy ish bajarayotganida, dori ichganida va boshqalarda. Bular fiziologik leykotsitozlardir. Chunki bu paytlarda kuzatiladigan leykotsitoz vaqtinchalik hoi bo'lib organizm uchun qonuniy normal hodisadir. Biroq, bir qancha patologik jarayonlarda, xususan, yallig'lanish, jarohatlanishlarda organizmning patologik jarayonlarga qarshi javob reaksiyasi tarzida qonda leykotsitlar sonining ko'payib ketishi maium. Leykotsitlar amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. LJlar kapillyar qon tomirlarining devori orqali to'qima oralig'iga harakat qilib chiqishlari mumkin. Bunday oq qon hujayralariga sayor hujayralar deyiladi va bu holat-diapedez deb yuritiladi. Leykotsitlar bir necha xillarga bo'linadi. Ular avvalo o'z protoplazmalarida turli donachalami saqlash yoki saqlamasligiga qarab donador leykotsitlar — granolotsitlarga va donasiz - agranulotsitlarga bo'linadi. Donador leykotsitlar granulotsitlar o'zlarining tuzilishi va bo'yoqlar bilan bo'yalishiga qarab 3 xilga - Bazofil leykotsitlarga (ishqoriy bo'yoqlar bilan bo'yaluvchilarga); eozinofillarga (kislotali bo'yoqlar bilan bo'yaluvchilarga); va neytrofillarga (ishqoriy va kislotali bo'yoqlar bilan ham bo'yaluvchilarga) boiinadi .
T ROMBOT SITL AR - QON PL AST IN KACH AL ARI Qonning bu shaklli hujayralariga xos belgilami birinchi marta 1882 yilda italiyalik olim Bikosera yozib qoldirgan. Trombotsitlar yoki taloq hujayralari - mega kariotsitlarining sitoplazmatik parchalaridir. Tuban darajada turadigan umurtqali hayvonlaming trombotsitlari yadrolidir. Laboratoriya sharoitida trombotsitlaming qondagi miqdori Forno usuli yordamida aniqlanadi. Buning uchun qon tarkibidagi trombotsitlar agglyutinatsiyaga uchramasligi (yopishib qolmasligi) uchun 14% li magniy sulfat eritmasi bilan aralashtiriladi. So'ngra shunday qondan buyum shishasi ustiga yupqa qilib surkalib, surtma tayorlanadi va bo'yaladi. So'ngra har 1000 eritrotsitga nechta trombotsit to'gi'i kelishi aniqlanadi. Tekshirilayotgan 1mm3 qondagi eritrotsitlarning miqdorini 61 bilgan holda trombotsitlarning miqdori hisoblanadi. Trombotsitlaming kattaligi 2-4mk. keladigan, oval, uroqsimon shakldagi hujayralar boiib, o'rtacha 5-8 sutka davomida yashaydi. Yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda yadrosiz donachalardir. Turli hayvonlarning 1mm3 qonida 100000-600000 donagacha boiadi. Yosh hayvonlarning qonida trombotsitlaming miqdori katta hayvonlamikiga nisbatan kamroqdir (9-jadval). Trombotsitlaming miqdori turli kasalliklarda (jumladan, anofilaktik shokda), hamda organizm dorivor moddalar va radiatsiya ta’sirida zaharlanganda kamayadi. Aksincha simpatik nerv tizimi qo'zg'alganda, organizmga adrenalin gormoni yuborilganda, turli jarohatlar paytida trombotsitlaming soni ko'payadi. Ularning soni sutka davomida ham o'zgarib turadi. Jumladan, kunduzi kechagidagiga qaraganda ko'proq bo'ladi. Jismoniy ish bajarilayotganda ham bu hujayralar soni ko'payadi, Trombotsitlar taloq va retikula - endofelial sistema hujayralarida parchalanadi. Trombotsitlar organizmda qonning ivish jarayonida katta ahamiyatga ega.


Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə