Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi



Yüklə 460,5 Kb.
səhifə14/45
tarix20.04.2023
ölçüsü460,5 Kb.
#106554
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Reja Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘

1. So‘roq va taajjub yuklamalari: - ma//-mi,-ci,-a,-ya. Umumturkiy -ma-mi so‘roq yuklamasi hozirgi hamma turkiy tillarda mavjud bo‘lib, har bir turkiy tilda kamida ikkitadan sakkiztagacha fonedk shakllariga ega: olt. ba / / be, pa//pe, bo//be; xak., shor, qoz., q.qalp., no‘g‘. ma//ba//pa; o‘zb., uyg\, tat. -mi//-ma va boshqalar. Misollar: tat. aqsa barme? o‘zb. sog‘misan', qoz. iiydemisin? turk. geldimil shor. taygida arj koppel; q.-qalp. kzba, ul ma? kabi.
Ayrim adabiyotlarda -ma//-mi so‘roq yuklamasining dastlab kuchaytiruv, taajjub yuklamasi sifatida qayd etilganligi, ba’zi tillarda bu yuklamadan keyin ma’noni kuchaytirish uchun ni//na so‘roq olmoshi ham qo‘shilishi aytiladi: qoz. yekevin-be? Uyde-me!?, birpas-pa?!; olt. kelde-be? gag. bulut-mu?, qirg‘. seneix) -bi? tuv. inda kim par-il, olarinbe, azi bistarni-be, xak. irah-pa, chagin-ma?, boshq. ol qilgen -me-ni? “u keldimi a?!”, xak. ol kilgen-me-ni, nogala minpargam-ni? “nega faqat men bordim-a?!” kabi.
So‘roq yuklamalaridan-a, -ya shakli faqat o‘zbek tilida mavjud bo‘lib, boshqa turkiy tillarda uchramaydi. So‘roq va taajjub yuklamasi -ci ham faqat O‘rta Osiyo turkiy tillariga xosdir: qoz. sen-se? kelse-se, q.-qalp. ciz-se, o‘zb. gapirsang-chi, bolam, dardingni aytsang-chi?! (A.Muxtor), yaxshisi, kitob oqisam-chi, biznikiga bir kelsang- chi kabi.
Ayrim turkiy tillarda -ci yuklamasi ifodalaydigan ma’no o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan boshqa yuklamalar vositasida ifodalanadi. Masalan, ozarbayjon tilida bas: bas siz “siz-chi?!”, sanin deyil, bas kimnidir; yoq. duu, daa: istegin-duu “eshiting-chi”.
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: - da// -ta, —ku, ham, -и, -уи, - oq, -yoq, -ki. Hozirgi turkiy tillarda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari kuchaytiruv, ta’kid bilan birga emotsional-ekspressiv, istak-xohish, iltimos kabi ma’nolami bildiradi.
Umumturkiy -da//-ta yuklamasi hamda uning variantlari o‘zi birikib kelgan so‘z (yo gap)ning ma’nosiga kuchaytiruv, ta’kid, ajratish kabi ekspressiv-emotsional ma’nolar beradi. Masalan, shor. теп-da kerdim; olt. oy-da, qoy-da doq; xak. sin-de urgenerzin, q.-balq. bir zot-da aytalmadim; tat. Basqalar bilan Jixansa babay-da kilgen idi; turkm. tizrak oqida “tezroq o‘qi-da”; chuv. vutra-da sunmaris, sivra-da butmaris “o‘tda ham kuymadilar, suvga ham cho‘kmadilar”; qirg‘. jerda, suu da
bizdeylerdiki; ne de guzel sey “qanday ajoyib narsa”; olt. bu derde qayinda, aspak-ta, tit-ta ozup dat "‘bu yerda archa ham, tut ham, qayin ham о‘sib yotibti”; boshq. qildi-da kitti; tat. korjik-ta yoklamagan, kurasiy; turkm. garnlar-da, yaaslar-da: xak. aziraan-daa adazi cogil emiskende ijezi cogd “ularni ovqatlantiradigan otasi ham, sut beradigan onasi ham yo‘q”; chuv. seget-te irtmere "soat o‘tmay”; tuv. indig bolza-daa "shunday bo‘lsa ham”, o‘zb. о ‘zing bilasan-da va b.
-ku, ham, -u,-yu-oq,-yoq,-ki(-kim), asosan, kuchaytirish, ta’kid ma’nolarini bildiradi.
-ki yuklamasi: ozarb. bu-ki, sen-ki bilirsan, о getdi-ki, calis-ki, bikar gazma-ki “ishlagin, bekor kezmagin”, aaval istadi-ki, ha hagigati gizdan gizlatsin “u qizdan haqiqatni yashirishni istadi”; turk. isittim-ki kardesi gitmis; oyle kiziyorum-ki “shunday qiziyapmanki”: о gadar xarjadiki "u shuncha ko‘p pul xarjladiki”; o‘zb. Bildimki, siz kelgan ekansiz; U shunday kattaki, tasavvur qila olmaysiz.
Ham yuklamasi o‘zi kuchaytirib voki ta’kidlab kelgan so‘zdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Bu yuklama, aksariyat hollarda, ta’kid ma’nosini ifodalaydi: turk. men-em ‘‘men ham”, o‘zb. Uni ham o 'qitaman, о‘zim ham о'qiyman (Shuhrat); Haqqim ham bor, imkonim ham bor ( A.Muxtor).

Yüklə 460,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə