Respublika ilmiy-amaliy konferensiya issn: 2181-1776


Respublika ilmiy-amaliy konferensiya



Yüklə 429,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü429,82 Kb.
#139888
1   2   3   4   5
admin, 46.1

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
ISSN: 2181-1776
194 
“BILIG –
 
ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
 
http://bilig.academiascience.or
 
ttp://bilig.academiascience.or
talabalar tomonidan bilimlarni egallaganlik va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash va 
pedagogik xulosa yasash malakasini egallagan bo‘lishi zarur.
Pedagogik kvalimetriya professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini aniqlashda 
ham o‘rin tutadi. Pedagog kadrlarning o‘z kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kasbiy 
layoqatini baholash va o‘z-o‘zini baholash uchun pedagogik kvalimetriyaning quyidagi 
metodlaridan foydalaniladi:
1. Ekspertiza metodi
2. Tahlil metodi.
3. Pedagogik jarayonni kuzatish va tahlil qilish.
4. So‘rovnoma o‘tkazish
5. Test topshiriqlari.
6. Suhbat metodi.
7. Matematik-statistik tahlil qilish.
8. Umumlashtirish.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotgan ob’ektning 
xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u talabalar tomonidan mazkur xususiyatlarni 
aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra:

Reproduktiv daraja;

Produktiv daraja;

Qisman-izlanishli daraja; 

Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.
Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv fan bo‘yicha 
tasdiqlangan DTS ining minimal darajasiga, qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) 
darajadagi test topshiriqlari DTSining maksimal darajasiga mos tuzilishi zarur. 
Standart testlar mazmuni bo‘yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan 
test topshirig‘i savoli va to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblardan iborat bo‘lsa, nostandart testlar 
o‘zining mazmuni, tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi.
Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Integrativ testlar;
2. Adaptiv testlar;
3. Mezonli-mo‘ljal olish testlari. 
Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib 
boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchisining tayyorgarlik darajasi haqida 
umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.
Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, talabalarga nisbatan individual yondoshish 
imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish 
natijasida talabaning egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish 
bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari talabalarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur 
kursning o‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni 
samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.


FTAI

Yüklə 429,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə