Reja: Yevrosiyo materigining umumiy tabiiy geografik tavsifi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/17
tarix22.03.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#181804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Евросиё


Yevrosiyo
Reja:


1. Yevrosiyo materigining umumiy tabiiy geografik tavsifi.
2. Geografik o`rni, okean qismlari, orollari, yarim orollari va chekka nuqtalari
3.Tabiati rivojlanishining asosiy xususiyatlari
4. Tektonik tuzilishi va rel`efining asosiy xususiyatlari.
5. Old Osiyoning geografik o‘rni va davriy chegarasi.
6. Xalqlar va davlatlar san’atidagi o‘xshashlik va o‘ziga xos tomonlari hamda me’morchilik va haykataroshlik.


YeVROSIYo QIRG‘OQLARI YaQINIDAGI OKYeANLAR
Yevrosiyoni g‘arb va janubi-g‘arbdan Atlantika okeani va uning dengizlari o‘rab turadi. Bu okeaniing Yevrosiyoga bvosita tutashib turuvchi shimoli-sharqiy qismi O‘rta Atlantika tizmasidan sharqda G‘arbiy Yevropa suv osti soyligidan iborat; uning eng chuqur joyi 6000 m dan ortadi. Bu soylik tubida okean typidagi yer po‘sti joylashgan. Materik yonbag‘rining tik ko‘tarilgan qismi suv osti soyligining materik sayozligiga o‘tuvchi joyidan iborat bo‘lib, u Yevropaning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida ayniqsa kengdir. Xuddi shu joyda Biskay qo‘ltig‘ining shimoli-sharqiy qismi atrofi, yarim berk Shimoliy dengiz va Irlandiya dengizi, quruqlik o‘rtasida joylashgan Baltika dengizi hamda ularni bir-biri bilan va okean bilan tutashtiruvchi bo‘g‘ozlar joylashgan. Materik sayozligida Britaniya orollari bor. Janubroqda materik sayozligi torayib, okean chuqurliklari Yevropaning janubi-g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlariga deyarli bevosita kelib tutashadi. Eni atigi 14 km li tor Gibraltar bo‘g‘ozi Atlantika okeanini O‘rta dengiz bilan tutashtiradi. O‘rta dengiz bir qancha chuqur suv osti soyliklaridan iborat bo‘lib, uni dengiz tubi balandliklari, yarim orol va orollar ayrim qismlarga bo‘lib turadi.
Grenlandiya bilan Skandinaviyaning janubi-g‘arbiy sohillari o‘rtasidagi chuqurligi 600 m dan oshmaydigan suv osti ostonasi Atlantika okeanini Shimoliy Muz okeanidan ajratib turadi. Bu ostona O‘rta Atlantika suv osti tizmasi bilan kesishgan joyda, qutbiy doiradan janubda Islandiya oroli bor, undan janubi-sharqda, suv osti balandligida Farer va Shetland orollari o‘rnashgan. Shimoliy Muz okeanining chuqur Norvegiya va sayoz Barens dengizlari orasida Yevropadagi eng katta yarim orol-Skandinaviya yarim oroli joylashgan. Shimoliy Muz okeanining Yevrosiyo tomonidagi keng materik sayozligi doirasida Sovet Ittifoqi qirg‘oqlarini yuvib turuvchi chekka dengizlar bor. Materik sayozligidan shimolda Shimoliy Muz okeani bir qancha chuqur suv osti soyliklariga bo‘linib ketgan; bu soyliklarni bir-biridan ajratib turgan suv osti tizmalarida bir gruppa materik orollari Shpitsbergen, Frans-Iosif Yeri va boshqalar joylashgan. Ba’zi orollar 80° sh. k. dan shimoldadir. Shimoliy Muz okeanini Tinch okeandan suv osti balandliklari ajratib turadi, bu balandliklar ustida chuqurligi 50 m gacha bo‘lgan Bering bo‘g‘ozi joylashgan.Yevrosiyo g‘arbiy qismi tabiiy sharoiti qaror topishining eng muhim omillaridan biri-Atlantika okeanining shimoliy qismidagi va Shimoliy Muz okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi iliq dengiz oqimlari sistemasidir. Bu oqimlar Meksika qo‘ltig‘idan oqib chiquvchi Golfstrim bilan boshlanadi. Golfstrim ochiq okeanda 40° sh. k. bilan 50° g‘. u. yaqinida tugab, bir qancha tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Ikki tarmog‘i janub va janubi-sharqqa tomon buriladi; eng kuchli tarmog‘i esa, shimoli-sharqqa burilib, Shimoliy Atlantika yoki Golfstrim Dreyfi nomini oladi va Yevropa qirg‘oqlariga yetib keladi. Shimoliy Atlantika oqimi 50° sh. k. bilan 20° g‘. u. yaqinida, o‘z navbatida, uch tarmoqqa bo‘linadi: Janubiy tarmog‘i Biskay qo‘ltig‘iga kirib boradi, Shimoliy tarmog‘i Islandiyaning janubiy va g‘arbiy qirg‘oqlariga tomon yo‘naladi (Irminger oqimi), asosiy tarmog‘i esa, shimoli-sharqqa-Britaniya orollari va Skandinaviya yarim oroli tomon yo‘nalib, Norvegiya oqimi nomini oladi. Britaniya orollaridan shimolda bu tarmoqning kengligi 185 km ga, chuqurligi-500 m ga, tezligi-sutkasiga 9-12 km ga yetadi. Suvining temperaturasi yuzada qishda +7° dan +8° S gacha, yozda +11° dan +13° S ga yetadi; bu esa okeaniing g‘arbiy qismidagi xuddi shu kenglikdagi suv temperaturasidan o‘rtacha 10°S yuqoridir.
Qutbiy doira yaqinida, ya’ni Shimoliy Muz okeaniga kelib, Norvegiya oqimi Shpitsbergen va Nordkap tarmoqlariga ajralib ketadi. Shpitsbergen tarmog‘i sho‘rligi nisbatan ortiq suvlarning zichligi kattaligi sababli Shpitsbergen qirg‘oqlari yaqinida chuqurga tushib ketadi; ikkinchisi materik yonbag‘ri bo‘ylab borib, Barens dengiziga o‘tadi. Bu oqim tufayli Skandi-yaviyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida qishda suvning yuza qismi temperaturasi +5° dan +12°S ga yetadi.
Okeaniing iliq yuzasida hosil bo‘lgan havo qishki temperaturasining nisbatan ancha balandligi va namligining kattaligi bilan xarakterlanadi. Temperaturaning qishki anomaliyasi Skandinaviyaning shimoliy qirg‘oqlari yaqinida 20°S dal ortadi, Shimoliy Yevropaning to Barens dengizining janubi-g‘arbiy qismigacha bo‘lgan hirg‘oq bo‘yi suvlarida suzib yuruvchi muzlar bo‘lmaydi va shimoliy portlar yaqinida suv muzlamaydi. Suzib yuruvchi muzlar (bunday muzlar eng ko‘p tarqalgan davrda) faqat Islandiya orolidan shimolda Norvegiya dengizining shimoli-sharqiy qismida va Shpitsbergen atroflarida ancha ko‘p bo‘ladi va ular kema qatnovini qiyinlashtiradi.
Shimoliy Muz okeani qolgan qismining rejimi uning qutbyonida joylashganligiga, shuningdek, Atlantika va Tinch okeanlarning chuqurdagi suvlaridan suvosti ostonalari bilaya to‘silib qolganligiga bog‘liq. Shu sababli okeaniing 600 m dan chuqur joylaridagi suv sovuq (-0° dan-1°S gacha) bo‘ladi. Atlantikadan kirib keluvchi iliq oqimlar Barens dengizida tugaydi. Okeaniing ko‘p qismi yozda va qishda suzib yuruvchi muzliklar bilan qoplanadi. Uning yuzasida yil bo‘yi sovuq havomassalari hosil bo‘ladi, bu havo massalarining xususiyatlari kontinental arktika havo massalaridan kam farq qiladi.
Yevrosiyoning sharqiy qirg‘oqlarini Tinch okean suvlari yuvib turadi; bu okean butun Dunyo okeanining yarmini tashkil etadi. Tinch okeaniing g‘arbiy qirg‘oqlari nihoyatda o‘yilib ketganligi va orollarining juda ko‘pligi bilan ajralib turadi. Deyarli meridional yo‘nalgan qator orollar va yarim orollar bir-biriga tutash chekka dengizlar sistemasini okeandan ajratib turadi, chunonchi, Kamchatka yarim oroli va Kuril orollari Oxota dengizini, Yapon orollari va Koreya yarim oroli Yapon dengizini ochiq okeandan ajratib turadi. Materik, Koreya yarim oroli va Ryukyu orollari o‘rtasida materik sayozligida Sariq dengiz bilan Sharqiy Xitoy dengizi joylashgan; Hindixitoy, Filippin va Zond orollari Janubiy Xitoy dengizini chegaralab turadi. Tinch okeaniing chekka qismi materik yer po‘stidan iborat geosinklinal strukturaga ega, markaziy qismiesachuqur ligi 5000 m dan ortqq joylari bo‘lgan okean tipidagi cho‘kmalardan iborat. Ular oralig‘idagi chegara andezit lavalari quyiladigan zona bilan bazaltlar tarqalgan rayonni bir-birida ajratib turuvchi andezitli chegaraga to‘g‘ri keladi. Geosinklinal mintaqadagi okean tagi relefi murakkabligi bilan xa.rakterlanadi: bu yerda keng materik sayozligi orollar yoyi va suv osti tizmalari yoni bo‘ylab cho‘zilgan tektonik cho‘kmalar hamda juda chuqur novlar sistemasi bilan almashinadi. Dunyo okeani tagining eng chuqur joylari mana shu novlar bilan bog‘liq: Kuril-kamchatka cho‘kmasining chuqurligi-10542 m, Yer, sharidagi eng chuqur Mariana cho‘kmasining chuqurligi 11034 m, Filippin cho‘kmasi- 10265 m. Orollardagi tog‘larning balandligi 2-3 ming m va undan ham ortiq. Orollar yoyi orasida joylashgan suvosti tektonik soyliklarining chuqurligi 4-6 ming m (Yapon dengizi-4036 m, Janubiy Xitoy dengizi-4400 m, Filippin soyligi-6363 m).
Tinch okeaniing g‘arbiy qismidagi oqimlarning murakkab sistemasi Yevrosiyo sharqiy qismlari iqlimining shakllanishiga ancha ta’sir ko‘rsatadi. Harikkala yarim sharning passatlar zonasida sharqdan g‘arbga tomon passat oqimlari (ekvatorial oqimlar) harakat qiladi. Bular orasida g‘arbdan sharqqa tomon Ekvatorial qarshi oqim o‘tadi. Shimoliy Passat oqimi (ekvatorial oqim) Filippin orollari yonida tarmoqlanib ketadi. Uning bir tarmog‘i Zond orollariga tomon yo‘naladi; ik-kinchi tarmog‘i janub va janubi-sharqqa burilib, Ekvatorial qarshi oqimga qo‘shilib ketadi; uchinchi eng kuchli tarmog‘i esa, shimoli-g‘arbgatayvan oroliga buriladi va so‘ngra shimoli-sharqiy yo‘nalish olib, 3 km/soat tezlik bilan harakat qiluvchi iliq Kurosivo oqimini hosil qiladi. Kurosivo ham bo‘linadi va tarmoqlaridan biri Susima oqimi nomi bilan Yapon dengiziga kirib boradi, ikkinchisi ochiq okeanga chiqib Yaponiyaning janubi-sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab, uni 40° sh. k. da sovuq Kuril (yoki Oyyasivo) qarshi oqimi sharqqa burib yubormaguncha, davom etadi. Kurosivoning shimoli-sharqdagi davomi avval Kurosivo Dreyfi, so‘ngra esa Shimoliy Tinch okean oqimi deyiladi; Shimoliy Tinch okean oqimi 1-2 km/soat tezlikda Shimoliy Amerika qirg‘oqlariga tomon harakat qiladi. Kurosivo yozda, ya’ni musson shamollari esgan vaqtda, ayniqsa keskin namoyon buladi. Qurosivo Yaponiyaning janubiy qirg‘oqlari yaqinida yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirib meandralar hosil qiladi.
Kurosivo va Shimoliy Tinch okean oqimlari Golfstrim hamda Shimoliy Atlantika oqimlariga o‘xshaydi, biroq ular kuchsizroq va suvi ham salqinroqdir.
Sovuq Kuril (Oyyasivo) oqimi Bering dengizida hosil bo‘ladi va avval Kamchatka, so‘ngra esa Kuril oqimi nomi bilan janubga yo‘naladi. Qishda bu oqimni Oxota dengizidan keluvchi sovuq suvlar yanada kuchaytiradi. Xonsyu orolining janubi-sharqiy etaklarida Kuril oqimi chuqurga tushib ketadi. Bu oqim Yevrosiyoning shimoli-sharqiy qismi iqlimiga (to Yaponiyaning shimoliy qismigacha) kuchli ta’sir ko‘rsatib, yoz temperaturasining pasayishiga sabab bo‘ladi. Uning qalinligi Bering va Oxota dengizlarida qishning qanchalik sovuq kelishiga qarab, yildan-yilga keskin o‘zgarib turadi. Kuril orollari va Xokkaydo oroli rayoni Tinch okeaniing shimoliy qismidagi qishda muzlaydigan rayonlardan biridir. Umuman esa, Tinch okeaniing bu qismi boshqa okeanlarning shu geografik kenglikdagi joylariga qaraganda ancha iliqdir. Buning sababi shuki, Tinch okean tropik mintaqada juda kengdir, buning ustiga, Bering bo‘g‘ozidagi ostona tufayli Shimoliy Muz okeani bilan yaxshi suv almashmaydi. Suv temperaturasi Kurosivo oqimi rayonida eng yuqori. ( + 27 +28°S) bo‘lib, Tinch okeaniing butun shimoliy qismidagi katta akvatoriyada suvning yillik o‘rtacha temperaturasi +20°S dan yuqoridir.
Osiyoning janubiy qirg‘oqlarini yuvib turuvchi Hind okeanining katta qismi okean yer po‘sti tipidagi qadimgi suv osti cho‘kmasidan iborat. Okeaniing g‘arbiy qismi Afrika, Arabiston yarim oroli, Madagaskar oroli va Hindiston yarim orolini bir-biriga tutashtirib turgan qadimiy quruqlikning cho‘kishidan hosil bo‘lgan. Sharqda Zond orollarining janubiy sohillari yaqinidan eng chuqur joyi 7430 m bo‘lgan bukilmalar polosasi o‘tadi. Okeaniing katta qismida 3000-5000 m li chuqurliklar ustun turadi. Yevrosiyo qirg‘oqlari yaqinidagi eng katta suv osti soyligi-Arabiston soyligidir. Suvosti soylari orasida ularni bir-biridan ajratuvchi suv osti tizmalari cho‘zilib ketgan; bu tizmalarning tepa qismlarini rift zonalari kesib o‘tgan. Yevrosiyo qirg‘oqlari yaqinidagi bu suv osti tizmalari Arabiston-Hindiston G‘arbiy Hindiston va Sharqiy Hindiston tizmalaridir. G‘arbiy Hindiston va Sharqiy Hindistontizmalari meridional yo‘nalishda cho‘zilib ketgan. Bu suv osti tizmalarining tepalarida marjon orollari (Maldiv, Chagos) yoki vulkanik orollar (Lakkadiv, Andamana, Kokos) o‘rnashgan. Suv osti soyliklari (pastqamliklari) tektonik jihatdan nisbatan turg‘un joylartalassokratonlardir; sharqdagi geosinklinal zona va georiftog‘enallar esa, aksincha juda serharakatligi, vulkanik hamda seysmik harakatlarning aktivligi bilan ajralib turadi.
Hind okeanining deyarli barcha dengizlari va yirik qo‘ltiqlari uning shimoliy, Yevrosiyo qirg‘oqlari yaqinidagi qismidadir. Okeaniing ko‘p qismi yer po‘stining juda chuqur yoriqlari zonasidan iborat. Hind okeanida materik sayozligining eni 100 km dan oshmaydi; materik yonbag‘ri tik jarlikdan iborat bo‘lib, ba’zi joylarda ularni yirik suv osti daryolarining vodiylari o‘yib yuborgan. Chekka Arabiston dengizi akvatoriysi eng kattadir. U Omon qo‘ltig‘i orqali shimoli-g‘arbda quruqlik ichkarisiga kirib borgan Fors qo‘ltig‘i bilan, janubi-g‘arbda esa Adan qo‘ltig‘i orqali Qizil dengizga qo‘shilib ketgan. Shimoli-sharqda Bengaliya qo‘ltig‘i joylashgan bo‘lib, u aslida chekka dengizdir. Uni Andaman orollari Andaman dengizidan ajratib turadi.
Hind okeanining Yevrosiyoga yondoshgan shimoliy qismi o‘ziga xos termik rejimga ega, bunga sabab okean bu qismining quyi geografik kengliklarda joylashganligi va quruqlik ichkarisiga chukur kirib borganligidir. Hind okeani kuchli isib ketadi, shu sababli ekvatordan shimolda yuzadagi suvlar temperaturasi + 27 +29°S bo‘ladi; uning shimoliy dengizlari-Yer sharidagi eng issiq suv havzalaridir. Hind oyekanidagi yuza oqimlar musson shamollariga bog‘liq bo‘lib, mavsumiy xarakterga egadir.
Shimoliy qismida qishda-g‘arbiy oqimlar, yozda esa-sharqiy oqimlar ustun turadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə