Reja: Yoqilg‘i va uning xossalari Yoqilg‘ining yonish jarayonlari



Yüklə 125,04 Kb.
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü125,04 Kb.
#180299
1   2   3   4   5   6
Yoqilg‘i xususiyatlari. Yonuvchan chiqindilarni qayta ishlash usullari.

To‘qmoqli tegirmonlar. Bunda aylanib turadigan to‘qmoqlar yordamida yoqilg‘i maydalanadi.(7-rasm) Bunday tegirmonlarda namligi kam bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘mirlar maydalanadi.


7-rasm. Shaxta tegirmon sxemasi.
Tegirmon ventilyatorlar-parraklari marganetsli po‘latdan tayyorlangan ventilyator tushayotgan yoqilg‘i bo‘laklarini maydalaydi. Bunday tegirmonlardan namligi yuqori bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘mirlarni va torfni maydalashda foydalaniladi. 7-rasmda to‘qmoqli tegirmonning sxemasi ko‘rsatilgan.
Shaxta 3 ning tubida marganetsli po‘latdan tayyorlangan to‘qmoqcha 2 li rotor joylashgan. Shaxtaning ichki qismi zirx bilan himoya qilingan. Yoqilg‘i patrubka 1 orqali tegirmon shaxtasi 3 ga solinadi va aylanib turadigan to‘qmoqchalar 2 ga tushadi. To‘qmoqcha 700-900 ayl/min. tezlik bilan aylanib, o‘ziga tushayotgan yoqilg‘ini parchalaydi va maydalaydi. Hosil bo‘lgan yoqilg‘i bo‘laklari bilan chang aralashmasini qaynoq havo oqimi shaxtaning yuqorigi qismiga ilashtirib ketadi. Yoqilg‘ining yirik bo‘laklari tegirmon shaxtasiga qaytib tushadi va yana maydalanadi.
Qattiq yoqilg‘ini changsimon holga keltirish alohida sxema yoki oraliq bunkerli sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Alohida sxema bo‘yicha chang bevosita tegirmondan o‘txonaga o‘tadi. Oraliq bunkerli sxemalarda ko‘mir changining zahirasi bo‘lishi nazarda tutiladi. Bu sxema eng ishonchli sxemadir, shu sababli mamlakatimizdagi yirik elektr stantsiyalarining qozonxonalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 8-rasmda chang tayyorlash usulining oraliq bunkerli sxemasi keltirilgan. Yoqilg‘i bunker 1 dan tarozi 2 ga beriladi, so‘ngra esa, ta’minlagich 3 ga uzatilib, undan tegirmon barabani 4 ga o‘tadi. Barabanga xarorati 250-400S li qaynoq havo puflanadi. Bu yerda yoqilg‘i quriydi va maydalanadi. Havo changni tegirmondan separator 5 ga olib chiqadi, bu yerda chang fraktsiyalarga ajraladi. Tayyor chang separatordan tegirmon ventilyatori yordamida siklon 6 ga yo‘naltiriladi, yoqilg‘ining yaxshi maydalanmagan zarralari esa, tegirmonga qaytariladi. Siklonda changning 90%ga yaqini havodan ajraladi va cho‘kadi, klapan 7 lar orqali oraliq bunker 9 ga yoki shnek 8 orqali boshqa bunkerga yo‘naltiriladi.





Yüklə 125,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə