Reja: Sibling maqomi tushunchasi. To‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja va yolg‘iz farzandning sibling maqomi. Opa-singil, aka-inilik munosabatlariga asoslangan oila modeli Oilada sibling maqomi munosabatlarining psixologik xususiyatlari Sibling maqomi


OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING



Yüklə 48,12 Kb.
səhifə5/8
tarix29.01.2023
ölçüsü48,12 Kb.
#99681
1   2   3   4   5   6   7   8
SBLING MAQOMINING OILAVIY MUNOSABATLARGA O`ZARO TA’SIRI

OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Bugungi kunda oila va uning mustahkamligi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Oila va undagi munosabatlarning shaxs taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham talaygina. Zero shaxsning shakllanishi va kelajagini belgilashda uning oilasidagi muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, ya’ni bolaning ota-onasi, siblinglar bilan aloqalari muhimdir.


Jumladan, siblinglar - aka-uka, opa - singillari bilan munosabatlarining o‘ziga xosligi, oilada farzandlarning bir-birlarini tushunishlari, ba’zan tortishib, ba’zan do‘stona munosabatda bo‘lishlari ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ham shaxslararo munosabatlarga ta’sir etuvchi omillar qatorida sibling maqomi ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi masalasiga bag‘ishlangan konkret ijtimoiy-psixologik o‘rganilishi muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Oilashunos olimlar sibling (inglizcha sibling, sibs – bir oiladagi akalar-ukalar va opalar-singillar ma’nosini anglatadi) maqomini shartli ravishda to‘rt turga bo‘lib o‘rganganlar, jumladan, to‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja va yolg‘iz farzand maqomlaridir.
Qarindoshlar o'rtasidagi munosabatlarning tabiati bolalikdan o'smirlikka qadar o'zgaradi. Yosh o'smirlar ko'pincha bir-biriga iliqlik va qo'llab-quvvatlash bilan ta'minlangan bo'lsa-da, rivojlanishning bu davri, shuningdek, ziddiyatning kuchayishi va hissiy masofa bilan ajralib turadi. Biroq, bu ta'sir aka-uka jinsiga qarab o'zgaradi. Aralash jinsdagi aka-uka opa-singillar o'smirlik davrida ko'pincha yaqinlik keskin pasayadi, bir jinsli aka-uka juftliklarida esa erta o'smirlik davrida yaqinlik biroz ko'tarilib, keyin bir oz pasayadi. Ikkala holatda ham yoshlik davrida yaqinlik yana bir bor kuchayadi. Bu tendentsiya o'smirlik davrida tengdoshlar bilan munosabatlarga e'tiborning kuchayishi natijasi bo'lishi mumkin. Ko'pincha, bir oiladan bo'lgan o'smirlar turli xil turmush tarzini qabul qiladilar, bu esa bir-birlari orasidagi hissiy masofaga yordam beradi.
Opa-singillar, ayniqsa, o'smirlik davrida tengdoshlari kabi bir-biriga ta'sir qilishlari mumkin. Bu munosabatlar hatto do'stlar yo'qligining salbiy psixologik ta'sirini qoplashi mumkin va odamlarda o'zini o'zi qadrlash hissini berishi mumkin. Katta aka-uka opa-singillar uchun yaxshi xulq-atvorni samarali tarzda modellashtirishi mumkin. Aka-uka opa-singillar ko'pincha kattalik va hatto qarilik davrida munosabatlarni saqlab qolishadi.
Qarindoshlar o'rtasidagi aloqani saqlab qolishda yaqinlik katta omil hisoblanadi; bir-biriga yaqinroq yashaydiganlar bir-biriga tez-tez tashrif buyurishadi. Bundan tashqari, jins ham muhim rol o'ynaydi.
Shaxsning sibling maqomi muammosini o‘rgangan A.Adler 1920 yillardayoq o‘z izlanishlaridan kelib chiqib, yolg‘iz farzandlar shaxslararo munosabatlarda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, degan xulosaga keldi. R.B.Felson siblinglar o‘zaro munosabatlaridagi agressivlikni o‘rganib, oiladagi yolg‘iz jinsli bolaga nisbatan (jinsidan qat’iy nazar) boshqa bolalarning jismoniy va verbal agressiv harakatlar qilishini aniqladi. Felsonning fikricha, shaxsning agressiv xulq-atvoriga uning oilasidagi shaxslararo munosabatlar qatorida, sibling maqomi va siblinglar soni ham muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy psixologik so‘rovnomalarda oila a’zolari munosabatlaridan qoniqmasligini bildirgan, o‘zi ham tengdoshlari tomonidan sotsiometriya natijasiga ko‘ra hech qanday tanlov olmagan. Bu esa o‘smirning oiladagi mavqei, munosabatlar xarakteri tengdoshlari guruhidagi mavqeida o‘z aks etishini topishini yana bir bor namoyon qilmoqda. Ularning jins jihatidan yagonaligi oiladagi shaxslararo munosabatlarda ularga nisbatan e’tiborning kuchliligini hamda boshqa farzandlar orasida nufuzini yuqori darajada idrok etishlarini ko‘rsatadi.
Oilada farzand tug‘ilarkan unga bo‘lgan munosabat uni parvarishlash, uni tarbiyalash, e`tibor berish, doimo u bilan birga bo‘lish muhim sanaladi. Psixologlarning fikricha to‘ng’ich bolaga nisbatan, keyingi farzandlarning qobiliyatlari, iqtidori va salohiyati, xarakteri va xususiyati o‘zgacha bo‘lishi ta`kidlanadi. Ba`zi kitoblarda sog‘lom farzand ko‘rish uchun normal yosh deb yetuklik davri ( 28 – 35 yoshlar oralig‘i ) ko‘rsatilgan. Negaki, bu davrda ota ham, ona ham har jihatdan yetilgan, barkamollikka erishayotgan bo‘ladi. Er- xotin ham oilaga moslashgan va bir biriga butkul ko‘nikkan bo‘ladi. Ayni davrda tug‘ilgan bolalar esa tez ko‘nikuvchan va zehnli bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Birinchi marotaba bola shaxsining shakllanishida va rivojlanishida uning oilasidagi aka – ukalar, opa – singillarning bir-biriga ta`siri bor ekanligini ilgari surgan olim Avstriyalik psixolog A. Adler hisoblanadi. Oilada sibling maqomi musobatlari shakllanishi va paydo bo’lishini quyidagicha tahlil etish mumkin.
To‘ngich farzand – liderlik qobilyati bor, mas`uliyatli, boshqaruvchanlikni yaxshi ko‘radigan, jiddiy, har tomonlama mustaqil, ehtiyotkor hisoblanadi.
O‘rtancha farzand – moslashuvchan, isyonkor, deprivatsiyaga muhtoj (lot. Deprivation – yo‘qotish, mahrum qilish. Asosiy ehtiyojlarini – psixofiziologik yoki ijtimoiy qondirish qobilyatining yo‘qligi).
Kenjatoy – muloqotchan, yoqimtoy, o‘zida quvonch hissini tuya oladigan, xushchaqchaq, egoistlik xussusiyati ham bor.
Yakka farzand – o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori, mas`ulyatli, emotsiyaga beriluvchan.
To‘ngich farzandlar doimo liderlik va rahbarlik qobiliyati bo‘ladi degani emas bu ko‘p kuzatishlar natijasidan olingan umumiy xulosadir. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, aksariyat to‘ngich bolalar mas`uliyatli va mustaqil bo‘ladi O‘rtancha bolalarni isyonkor deyishimizga sabab ular aka opalarning ta`siridan ko‘ra o‘zlari tanlagan yo‘lni va uslubni ma’qul ko‘rishadilar. Kenjatoylar – oilaning eng kichigi bo‘lganlari sababli erkatoy, monopolist va egoist bo‘lib yetishadi. Bunga sabab deganda oila kattalarining ularga nisbatan ko‘p e`tibor berishlari va doimo ular uchun qayg‘urishlari o‘z ta`sirini ko‘rsatadi.
Yakka farzandlar – ularda hech qanday aka – ukasi yo opa- singlisi bo‘lmagani sababli hamma ish yumush o‘zining gardaniga tushgani uchun ham o‘ziga nisbatan ishonuvchan hissiyotlarga tez beriluvchan bo‘lishadi. Psixologiya fanlari doktori, professor G‘. B. Shoumarovning fikricha kenja farzandlar - xalq tilida ,, supraqoqdi ” – ya`ni onaning 40 yoshdan keyingi ko‘rgan bolasi aka va opalariga nisbatan jismoniy jihatdan kichikroq bo‘ladi va bot-bot kasallikka chalinishadilar. Ammo aqliy rivojlanishda tezroq bo‘ladi va yosh bosqichida anchayin ilgarilab ketadi. Buning sababi, ota – onaning tarbiyachi sifatida oldingi farzandlarini tarbiyalashda orttirgan tajribasining ko‘pligi, kenja farzandga ota – ona, aka va opalarning diqqat e`tiborida bo‘lganligi, doimo o‘zidan kattalar bilan muloqot qilgani va tarbiya shakli demokratik shaklda bo‘lgani, o‘z fikrini mustaqil va erkin bildira olish imkoniyati mavjudligidadir. Oilada 13- 14-15-bo‘lib tug‘ilgan dunyoga mashhur “supraqoqdi” olim, bastakor, davlat arboblari ( ingliz fizigi I. Nyuton, bastakor Bax ) chiqqanligi ko‘pchilikka ma`lum.
Siblinglar raqobati hodisasi G.T. Xomentauskas tomonidan fanga kiritilgan va o‘rganilgan. Bunda bolalarning o‘zaro munosabatlari, qachon bir-biriga raqib, qachon birlashishlari o‘rganilgan. Masalan, oilaviy inqirozlar paytida, ota-ona qazo qilganda yoki xastalanib qolganda ular albatta bir-biriga muruvvat qiladi, jipslashadi. Aksariyat hollarda esa, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda ko‘pincha bitta ota-onaning farzandlari o‘rtasida o‘ziga xos tarang munosabatlar kuzatilgan. Bu narsa o‘sha jamiyatlardagi shaxsiy avtonomiya fenomeni bilan bog‘liq bo‘lib, har bir inson ilk yoshlikdan faqat o‘z manfaati uchun yashaydi va kurashadi. Bunday sharoitda sibling munosabatlarining faqat ijobiy bo‘lishiga erishish ancha mushkul.
Bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi. Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mavjud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi. Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foydalaniladi oiladagi sibling munosabatlarini to’g’ri tashkil etishga harakat qilishimiz kerak
Inson axloqiy, ma’naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada qo‘yiladi, bunda oilaviy munosabatlar, kattalarning farzandlari bilan bo‘lgan munosabatining axamiyati juda katta. Shuning uchun ham mashhur allomalar oila tarbiyasiga katta e’tibor berishgan hamda shu masalaga bag‘ishlab qator qimmatli asarlar yozishgan. Dono xalqimiz «Bola-boshidan, nihol yoshidan» degan naqlni bejiz aytmagan. Modomiki shunday ekan, yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash ishini yoshlikdan, oilada boshlash kerak.
Binobarin, oiladagi tarbiya jarayonida har bir daqiqa va fursatni qo‘ldan boy berish orqali ota-onalar keyinchalik ko‘pgina qiyinchiliklarga duch keladilar. Axir, noto‘g‘ri tarbiya tufayli nafs balosiga giriftor bo‘lgan, o‘n gulidan bir guli ham ochilmay turib umri xazon bo‘lgan va bo‘layotgan yoshlar kammi?!
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy madaniyati va tarixi bor. Mazkur madaniy meros jamiyatdagi jamiki ma’naviy boyliklarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ayniqsa O‘rta Osiyo xalqlari pedagogikasi, ma’naviy-madaniy tarixi boy merosi ega bo‘lib, ularning mohiyati, mazmuni xalq ijodiyotida, ilg‘or mutafakkirlarning asarlarida aks etgan. Xususan mamlakatimiz xalqlarining pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha merosini o‘rganish ishlari xali o‘zining ko‘pgina tadqiqotchilarini kutib yotibdi. Xatto bir necha asrlar ilgari at-Termiziy, Ismoil Buxoriy kabi allaomalarning inson ma’naviy olamini boyitadigan dudona yodgorliklar, xususan «Qur’oni Karim» mazmunini yoritadigan xadislar majmuasi musulmon olamining xayotbaxsh oftobidir. Uning nurlaridan yoshlarimiz, farzandlarimizni baxramand etish fursati keldi.
Yosh avlodni shaxsini shakllantirishda oilaviy munosabatlarni, ya’ni oilaning ma’naviy dunyosini takomillashtirish uchun unga zarur ruxiy xotirjamlik, ibratli ruxiy munosabat, o‘zaro totuvlik yaratilgan bo‘lishi zarur. Oilaviy munosabat – ya’ni ota-onalar o‘rtasida o‘zaro munosabatda hamjixatlik, mehr-oqibat, o‘zaro xurmat, shirinsuxanlik, bir-biriga g‘amxo‘rlik mavjud bo‘lsa bunday muomala-munosabat bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Ular o‘z farzandlariga chinakkam baxt va quvonch hadya etadilar.
Oila a’zolarining did-farosati, qiziqishi, mayllari, extiyojlari, intilishlari o‘zaro bir-biriga munosib bo‘lsa, oilaning inoq, axil turmush kechirishlariga, oilaviy munosabatlarning mustaxkam bo‘lishiga puxta zamin tayyorlaydi.
Muayyan darajada shart sharoitlarning mavjudligi, ota-onaning o‘zaro bir-birlarini tushunib turmush kechirishlari, maqsad va vazifalardagi birlik, yuzaga keladigan ziddiyatlarni birgalikda bartaraf eta olishlari mustaxkam oila muhitini shakllantiradi. Natijada esa, yosh avlodni mukammal shaxs bo‘lib shakllanishida ijobiy rol o‘ynaydi.
Darxaqiqat inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Xususan bolada iroda, odatlar, fe’l-atvor, atrofga munosabat, e’tiqod va qarashlar vujudga keladi. Ana shulardan kelib chiqqan xolda insonni kamol toptirish sharoitlari, ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini izchil o‘rganmay turib, shaxsning yosh psixologik xususiyatlari, ijtimoiy va tabiiy omillar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin emas.
Ota-onalar bolalarning yosh psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari kerak. Masalan: 3-4 yoshli bolalarning psixikasida qanday o‘zgarish va tashqi muhit ta’sirida qanday o‘zgarish ro‘y beradi..?! yoki ayrim bolalarning hatti-harakatida keskin o‘zgarishni kuzatamiz, ba’zi otaonalar «Falonchi bilan urishib keldi», «Qaysar bo‘lib qoldi», «Bir gap gapirsangiz, o‘nta qaytaradi», «Darrov xafa bo‘lib yig‘laydi…» va hokazo gaplar qulog‘imizga chalinadi. Nima uchun?!.. Bu yoshdagi barcha bolalarda shunday o‘zgarishlar kuzatiladimi?
Shunday ekan, xar-bir bolaning yosh psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda e’tibor bilan tarbiyalamog‘imiz lozimdir. Buning uchun oila qanday bo‘lmog‘i lozim?
Ma’lumki oila – ijtimoiy-tarixiy belgiga ega bo‘lgan muayyan tuzilishli ijtimoiy guruxning ko‘rinishi. Chunonchi, uning a’zolarini qarindosh urug‘chilik, nikoh, turmush sharoiti birligi, odob axloq umumiyligi, ma’naviy extiyoj mosligi kabi aloqalar o‘zaro bog‘lab turadi.
Psixolog olim V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o‘rganib, baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchni, xamjixatlikni hamda ota-onalarning bolalariga g‘amxo‘rligining samarasidir degan xulosaga keladi.

Yüklə 48,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə