Research in educational sciences volume 2


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 17,3 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü17,3 Kb.
#138590
1   2   3   4
muhammad-yusuf-sheriyatida-ritorik-soroq-gaplarning-oziga-xos-uslubiy-xususiyatlari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Jumladan, xalqimizning suyukli va dilbar shoiri – Muhammad Yusuf o'zining betakror ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan yurtdoshlarimiz qalbida fidoiylik tuyg'ularini uyg'otib, farzandlik burchini anglagan holda yosh avlod onggi, qalbi va shuurida vatanga muhabbat, o'zaro hurmat, chin mardlik, o'zbekona qadriyatlar kabi insoniy fazilatlarni uyg'ota oldi. Shoir she'rlarida samimiyat, qalb yaqinligi, muhimi falsafa mujassam.
Shu bilan birgalikda, shoir ijodining til xususiyatlarini o'rganish ham tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Muhammad Yusuf she'rlarining sintaktik xususiyati ham o'ziga xos bo'lib, bu holatni shoir she'riyatidagi gap shakllarining ifodalanishida ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, ritorik so'roq gaplarning qo'llanishidagi o'ziga xoslikni shoirning ichki kechinmalarini buyruq, tasdiqlash, tashvish, kuchli hayajon, inkor, tasdiq, taajjub kabi ma'nolar orqali ifodalashiga guvoh bo'lamiz. O'ylaymizki, mazkur ilmiy maqola orqali shoir she'riyatida qo'llangan ritorik so'roq gaplarni o'rganish tilshunoslik fanining samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.


MUHOKAMA


Ma'lumki, ilmiy adabiyotlarda ritorik so'roq gaplar – badiiy matnning emotsional- ekspressivligini ta'minlovchi uslubiy vositalardan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo'lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplardir. Ko'pincha ritorik so'roq gaplar takibida nahotki, axir so'zlari keladi. Ular nutqqa ko'tarinki ruh bag'ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta'kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, g'azab va nafratini ifodalashda juda qo'l keladi. Ichki va tashqi, monologik va dialogik nutqlarda keng qo'llaniladi. Ritorik so'roq gaplarning quyidagi ma'nolarni ifodalovchi 7 ta turi mavjud:

  1. Ritorik-tasdiq;

  2. Ritorik-inkor;




  1. Ritorik-taajjub;

  2. Ritorik-tashvish;

  3. Ritorik-g'azab;

  4. Ritorik-gumon;

  5. Ritorik-kuchli hayajon.

Xalqning erka, bulbulzabon shoir Muhammad Yusufning
Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin, Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin. Undan ham ulug'im borligin ko'rsin, Men uchun ham aziz holingniso'rsin, Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam! («Onamga» she'ri) satrlarida taajjubli-tashvishli holati ritorik so'roq gapning ritorik-tashvish xususiyati orqali namoyon qilingan. Bunda shoir onasini qiynab qo'yganligi, undan afsusdaligi va shu gunohlari uchun volidai muhtaramasidan uzr so'rayotganligi, men senga loyiq farzand bo'la olmadim, shunda ham sen meni farzandim deb ulug'layapsan, «men gunohkoringni kechir», deyish orqali afsus-nadomat va uzrini ifodalagan.
«Rozidil» she'ridan keltirilgan quyidagi parchada esa ritorik-gumon ma'nosi qo'llangan bo'lib, shoirning voqeaga nisbatan biroz ishonchsizlik, gumonsirash holatini ko'rishimiz mumkin:
Bu yoqda uvol-u, u yoqda halol – Chinorday yurakni bukar qilday g'am. Yaxsi odamlarni ko'rib, ehtimol,
Sayrab yuborgandir Asqad Muxtor ham. («Rozidil» she'ri) Bu ta'sirchan misralar insonning chinorday mustahkam, baquvvat yuragini qilday nozik g'am osongina yenga olishini, shu g'am va hasratlarni, nohaqlik va adolatsizliklarni ko'rib guvohi bo'lgan tinch, osoyishta va ezgilik hukm surayotgan davrni orzu qilib ko'rolmay ketgan ijodkorlarga achinish, balki ular hozir ana shunday osoyishta zaminda hayot bo'lganda shu hurlikni kuylovchi ajoyib asarlar yaratgan bo'lardi degan gumonli o'y-fikrlarni bayon etmoqda.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sorib shoir bo'lganlar –
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor…
(«Yurtim ado bo'lmas armonlaring bor»)



Yüklə 17,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə