Research in educational sciences volume 2



Yüklə 17,3 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü17,3 Kb.
#138590
1   2   3   4
muhammad-yusuf-sheriyatida-ritorik-soroq-gaplarning-oziga-xos-uslubiy-xususiyatlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

NATIJALAR


Ma'lumki, o'zbek romanchiligining asoschisi, buyuk ijodkor A. Qodiriy ham qatag'on qurboniga aylangan. Shunday yuksak iste'dod sohibini ko'rolmay uning oyog'iga bolta urgan noinsof, laganbardorlarga bo'lgan nafratini, g'azabini ritorik-so'roq orqali to'kib solganligiga yuqoridagi misolda guvoh bo'lamiz.
Oshiq yuraklarning iztirobli kechinmalari ham majnuntabiat shoirning e'tiboridan chetda qolmagan, albatta. Oshiqning dard-u alamlarini, yurakdagi yorga bo'lgan mehrini, sevgi va his-hayajonini, orzu-o'ylari va xayollarini «Suvpari» she'ridagi misralarda o'zini aybdor sezish hamda tasdiqlash orqali ritorik-tasdiq aks-ettirilganligini kuzatish mumkin.
Yo'ling kesib o'tsam – o'zim xijolat, Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat, Bir nigohing o'zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek… («Suvpari»)
Shoir qator she'rlarida shunday hayotning real tasvirida o'zimizning qiyofamizni o'zimizga ro'para qiladi. Hayotda ro'y bergan adolatsizlikdan zada bo'lgan qalbning ziddiyatlarini misralarda to'kadi.


XULOSA


Muhammad Yusufning she'rlari shunday. O'zbekiston qahramoni, katta adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov bu haqida shunday yozadi: «Muhammadning she'rlari bir qarashda juda sodda, jo'n yoziladiganga o'xshab tuyuladi. Ammo unga o'xshatib yozib ko'ring-chi? Qo'lingizdan kelmaydi! Uning oson yoziladiganga o'xshab ko'ringan misralari muxlislarini yig'latadi, kuldiradi, o'z og'ushiga tortib oladi». Bu ayni haqiqatdir. Shuningdek, Muhammad Yusufning she'rlari sof milliylig-u, milliy ruhning mujassamligi bilan ajralib turadi. U chiranib yozmaydi, so'zlarning o'zi quyilib keladi. Shundan uning she'rlari maftunkor va jozibali. Uning she'rlarining mazmunini og'zaki gapirib, bayon qilib bo'lmaydi. Chunki ularning asosini voqelik emas, yuqoridagi misralarda ko'rganimizdek, tuyg'ular, dardlar tashkil qiladi. Tuyg'u va dardlarni esa gapirib bo'lmaydi. U his qilinadi. Muhammad Yusuf she'rlari ham ana shunday, uni his qilish lozim. His qilingan narsa yurakka borib tegadi. Yurakka tekkan narsaning ta'siri katta bo'ladi, bir holatdan ikkinchi holatga soladi. Biz ko'rib o'tgan ritorik-so'roq gaplar ham she'rlar mazmunining ana shunday ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. Shoirning deyarli barcha she'ri shu xususiyatga ega. Uning elga mashhurligi siri ham shundadir.



Yüklə 17,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə