Respublika ilmiy-amaliy konferensiya issn: 2181-1776



Yüklə 429,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü429,82 Kb.
#139888
1   2   3   4   5
admin, 46.1

 
Navbaxor Yunusova

 Zulfiya Pulatova

O‘g‘iloy Bozorboyeva

1,2
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
hududiy markazi o‘qituvchilari 

Samarqand viloyati Jomboy tumani 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi 
 
O‘QITUVCHILARNING KASBIY MAHORATINI ANIQLASHDA PEDAGOGIK 
KVALIMETRIYANING O`RNI VA AHAMIYATI 
 
 


FTAI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
ISSN: 2181-1776
193 
“BILIG –
 
ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
 
http://bilig.academiascience.or
 
ttp://bilig.academiascience.or
kadrlarni suhbatdan o‘tkazish, o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini aniqlash maqsadida 
so‘rovnoma o‘tkazish, ekspertizadan o‘tkazish, ijtimoiy metodlarni kiritish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini 
nazorat qilish va baholashda tashxislash, ekspertiza, monitoring va pedagogik 
kvalimetriyadan foydalaniladi.
Pedagogik o‘lchov nazariyasiga asoslangan kvalimetrik yo‘nalish o‘zining keng 
qamrovliligi, test jarayonining daxlsizligi, olingan natijalarni matematik-statistik tahlil 
qilish, talabalarning rivojlanish darajasi va bilimlarni o‘zlashtirish sifati haqida qat’iy aniq 
va ranjerli natijalarni olish imkonini beradi.
Ta’lim monitoringini ilmiy asoslangan va o‘zaro uzviy bog‘langan nazorat turlari va 
axborot texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonidan ko‘zlangan 
natijaga erishish va ta’lim sifatini aniqlash imkonini beradi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarning ta’lim monitoringida test topshiriqlaridan 
foydalaniladi va bu metod yordamida ko‘p sondagi talabalarning qisqa muddatda 
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari sifatini aniqlash, olingan natijalarga muvofiq 
talabalarga individual yondoshish, uzluksiz ta’lim tizimi turlaridagi ta’lim-tarbiya 
jarayonning sifatini aniqlash, ularning o‘rtacha qiymatini aniqlash va baholash, olingan 
natijalarni qayd etish amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda ta’lim muassasalarida test topshiriqlaridan samarali foydalanish 
yo‘llari ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’lim makonida pedagogik muunosabatlarning yangi 
paradigmalari 
talaba-o‘qituvchi, 
talaba-ota-onalar, 
o‘qituvchi-rahbariyat, 
ta’lim 
muassasalari-ta’limni boshqaruv organlari kabi nazorat-baholash tizimi amaliyotga joriy 
etilmoqda.
Test topshiriqlarining daxlsiz va mustaqil tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonining 
sifatini nazorat qilish va baholash tizimining muhim tarkibiy qismiga aylandi, shu bilan 
birgalikda tizim hosil qiluvchi va faol ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida maydonga chiqdi.
Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini nazorat qilish va baholash, mazkur tizimda pedagogik 
faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini aniqlashda 
pedagogik kvalimetriya metodlari muhim o‘rin tutadi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari shu 
jumladan, oliy ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar 
pedagogik kvalimetriyani fan sifatida ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari, 
kvalimetrik shkala, kvalimetrik jarayonning bosqichlari, pedagogik kvalimetriya metodlari 
vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini tashxislash va baholash, olingan natijaga muvofiq 
umumiy xulosalash, kasbiy-pedagogik faoliyatda kvalimetriya metodlarini qo‘llashdagi 
yondoshuvlarning mazmun-mohiyatini anglashi lozim. Shu bilan bir qatorda professor-
o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, 
malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy 
metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish, standart va nostandart test 
topshiriqlarini tuza olishi, test o‘tkazish jarayonining metodikasi, olingan natijalarni 
ekspertizadan o‘tkazish, yakuniy natijalarni umumlashtirish, pedagogning kasbiy-
pedagogik modelini tuzish va modelning har bir tarkibiy qismining egallanganlik 
darajasini aniqlash, talabalarning umumiy va kasbiy layoqatinini aniqlash metodikasi, 


FTAI

Yüklə 429,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə