Reja: Yoqilg‘i va uning xossalari Yoqilg‘ining yonish jarayonlari


-rasm. Oraliq bunkerli chang tayyorlash sxemasi



Yüklə 125,04 Kb.
səhifə6/6
tarix22.03.2024
ölçüsü125,04 Kb.
#180299
1   2   3   4   5   6
Yoqilg‘i xususiyatlari. Yonuvchan chiqindilarni qayta ishlash usullari.

8-rasm. Oraliq bunkerli chang tayyorlash sxemasi.


Siklondagi ozgina chang aralashgan havoni ventilyator so‘rib oladi va aralashtirgichga yo‘naltiradi, bu yerga bir vaqtning o‘zida oraliq bunkeridan yoqilg‘i changi ham beriladi. Tayyor chang yoqish uchun o‘txona 12 ning gorelkasi 11 ga puflanadi. Ko‘mir changining sifati, asosan uning mayinlik darajasi, oxirgi namligi va portlash havfi yo‘qligi bilan aniqlanadi.


Suyuq va gaz yoqilg‘i yoqiladigan gorelka va forsunkalar
O‘txonalarda yoqiladigan suyuq yoqilg‘i gorelkaning tarkibiy qismi bo‘lgan forsunkalar yordamida purkaladi va purkalgan yoqilg‘i havo bilan yaxshi aralashib to‘liq yonadi. Qozon qurilmalarida suyuq yoqilg‘ilardan faqat mazut yoqiladi. Yaxshi purkalishi uchun mazut oldindan 140-160S gacha isitib olinadi. U bir vaqtning o‘zida mazut tashishni ham osonlashtiradi, chunki xarorat ko‘tarilishi bilan mazutning qovushoqligi kamayadi. Mazut g‘ilof-quvurli IAA larida bug‘ va issiq suv yordamida isitiladi. Mazutning qotib qolishining oldini olish uchun uni IAA va gorelka orasida uzluksiz aylanishi ta’minlanadi. Mazutni mayda qattiq zarralardan tozalash uchun, uning teshiklari soni xar 1 sm2 da 5 40 ta bo‘lgan filtrlardan o‘tkaziladi. Mazut forsunkalari purkash usuliga qarab to‘rt guruxga ajratiladi: bug‘li, havoli, kombinatsiyalangan va mexanikaviy.
10-rasmda qo‘llanilayotgan forsunkalarning asosiy sxemalari ko‘rsatilgan.



10-rasm. Mazut forsunkalarining asosiy sxemalari.
1-yoqilg‘i; 2-havo; 3-bug‘.

Mexanikaviy forsunkalarni to‘g‘ri oqimli, markazdan qochirma va rotatsion forsunkalarga bo‘lish mumkin. To‘g‘ri oqimli forsunkalarda, yoqilg‘i oqimi kichik diametrli soplo orqali o‘tishida 1-2 MPa bosim bilan siqiladi va natijada u to‘zg‘itiladi(10-rasm,a). Markazdan qochirma forsunkalarda yoqilg‘i markazdan qochirma kuchlar ta’sirida to‘zitiladi (10-rasm, b,v). Rotatsion forsunkalarda (10-rasm,g) yoqilg‘i tez aylanib sochib turuvchi stakan ichiga uzatiladi, u yerda yoqilg‘i markazdan qochirma kuchlar ta’sirida yupqa plenka hosil qilib oqib chiqadi. Stakandan chiqaverishda yupqa plyonkaning birlamchi havo ilashtirib ketadi. Bug‘li va havoli forsunkalarni bir guruxga – to‘zg‘itadigan muhitli forsunkalarga birlashtirish mumkin. Bug‘li forsunkalarda (10-rasm, d)bunday muhit sifatida bosimi 0,4-1,6MPa bo‘lgan suv bug‘i ishlatiladi. Mazut forsunkaga 0.3-0,4MPa bosim ostida uzatiladi. Bug‘ oqimi tezligi qanchalik katta bo‘lsa, yoqilg‘i shunchalik mayda purkaladi. Aksariyat yoqilg‘i forsunkalarida bug‘ning kritik tezligiga erishiladi. Bug‘li forsunkalarning tuzilishi mexanikaviy forsunkalarga qaraganda sodda lekin bug‘ning sarfi katta bo‘lganligi (1 kg mazutga 0,30-0,35 kg bug‘) va kuchli shovqin tufayli ular unumdorligi 3,3 kg/s gacha bo‘lgan qozon agregatlarida ishlatiladi.


Havoli forsunkalarda to‘zg‘ituvchi muhit sifatida havo ishlatiladi. Bunday forsunkalarni past va yuqori bosimli forsunkalarga ajratish mumkin. Birinchi gurux forsunkalarida havoning bosimi 0,2-1 MPa ga teng bo‘ladi(10-rasm,d), ikkinchi gurux forsunkalarida esa, havoning bosimi 0,002-0,008 MPa ga teng bo‘ladi.
11-rasmda markazdan qochirma va bug‘li forsunkalarning tuzilishi ko‘rsatilgan.

11-rasm. Mazut forsunkalari.
a-markazdan qochirma: b-bug‘li.
1,2- bug‘ va mazut uchun quvurlar; 3-qobiq; 4-uzatish kanali; 5-nasadka; 6-soplo.
Gaz gorelkalari ishlash usuliga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Kinetik gorelkalar – bunda gaz havo bilan gorelkadan chiqishidan oldin to‘liq aralashadi; Diffuzion – kinetik gorelkalar – bunda gaz havo bilan qisman aralashadi;
Diffuzion gorelkalar-bunda gaz havo bilan gorelkadan tashqarida aralashadi.
Havoni uzatish usuliga qarab gorelkalar injektsion va havo majburiy uzatiladigan (puflanadigan) gorelkalarga bo‘linadi. Shunga asosan gorelkalar past bosimli (5kPa gacha), o‘rta bosimli (5kPa-0,3 MPa) va yuqori bosimli (0,3MPa dan yuqori) gorelkalarga bo‘linadi. 12-rasmda gaz gorelkalarining asosiy sxemalari ko‘rsatilgan.

12-rasm. Gaz gorelkalari sxemalari.
1- gaz soplosi; 2-havo qopqog‘i; 3-aralashtirgich; 4-sopol nasadka; 5-kurakli uyurmalantirgich;6-gaz kollektori; 7-o‘txonaning qoplamasi;
I-havo; II-gaz; a-injektsion gorelka; b- havo majburiy uzatiladigan gorelka.
Yüklə 125,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə