Reja: Sibling maqomi tushunchasi. To‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja va yolg‘iz farzandning sibling maqomi. Opa-singil, aka-inilik munosabatlariga asoslangan oila modeli Oilada sibling maqomi munosabatlarining psixologik xususiyatlari Sibling maqomi


Xozirgi kunda jamoatchilikning quyidagi dolzarb muammolar tashvishga solmoqda



Yüklə 48,12 Kb.
səhifə7/8
tarix29.01.2023
ölçüsü48,12 Kb.
#99681
1   2   3   4   5   6   7   8
SBLING MAQOMINING OILAVIY MUNOSABATLARGA O`ZARO TA’SIRI

Xozirgi kunda jamoatchilikning quyidagi dolzarb muammolar tashvishga solmoqda.

  • Oiladan o‘g‘il-qizlar kimlar tomonidan tarbiyalanayotirlar va ular qanday ruxda, maromda tarbiya olmoqdalar?

  • Oilaning tarbiya ishi rejali va tartibli olib boriladimi?

  • O‘quvchilar ko‘z o‘ngida ota-ona, katta yoshdagi qarindosh urug‘lar, tug‘ishganlar qanday darajadagi obro‘ga egalar?

  • Oila tarbiyasida ota-ona o‘rtasida birlik, umumiylik mavjudmi?

  • Maktabda qo‘llanilayotgan axloqiy tarbiya vositalari va shakllari qanday tadbiq etiladi?

  • Oilada rag‘batlantirish va jazolash usullardan qay yo‘sinda foydalanilmoqda?

Shaxsning rivojlanib tarkib topishda asosan uchta omil ahamiyatga molikdir:

  • Biologik omil

  • Ijtimoiy shart-sharoit.

  • Muhit va tarbiya

Zotan insonning xaqiqiy komil inson darajasida o‘sib yetishishda mazkur uchta omilning roli birdek ahamiyat kasb etadi.
Muayyan sababga ko‘ra bu omillardan birontasi marom darajasida bo‘lmay shaxs faoliyatida turli miqyosda amal qilinmasligi salbiy ko‘rinishlarni keltirib chiqaradi. Shaxs ma’naviy qiyofasida chekinishi yuz beradi – uning tarbiyasi buzila boshlaydi.
Qadimiy xindlar ota o‘z farzandiga qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi xaqida quyidagilarni bejiz aytishmagan.
Olimdan aqli zaif va aksincha, aqli zaifdan olim tug‘ilish mumkinmi? degan savolga javob berishdan oldin «Aqli zaif» tushunchasi xaqida ozgina tasavvur xosil qilib olishimiz kerak. Aqli zaif deb nasliy, xomilalik, tug‘ilishi yoki erta yoshlik davrida bosh miya patologik ta’siriga uchrashi natijasida bilish faoliyatining turg‘un pasayishi tushuniladi.
Ota-onalari olim bo‘lib turib, farzandlari aqli zaif bo‘lgan xolatlar ham kuzatilgan.
Buning sababi turlicha bo‘lishi mumkin.

  • Ota-onalarning oldingi avlodlarida mavjud bo‘lgan genlardagi og‘ishlar bilan belgilanishi.

  • Xomila yuzaga kelishi davrida xromosomalardagi og‘ishishlar natijasida aqli zaif bolalar tug‘iladi.

  • Nasl sog‘lom bo‘lib turib, xomila shakllanayotgan davrda rentgen nurlari, alkogol, giyohvand moddalar, kimyoviy ta’sirlar, jaroxatlar, onaning turli yuqumli, virusli kasalliklarga chalinishi va boshqalar natijasida aqli bola tug‘ilib o‘sishi mumkin.

Savolning ikkinchi qismiga javob beradigan bo‘lsak, aqli zaifdan olim tug‘ilishi mumkin, ham mumkin emas. Bu ota-onalarning ikkalasi yoki bittasi aqli zaifligiga va aqli zaiflikning tabiatiga bog‘liq. Agar ota-onalardan biri aqliy jixatdan normal bo‘lib, ikkinchisi aqli zaif bo‘lsa, bunday oilada aqli zaif bola tug‘ilishi xavfi kamayadi.
Ikkinchisidan eng muhimi shundaki agar ota-onadagi aqli zaiflik ularning xar ikkalasida nasliy omillar asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, bunday oilada aqliy sog‘lom bola tug‘ilib o‘sishi qiyin.
Bolaning sog‘lom bo‘lishi uning shakllanib voyaga yetishi uchun oilaviy munosabatlar ya’ni tug‘ilishidan boshlab uning kelajakdagi xayotigacha daxli bor.
Bolaning sog‘lom bo‘lishini belgilovchi omillarga oiladagi tarbiya va muhit ota-ona, ayniqsa onaning yoshi kiradi. Oilada farzand ko‘rish uchun ayollarning optimal yosh davri 20-35 yoshni tashkil qiladi. Erta-18 yoshgacha va 40 yoshdan keyin ayollarning farzand ko‘rishi maqsadga muvofiq emas. Erxotin munosabatlaridagi surunkali nizolar, urush-janjallar, onaning teztez stress, xatto depressiya xolatida bo‘lishi, shuningdek, o‘zini tinchlantirish maqsadida qabul qilgan dorilar, yoki alkogol ichimliklar bolaning sog‘lom rivojlanishiga aks ta’sir etadi.
Shuningdek, bolalar orasidagi yoshning farqi ham bolaning sog‘lom bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Har bir bola tug‘ilishi o‘rtasidagi farq onaning sog‘lig‘i va homilaning ona qornida rivojlanishi uchungina emas, balki yangi tug‘ilgan bolani yaxshi parvarish qilish uchun ham muhimdir. Homiladorlik va tug‘ruq ayol organizmini talay darajada qayta quradiki, uni batamom tiklash uchun kamida ikki yil kerak bo‘ladi. Har yili tug‘ish natijasida ayollarning ham, chaqaloqlarning ham sog‘lig‘i qoniqarsiz bo‘ladi. Shu bilan birga oiladagi boshqa farzandning ham sog‘lig‘iga putur yetadi. Chunki u sog‘lom va baquvvat rivojlanishi uchun eng muhim bo‘lgan ozuqa - ona sutini to‘yib iste’mol qilmagan bo‘ladi.
Onaning farzand ko‘rish yoshi, uning farzandlarining soni, bolalarni tug‘ilish orasidagi muddat va ona, bola salomatligi o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud ekan, tug‘ruqlar oralig‘ini saqlash onaning salomatligini yaxshilaydi va kutilgan sog‘lom farzand tug‘ilishiga zamin yaratadi. Psixologlarning fikricha, farzandning kutilmagan bo‘lishi, unga nisbatan mehrsizlik uning psixikasida keyinchalik inkor etilganlik, aybdorlik hislarini paydo qilishi mumkin.
Zamonaviy oila a’zolari hech nimaga qaramay, oilada kam sonli (bizda o‘rtacha 2-3 ta) bolani tarbiyalashga bog‘liq ustanovkalarga ega. Psixologik tadqiqotlar ko‘p bolali oila a’zolarining psixodiagnostik testlardagi ko‘rsatkichlari boshqalarnikiga nisbatan past ekanligini ko‘rsatdi. Bu ularning intellektual va ijobiy rivojlanishi ko‘rsatkichlariga, ijtimoiy adaptatsiyasi va salomatligiga ko‘proq taalluqlidir. Amerikalik tadqiqotchilar (R.Zayons, X.Markus va boshqalar) ko‘p farzandli oilaning salbiy oqibatlariga ko‘proq e’tiborni qaratadi, lekin ularning ko‘pgina xulosalari bizning muhitimiz, bola tarbiyalash an’analarimizga mos emas. Bizda nekluar oilada ko‘p farzandni tarbiyalash mushkulligi to‘g‘risidagi tasavvur bor, lekin katta bo‘lmagan oila sharoitida 3-4 ta va undan ortiq bolani tarbiyalashdagi qator ijobiy tajriba va xulosalar ham yo‘q emas.
Oilada bir necha farzand bo‘lgach ularning orasida nizoli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin va siblinglar raqobati kuzatildai. Ana shunday vaziyatlardan farzandlarning “talofat”siz chiqishlari uchun, avvalo, otaonalarning tarbiyalanganlik darajasi yuqori bo‘lishi kerak. Ular farzandlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va katta farzandlarning kichiklariga adolatli bo‘la olish malakalarini shakllantirishlari kerak bo‘ladi.
Siblinglar raqobati hodisasi rus olimi G.T. Xomentauskas tomonidan fanga kiritilgan va o‘rganilgan. Bunda bolalarning o‘zaro munosabatlari, qachon bir-biriga raqib, qachon birlashishlari o‘rganilgan. Masalan, oilaviy inqirozlar paytida, ota-ona qazo qilganda yoki xastalanib qolganda ular albatta bir-biriga muruvvat qiladi, jipslashadi. Aksariyat hollarda esa, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda ko‘pincha bitta otaonaning farzandlari o‘rtasida o‘ziga xos tarang munosabatlar kuzatilgan. Bu narsa o‘sha jamiyatlardagi shaxsiy avtonomiya fenomeni bilan bog‘liq bo‘lib, har bir inson ilk yoshlikdan faqat o‘z manfaati uchun yashaydi va kurashadi. Bunday sharoitda sibling munosabatlarining faqat ijobiy bo‘lishiga erishish ancha mushkul.
O‘zbek halqi - bolajon halq. Iqtisodiy maqomidan qat’iy nazar, albatta, oilada ikki va undan ortiq farzand bo‘lishiga intiladi va bolalalar o‘rtasidagi munosbatlarni ijobiy tarzda yo‘lga qo‘yish, oilaviy rollar taqsimoti borasidagi masalalarga alohida ma’suliyat bilan qaraydi. Bunda er-xotin momolar va bobolar o‘gitlaridan, asriy an’analar samarasidan o‘rinli foydalanishga intiladi. Hukumatning bu boradagi demografik siyosati ham oilalar manfaatiga hamohang, yagona farzand mamlakat iqtisodi va uning istiqboli uchun yetarli emas ekanligini bizda hamma tushunadi.
Davlatimiz rahbari va hukumatning oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish, milliy genofondni yaxshilash siyosatining tub ma’nosi mamlakatmizda dunyoga kelgan va kelayotgan farzandlar, avvalo, to‘rt muchchasi sog‘ tug‘ilsin, sog‘-salomat katta bo‘lsin va ularni dunyoga keltirgan ona onalik baxtidan to‘la baxramand bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda baxtiyor sog‘lom turmush tarzini oilasida barqaror etsin. Yurtimizning barcha yirik shaharlarida tashkil etilgan skrining markazlari, petenatal shifo maskanlarining asosiy vazifasi sog‘lom farzandlar tug‘ilishini oldindan aniqlash va nogironlikning oldini olishdir. Zero, “Sog‘lom ona – sog‘lom nasl” shiori har bir o‘zbekistonlikning qalbiga singib ketgan naqldir.



Yüklə 48,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə