Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi



Yüklə 460,5 Kb.
səhifə18/45
tarix20.04.2023
ölçüsü460,5 Kb.
#106554
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Reja Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘

2. Miqdor-daraja ravishi: harakat-holatning miqdoriy belgisini yoki belgining ortiqligini bildiradi; qancha? qay darajada? so‘roqlariga javob bo‘ladi: qum., no‘g‘. munja, uyg‘. ance, no‘g‘. yalgiz-yalgizdan, turk. yan-yanja, turkm. az-azdan, o‘zb. oz-ozdan, uyg\ az-azdin, qoz. birbirden, top-tobimen, o‘zb. k o ‘p, mo‘l, ancha, kam, biroz, picha, xiyla, sal, juda, eng, g‘oyat, nihoyat, o‘ta.
3. O‘rin ravishi: harakat va holatning bajarilish o‘rnini, harakat yo‘nalgan tomonni bildiradi; qayerga? qayerdan? qayerda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: qirg‘. uzaqqa, shor. minda, chuv., qoz., no‘g‘. onda, ondamunda,xak. cogartin, ozarb. yakmdan, no‘g‘. tisqa, solga, tat. artqa,q.-balq. artxa, o‘zb. unda-bundct, uzoqda, pastda, tubanda, oldinda,yuqoridan, quyidan, yaqihdan, orqadan, to 'g ’riga, to‘g‘ lidan, yuqoriga,ilgari, olgla.
4. Payt ravishi harakat va holatning bajarilish paytini bildiradi; qachon? qanchadan beri? so‘roqlariga javob bo‘ladi: turkm., chuv., ir, gag. saba, ozarb. duni, uyg‘. burun, xak. purun, turkm. ileri, qirg;. ilgeri. olt., kar., xak., shor. tanda, turk. zamamnda, q.-balq. ertenlikde, tat. birvaqit; olt. emdigi, ozogr, ozarb. dunumuz, bugimumuz, yarinimiz “kechamiz, bugunimiz, ertamiz”;yarini bekle “ertani kut”; uyg‘. Ertidin kecgaca “ertadan kechgacha”; chuv. kazallabci “kechda”, o‘zb. kunduzi, kecha, kechalari, hozir, boya, bugun, avval, oldin, endi, erta, indin, saharlab, ertalab, doim, hali-beri.
5. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi. Bu ravish cTzbek tilidan boshqa hozirgi turkiy tillarda deyarli uchramaydi:atayin, qasddan, jo‘rttaga, ataylab, azza-bazza.
6. O‘zbek tilida sabab ravishi ham mavjud: no‘lloj, no‘llojlikdan.
Ayrim adabiyotlarda ravishlarning maxsus morfologik belgisi yo‘qligi, ravishlardagi yasalish, daraja anglatish xususiyatlari ham boshqa turkumlarda mavjud bo‘lgan universal holat ekanligi ta’kidlanadi. Hozirgi turkiy tillardagi ravish sifatida beriladigan so‘zlarning yasalishi va morfologik tarkibi, ma’lum darajada, bu fikmi tasdiqlaydi. Masalan, ozarb. indija “hozir’, daha asagi “pastda”, tez-tez, dogrudan, dogruya; boshq. bayarak, bigirak, ip-irta, kepe-kendez; gag. sindijik “shu payt”, cabujak “birdan”, azar-azar “oz-oz”; qoz., no‘g‘., uyg‘. qayta-qayta, yeren-yeren, burunraq; q.-balq. alxarak, bilayirak- bulay “bundayroq”, berirek, artkarak, qirg‘. arirak, kiyinrek; tat. borin-borin “ilgari, burun”, bastarak; turk. deminjek “hozir”, arayikta “u yerda”, cap-cabuk “tezda”; o‘zb. nariroqda, eng oldin, gag., turk. burasi “bu yerda”, orasi “u yerda”, neresi “qayerda”; ozarb. sehyer, axsam - sutkaning qismi sifatida ot, payt bildirishi jihatidan ravish; gag. yirak\ qaraim. kec; no‘g‘. kes\ tat.sew; boshq. koroley; tat. korilay “quruqlay”; xak. xuruga, tirige “quruqlay, tiriklay”; no‘g‘. onga; xak. ayniyedir kilceler “ular har kuni hayvonlami ovlaydilar” kabi.
Qadimgi turkiy tilda harakatning belgilarini ko‘rsatadigan ravishlar ham bo‘lgan. Hozirgi turkiy tillardagi ravishlarning, deyarli, ko‘p qismi turlovchi, tuslovchi qo‘shimchalar, turli fe’l shakllari, daraja ko‘rsatkichlarini oigan shaklida ot, sifat va fe’llardan ravishlar tomon siljiy boshlagan. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra ravishlarni, bir tomondan, tarkibi (morfologik tuzilishi, yasalishi)ga ko^ra, ikkinchi tomondan, mazmuni (semantik farqlanishi, turlari)ga ko‘ra qiyoslash lozim bo‘ladi.

7-MAVZU FE’L SO’Z TURKUMI. TUSLANISH. ZAMON KATEGORIYASI. NISBAT KATEGORIYASI. MAYL KATEGORIYASI



Yüklə 460,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə