Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi



Yüklə 460,5 Kb.
səhifə22/45
tarix20.04.2023
ölçüsü460,5 Kb.
#106554
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Reja Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘

А d а b i yo t l а r:
1. B.А. Sеrеbеnnikоv, N.Z. Gаdjiеvа. Srаvnitеl’nо- istоripеskаya grаmmаtikа tyurkskiх yazikоv. – M. 1986.
2. Banguoğlu T. Turkçenin Grameri, TDK, - Ankara, 1990
3. Srаvnitеl’nо – istоripеskаya grаmmаtikа tyurkskiх yazikоv.
Mоrfоlоgiya.- M. –L. Nаukа, 1988
4. I. Qo‘pqоrtоеv, B. Isаbеkоv. Turkiy filоlоgiyagа kirish.- T. 1984.
5. Turk Lehçeleri Sözluğu. 1- jild, TDK. – Ankara, 1993
6-MAVZU TURKIY TILLARDA SO’Z TURKUMLARI. MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI.OT. SIFAT. SON SO’Z TUKUMLARI
Reja:
1. Turkiy tillarda so‘z turkumlarining umumiy xususiyatlari.
2. Mustaqil so‘z turkumlari.
3. Turkiy tillarda ot va uning grammatik kategoriyalari.


Tayanch so‘z va iboralar: turkumga ajratish mezonlari, turkum sinkretizmi, mustaqil so‘z turkumlari, ot, turlanish, son kategoriyasi, birlik va ko‘plik munosabati, grammatik ko‘plik tushunchasini ifodalash, ko‘plik qo‘shimchalari va ularning tarixiy shakllari, genezisi, kelishiklar paradigmasi, kelishik qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalarining ko‘p variantliligi,
Turkiy tillarda so‘z turkumlariga ajratish. Turkiy tillаrdа so‘z turkimlаrini аjrаtishdа muаyyan guruhgа mаnsub so‘zlаrning umumgrаmmаtik (kаtеgоriаl) sеmаntikаsi vа o‘zigа хоs lisоniy bеlgilаri: mоrfоlоgik (so‘z yasаlishi vа so‘z tаrkibi o‘zgаrishi) hаmdа sintаktik (so‘zlаrning birikuvchanligi) хususiyatlаri nаzаrdа tutilаdi. SHu bеlgilаr аsоsidа оt, sifаt, rаvish, fе’l kаbi mustаqil so‘z turkumlаri аjrаtilаdi. Turkiy tillаrdа sоn vа оlmаshlаr o‘zigа хоs хususiyatlаrgа egа. Bulаrdа shаkliy bеlgilаr mаvjud emаs, shuning uchun ulаr sеmаntik хususiyatigа ko‘rа tаvsiflаnаdi. Аyrim turkiy tillаrdа, хususаn, hоzirgi turk tildа sifаt, sоn turkumi (оt) gа kiritilishidа hаm аnа shu sеmаntik хususiyat аsоs qilib оlingаn.
Turkiy tillarda so‘z turkumlari. Ot. Ot so‘z turkumi turkiy tillarda asosan quyidagi kategorial belgilari asosida o‘zgarishi mumkin. Bular son, egalik, kelishik kategoriyalaridir. Shuningdek, ayrim olimlar otlardan aniqlik va mavhumlikni ham kategorial belgiga kiritadilar. Otning noaniqligi bir so‘z yordamida ko‘pchilik turkiy tillarda ifodalansa, chuvashchada per so‘zi bilan beriladi. Aniqlik holati esa egalik ko‘rsatgichlari (maning bodunim) va vositasiz to‘ldiruvchi yoki qaratqich aniqlovchi vositasida ifodalanadi. Rus tilida otlar jonli – jonsiz tarzida farqlansa, turkiy tillarda bu holat kishi nomlari va hayvonot nomlari tarzida ajratiladi. Turkiy va oltoy tillarida jins va jonli narsalarni leksik va grammatik usulda ifodalanishi o‘ziga xosdir.
Egalik kategoriyasi keng ma’noda qarashlilik ma’nosining ifodalanishidir, bu hodisaning turkiy tillarda aniqlik va mavhumlik ma’nolari bilan bog‘liqligi ham bor. Bu kategoriya ko‘pchilik agglyutinativ tillarda, masalan, mo‘g‘ul, ural, tungus-manjur, eron tillarida ham uchraydi.
Boshqa ishlarda egalik affikslarini kelishik qo‘shimichalari va so‘z yasovchilar bilan bog‘lashga harakat qilinadi (V.M.Nasilov, B.A.Serebrennikov).
Turkiy tillarda qarashlilikning ifodalanish usullari asosan ikki xildir: egalik qo‘shimchalari orqali va morfologik-sintetik usul bilan. Kelishik qo‘shimchalarining funksional-semantik xususiyatlari turlicha, bu holat ayrim turkiy tillarda o‘ziga xosliklarga ega.
Turkiy tillarda egalik qo‘shimchalari va sonning ko‘plik shakli quyidagi umumiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. Birlik sondagi 1-shaxsda turkiy tillarga egalik qo‘shimchalari mushtarakdir. Shu bilan birga, -m | - im shaklidagi unli va i tovushlariga aylanishi mumkin. Ko‘plikda esa bu shaxsning – miz shakli ko‘pgina turkiy tillarda – bz, yoqutlarda –bt | - bit (-agabtmening otam), tuva tilidavs| - vis shakllarida qo‘llanadi.
2. 2-shaxs birlik turk, gagauz, ozarbayjon tillarida -n, -in shaklida, ammo chuvash tilida bu shakl qadimgi holatini saqlagan: og‘lg‘-vlu (sening o‘g‘ling), ko‘plikda asosan gig‘|-qiz shakli, turk, gagauz, ozarbayjon tilida –nz|-niz, tatar, boshqird, qumiq tillarida –g‘z|-g‘iz shakli mavjud. Bu holat Sibir tillarida ancha farqlidir.
3. 3-shaxsning qadimgi variantlari saqlab qolingan. Olimlar si shaklining ajratish ma’nosi borligini ta’kidlab, kelib chiqishini shu bilan asoslaydilar.
4.Turkiy tillarda ham qadimgi, ham hozirgi taraqqiyot bosqichida narsalarning ko‘pligi -lar|-ler qo‘shimchasi orqali ifodalanadi. Ammo chuvash tilida bunday qo‘shimcha yo‘q. Buning asosi shundaki, qadimgi turkiy qabilalarda ko‘plik son tasavvuri boshqacha bo‘lgan.
Shunga ko‘ra, turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi shakllarini boshqacha ifodalash ham mumkin. A.N.Kononov shu nutqai nazardan turkiy tillarda son kategoriyasi birlik va ko‘plik shakllariga ega emas, deydi. Qadimda -lar qo‘shimchasini olmagan so‘z umumlashgan narsa nomini bildirib, nutqiy vaziyat yoki matnga qarab yakka narsani yoki uning yig‘indisini bildirgan.
Hozirgi turkiy tillarda lar qo‘shimchasining funksional-semantik vazifalari kengaygan. Flektiv tillardan farqli tarzda otga emas, barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib kela oladi (ravish va fe’l shakllari bundan mustasno). Ayrim olimlar kishilik olmoshlarida grammatik son leksik yo‘l bilan hosil qilinganini aytadilar (-bi || - mi, -si, -n, -z, biz, men, siz, sen kabi).
Ko‘plik shaklining sintaktik usulda ifodalanishi turkiy yodnomalarda so‘zlarning takror qo‘llanishida ham ko‘rinadi, keyinroq son bilan otning birikishi orqali ifodalashga o‘tilgan.
Turkiy tillarning kelishiklar tizimi. Turkiy tillarning materiali tarixiy jihatdan turkiy kelishik tizimining ikki ko‘rinishini belgilash imkoniyatini beradi. Birinchisi, nisbatan qadimiy bo‘lib, bobotil davriga xosdir. Ikkinchisi, nisbatan keyinroq, ya’ni asos til davrining so‘nggi bosqichlarida paydo bo‘lgan deb qaraladi. Olimlar qadimgi turkiy tildagi kelishiklar soni haqida turlicha fikr bildiradilar: V.V.Radlov 8 ta, I.A.Batmanov 6 ta, V.I.Nasilov 7 ta kelishik mavjudligini ta’kidlaydi.
Qadimgi kelishik shakllari ayrim so‘zlar tarkibida qotib qolgan holda hozir ham uchraydi. Ayrim turkiy tillarning kishilik olmoshalri turlanishida bu shakllar hozirgi tilda kelishik qo‘shimchasi sifatida saqlangan. Masalan, qozoq, qoraqalpoq, xakas, qirg‘iz, tillarida boshqa holatlarning barchasida jo‘nalish kelishigi –ga shaklida bo‘lsa-da, kishilik olmoshlarida mag‘an, sag‘an, og‘an ko‘rinishida ishlatiladi.
Qadimgi yodgorliklarda vosita kelishigi mavjud bo‘lgan, shuning uchun ham hozirda bu –n, -in qo‘shimchasi ishtirok etgan so‘zlar uchraydi (ochin-to‘qin, yozin -qishin).
Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatidan unchalik farq qilmaydi. Tatar, gagauz, ozarbayjon, o‘zbek, turkman, qoraqalpoq tillarida 6 ta, qozoq tilida 7 ta, xakas va chuvash tilida 8 ta, yoqut tilida 9 ta, turk tilida ham hozir 9 ta kelishik farqlanadi.
Kelishiklar sonidagi ortiqlik aslida keyingi davrda ko‘makchi va boshqa til unsurlarining vazifalari kengayganligi tufayli paydo bo‘lgan, deyish mumkin.
Turkiy tillardagi kelishiklarning yana bir xususiyati, muayyan bir kelishik qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan tarzda qo‘llana olishidir.
Ayrim turkiy tillarda kelishik qo‘shimchalari so‘zning unli yoki undosh bilan tugashiga ko‘ra farqli ko‘rinishida (fonetik variantda) qo‘llansa (masalan, qirg‘iz tilida tushum kelishigi unlidan so‘ng –ni, undoshdan so‘ng –di shaklida, jo‘nalish kelishigi esa unlidan so‘ng –ga, -g‘a, -g‘o, undoshdan keyin –ka, -ko, -ke, -ko‘ variantlarida qo‘llanadi), boshqalarida o‘zakning qattiq yoki yumshoqligi ham e’tiborga olinmaydi (masalan, ozarbayjon, qirg‘iz, uyg‘ur, tatar, qozoq, boshqird).

Yüklə 460,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə