Reja: Sibling maqomi tushunchasi. To‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja va yolg‘iz farzandning sibling maqomi. Opa-singil, aka-inilik munosabatlariga asoslangan oila modeli Oilada sibling maqomi munosabatlarining psixologik xususiyatlari Sibling maqomi


Muallif oilaning yo‘nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib beradi



Yüklə 48,12 Kb.
səhifə6/8
tarix29.01.2023
ölçüsü48,12 Kb.
#99681
1   2   3   4   5   6   7   8
SBLING MAQOMINING OILAVIY MUNOSABATLARGA O`ZARO TA’SIRI

Muallif oilaning yo‘nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib beradi:

  1. Ijtimoiy – ilg‘or yo‘nalishdagi oila.

  2. Ziddiyatli yo‘nalishga ega bo‘lgan oila.

  3. Past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan oila.

Birinchi toifaga xos bo‘lgan oilalar bizdagi oilalarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Bundan oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq prinsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi, shuningdek xar tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali (yuksak orzu timsoli) nazarda tutiladi.
Ijtimoiy ilg‘or yo‘nalishdagi oilalarning voyaga yetgan a’zolari ishlab chiqarishda, korxanada, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, ilg‘or madaniyatga nisbatan qiziqishlarni namoyish qiladilar, shuning bilan bu narsaga o‘z farzandlarida ham xavas uyg‘otadilar.
Oilada goxo bo‘ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda xamjixatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo‘jalik ashyolari, qimmatbaxo materiallar xar-hil extiyolarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog‘lanmaydi.
Ikkinchi toifaga mansub oilada barqaror yo‘nalish bo‘lmaydi. Oiladagi turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g‘oyani boshqa g‘oya bilan o‘zaro niqoblangan kurashi bosqichida bo‘ladi. U yoki bu qarashlarning ustunligi, istiqboli xech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Er-xotinnig yoki boshqa voyaga yetgan oila a’zolarining murosasiz pozitsiyalari (nuqtai nazarlari) ko‘pincha ularning fe’l atvor xususiyatlariga tafovut negizi bilan bog‘liq bo‘lib, oilada so‘z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi. Burch xissigina muayyan majbariyatni bajarishgina oila a’zolarining o‘zaro birlashtirib turadi.
Mana bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir o‘tkazish kuchi kurashi, raqobati yaqqol namoyon bo‘ladi.
Uchinchi toifadagi oilalarda ko‘pincha meshchanlik udumi va ideallari xokimlik qiladi. Mazkur oilalarda barcha narsa yagona narsaga bo‘ysundirilgan, ya’ni moldunyo to‘plashga, moddiy-maishiy jixatadan ustunlikka erishishga qaratilgan. Voyaga yetgan oila-a’zolarining, ota-onaning korxonada, muassasada, tashkilotda mehnat qilishi anna shu ko‘zlagan maqsadga yetishi vositasi sifatida, xar qanday mehnat esa ish xaqi miqdori bilan o‘lchanadi.
Oila boshlig‘ining zo‘ravonligi, zolimligi, unga ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishlik sajda qilishlik, zaif va nimjon oila a’zolari faolligini poymol qilishga intilishi va hokazolar ustun bo‘ladi. Meshchanlik ideal iva diniy e’tiqod doirasidan tashqarii chiqish hollari (kitob o‘qish, ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi.
Shu bois past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalarda xudbin, qo‘qoq, jamiyat uchun nafi kam tegadigan o‘g‘il-qizlar yetishib chiqishi mumkin. Oiladagi munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, qat’iylik, qadr-qimmat xissi kabi insoniy xislar shakllana boshlaydi.
Asta-sekin tug‘ishganlarga g‘axo‘rlik, ak-uka va opa-singillik mehri, ota-onalarga muxabbat va shavqat tuyg‘ular namoyon bo‘lib boradi. Agarda oilalarda turmush munosabatlari qo‘pollik, andishasizlik negiziga qurilgan bo‘lsa, u holda oila a’zolari ruxiy dunyosida kekkayish, pismiqlik ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar qoidalarni sezmaslik, ularni mensimaslik, yalqovlik, ma’suliyatsizlik, dimog‘dorlik illatlari unib chiqadi. Oila boshlig‘i xisoblangan ota-onalarning asosiy diqqat e’tibori ahloq normalari va qoidalari talabidan kelib chiqqan xolda o‘z farzandlarida ijobiy xarakter xislarini zamon ruxiga mos shaxs fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur toifadagi oila a’zolari davrasidagi suhbatlar, munozalar, mulohazalar o‘zaro tinchlik, o‘zaro hurmat ruxiga bo‘ysindiriladi.
Oilaviy munosabatlarning ushbu ko‘rinishda turli yoshdagi o‘g‘ilqizlarga, maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy-pedagog ta’sir o‘tkazish sistemasi o‘z xususiyati bilan ajralib turadi. Unday oilada shaxslararo munosabatda ta’sir o‘tkazish sehri yashiringan xolda bo‘ladi.
Shu boisdan tasodifan voqea hodisalarning sodir bo‘lishi turlicha baholanadi va ularga bevosita aloqador oila a’zolari turmush tajribasidan kelib chiqqan holda, yo rag‘batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o‘g‘il-qizlarda daslabki dilkashlik, hushmuomalalik, shaxsiy xatti-harakatda va muloxaza yuritishda mustaqillik, shaxsiy qarashlari saqlangan xolda yangi norma va talablarga moslashish, o‘z faoliyati uchun javobgarlik emotsional zo‘riqish davrida o‘z-o‘zini qo‘lga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo bo‘ladi.
Oila munosabatlarining yana bir turi «Avtoritar» deb atalib, bunda ota-onaning obro‘si xal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shaxslararo teng xuquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashabbuskorlik, o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Oila a’zolarini yurish-turish, xatti-harakati ko‘pincha cheklab qo‘yiladi. Ota-ona tomonidan tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning asosiy usuli – jazolash xisoblanadi.
Biroq, onda-sonda rag‘batlantirish usulidan foydalanilganda ham, u bolaga ma’naviy ozuqa bermaydi. Farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr xissi kamayadi, keyinchalik bu tuyg‘u uzoqlashish, «begonalashish» kechinmasiga aylanadi.
Oiladagi shaxslararo munosabatlar ularni qoniqtirmaydi, natijada odamovi, tund, ichimdagini top, tashvishlik, xavotirlik kabi ijtimoiy norma va qoidalarga qiyinchik bilan moslashishdan iborat xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a’zolari ruxiy dunyosida simpatiya (yoqish), empatiya (xamdardlik), samimiylik, xayrixoxlik kabi yuksak insoniy xis-tuyg‘ular juda nursiz ifodalaniladi.
Ko‘r-ko‘rona va so‘ssiz bo‘ysunishga asoslangan munosabatlar negizida yotgan tarbiyaviy qo‘rqoq va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi. Shuningdek, oila ijtimoiy tarbiya o‘chog‘i tariqasida o‘z a’zolari ruxiyati va ma’naviyatiga katta ta’sir o‘tkazadi: ma’lumki, odamiylikning durdona urug‘lari xuddi shu tor muhitda murg‘ak qalbli bola tabiatiga turli negiz asosiga quriladi: iqtisodiy, mafkuraviy xis-tuyg‘u, xissiyot, axloqiyaqliy, qarindosh-urug‘chilik, yaqinlik, do‘stlik va birodarlik kabilar. O‘zo‘zidan ma’lumki, oila qaysi toifaga mansubligidan qat’iy nazar o‘z a’zolari ongiga iqtisodiy, mavkuraviy, axloqiy, aqliy, ifodaviy, xissiy jixatdan ta’sir o‘tkazadi, ya’ni inson shaxsini shakllantirish vazifasini o‘taydi. Oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish xikmati – bu oila a’zolarining bo‘sh vaqtini tashkil qilish, xar-bir shaxsning xususiyatidan kelib chiqqan xolda rejalash, goxo sayr uyushtirish, birgalikda oila davrasidja madaniy xordiq chiqarish, xo‘jalik yumushini bajarish va boshqalardir. Shu narsani aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, oilaviy munosabatlarda er-xotinning kasb-kori, ma’lumoti, bilim saviyasi ham muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 48,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə