Reja: Quymakorlik haqida ma’lumot


Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə10/15
tarix17.05.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#87202
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
quymakorlik

Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish. Bu usulda metall qolipga metall erkin qo’yilib, aniq shaklli va o’lchamli, tekis yuzali, sifatli quymalar olinadi. Metall qolip (kokil) uchun eng yaxshi material kulrang cho’yan bo’ladi, chunki u o’zidan issiqdikni yaxshi o’tkazishi sababli deyarli qizimay, tob tashlamaydi, texnologik xossalari yaxshi (oquvchanligi, oson kesib ishlanishi), narxi u qadar qimmat emas, bu esa juda qo’l keladi.

Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o’lchamiga ko’ra turlicha bo’ladi. Masalan, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar olishga mo’ljallangan qoliplar vertikal yoki gorizontal tekisliklar bo’yicha ajraladigan bo’ladi. Murakkab shaklli, turli o’lchamli quymalar qoliplari bir necha qismlardan yig’iladigan bo’ladi. Qora metall quymalar olishda sterjenlar yuqori sifatli sterjen materiallaridan, rangli metall quymalar uchun U 7, U 10 va boshqa markali po’latlardan tayyorlanadi. Qolipga kiritilgan metallarning bir tekis sovishini ta’minlash maqsadida qolipning tegishli joylariga maxsus quyma barmoqlar o’rnatiladi. Qoliplarning ish muddatini oshirish, quyma sifatini yaxshilash maqsadida qoliplarga suyuq metall kiritilgunga qadar, ularni 100– 300°S temperaturagacha qizdirib, ish yuzalariga o’tga chidamli bo’yoq purkaladi yoki o’tga chidamli materiallar nihoyatda yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli bo’lib, shakli murakkab bo’lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda to’ldirish maqsadida qolipni tebratib turish ham tavsiya etiladi. Metall qolipning vertikal tekislik bo’yicha ajralishi: 1, 2 – qolip pallalari; 3 – kulok; 4 – barmoqlari; 5, 6, 9– quyish sistemasi kanallari; 7– shtir; 8– qolip; 10 – vipor; 11 – yarim qolip; 12– old babka; 13– prujina; 14– plita; 15 – turtki.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə