Reja: Umumiy ma`lumot Metallarni kesib ishlash usullari Kesish jarayoning turlari



Yüklə 100,61 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü100,61 Kb.
#163967
1   2   3   4   5
METALLARNI KESISH JARAYONINING FIZIKAVIY ASOSLARI KESISH KUCHI QUVVAT KESISH TEZLIGI

QIRINDI TURLARI
Metallarni kesish jarayonida asosan 4 xil qirindi xosil bo’ladi: uvok, sinik, pogonali va tutash qirindilar.
1. Uvoq qirindi. Bunday qirindi bir-biri bilan boglanmagan nomuntazam rasmli ayrim elementlardan iborat). Murt metallarni, chuyan va kuymakorlik bronzalarini yo’nishda ana shunday qirindi xosil bo’ladi. Detalning yunilgan yuzasida yo’nish izlari koladi.
2. Siniq qirindi. Bunday qirindi bir-biri bilan ma`lum darajada boglangan ayrim elementlardan iborat. Qirindining bu turi urtacha qattiqlikda ega bo’lgan metallarni urtacha kesish tezlikda ishlab, urtacha kundalang kesimli qirindi ajratishda xosil bo’ladi.
3. Pogonali qirindi. Bunday qirindi sinik qirindiga uxshash bo’lib, fakat uning elementlari bir-biriga mustaxkamrok boglangan. Qirindining bu turi qattiqligi urtacha va yukori metallarni (kup uglerodli pulatlarni, alyuminiy va uning kotishmalarini) yo’nishda, metallarni urtacha tezlik va surish bilan va oldingi burchagi kichik keskich bilan yo’nishda xosil bo’ladi. Qirindining keskich tomonidagi ichki yuzasi sillik, keskichga teskari tomondagi tashki yuzasi arrasimon tishli eki pogonali bo’ladi
Kesish kuchining ta'rifi

Kesishjarayonida kesuvchi asbobning tig'iga asbobning ishchi hara-kat yo'nalishida surilishiga qarshilik kuchlari ta'sir etadi. Bu kuchlar-ning teng ta'sir etuvchisi kesish kuchi deb ataladi. (P harfi bilan belgilanadi va N yoki kN da o'lchanadi, 4.1 va 4.2-rasmlar).








Kesish kuchini paydo qiluvchi manbalari quyidagilardir:

  1. ishlanayotgan materiallarning qirindi hosil bo'lishidagi plastik deformatsiyaga qarshiligi;

  2. plastik deformatsiyalangan metallning yangi yuzalar paydo bo'lish joylarida buzilishiga qarshiligi;

  3. kesilayotgan qirindining qo'shimcha egilishga va sinishga qarshiligi;

  4. kesuvchi tig'dagi va asbob ishchi qismining boshqa kontaktlana-yotgan yuzalardagi ishqalanish kuchlari.



Keskich absolut birlikka ega deb hisoblab, kesishga qarshilik kuchlarining vektori asosiy kesuvchi qirraning kontaktlanuvchi qismi o'rtasi (A nuqta)ga qo'yilgan holda ta'sir etadi deb olish mumkin. Texnologik hisoblarning qulay bo'lishi uchun va kuchni o'lchash sxe-malarini e'tiborga olib teng ta'sir etuvchi kuch P fazoviy x, y, z o'qlari sistemasida quyidagi tashkil etuvchilarga ajratiladi (4.3-rasm).
P-o'а bo'ylab yo'nalgan kuch (o'q kuchi), u ishlanayotgan zago-tovkaning unga surish s yo'nalishi bo'yicha keskichning botib kirishiga qarshiligi va shu yo'nalishida ta'sir etuvchi ishqalanish kuchlari yig'indisiga teng. Px kuchinnig qiymati bo'yicha shpindelning va stanok surish mexanizmi tayanchlari mustahkam-likka hisoblanadi.
P,-radial kuch, u ishlanayotgan zagotovkani gorizontal tekislikda ega-di; buning natijasida nisbatan uzun zagotovkalarning ishlov berish
aniqligi pasayishi mumkin, zaruriyati bo'lmagan vibratsiyalar paydo bo'ladi; bu kuch stanok ko'ndalang surish mexanizmining mustah-kamligini aniqlashda hisobga olinadi.
P- "kesish kuchi" (P kuchining bosh yoki vertikai yoxud tan-gensial tashkil etuvchisi). Pz kuchi z o'qi bo'ylab yo'nalgan barcha kuchlar-qirindi hosil bo'lishidagi kesilayotgan qatlamning plastik deformatsiyaga qarshilik kuchlari, yangi yuzalar hosil bo'lishidagi metallning buzilishi hamda kesilayotgan qirindining egilishi bilan bog'liq bo'lgan kuchlar, shuningdek, ishqalanish kuchlarining yig'indisidan iborat. Bu kuch bo'yicha stanokning quwatini, kesish-dagi ish miqdorini va keskichning yz tekisligida egilishga qarshiligini hisoblab topiladi.

Adabiyotlar ro'yxati:





  1. JT. В. Перегудов, A X- Хошимов вабошк,. Автоматлаштирилган корхона станоклари.—Т.: Узбекистон, 1999.


  1. Yüklə 100,61 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə