Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#122187
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

2.3.
 
Firma va kompaniyalarni mulki, kapitali va
majburiyatlarini moliyaviy koeffitsentlardagi baholashishi 
Korxona mulki, kapitali va majburiyatlarini moliyaviy koeffitsentlar orqali o’rganish 
uning moliyaviy holatiga baho berishni yanada asonlashtiradi. Moliyaviy koeffitsentlar 
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini va birlik elementlarini o’zaro nisbatlash asosida 
aniqlanadi. Uning umumiy va birlik ko’rsatkichlarini tarkiblash mumkin. Ushbu ifodada 
koeffitsent, indeks va foizlar ishlatiladi. 
Moliyaviy koeffitsentlarni aniqlash va uning o’zgarishlarini qiyosiy taqqoslash asosida 
komaniya va firmaning moliyaviy axvolini aniqroq o’rganish, bilish imkoni tug’iladi. 
Masalan; bitta kompaniya yoki firmaning «moliyaviy mustaqillik koeffitsentini» 
aniqlanishiga e’tibor bering Ushbu ko’rsatkich «O’zlik mablag’lar manbayini» «Buxgalteriya 
balansini jami»ga bo’lish asosida aniqlanadi. Bu ko’rsatkich kompaniya yoki firmaning 
harakatda band qilingan mablag’ining qaysi darajasi o’ziniki ekanligini tavsiflaydi. Ya’ni 
harakatdagi, biznesdagi har bir so’mning qaysi qismi o’ziga tegishli ekanligini ifoda etadi. 
«Koeffitsentlar - mulkning nisbiy darajasini tavsiflaydi» deyiladi Tomas P. Karlin, 
Albert M.Maklinni «Analiz finansovix otchetov (na asnove GAAP)»
34F35

Lekin, o’zaro bog’liqlikga va aloqadorlikka ega bo’lgan ko’rsatkichlarnigina 
taqqoslash talab etiladi. Masalan, asosiy vositalarning umumiy qiymatini qarz kapitaliga 
nisbatlash bilan hech qanday natijaga ega bo’linmaydi. Ya’ni nisbatlash yakunida chiquvchi 
ifoda o’zining mazmuniga, mantig’iga ega bo’lmog’i lozim. Bu mantiqni tulovga qobillik 
kursatkichlarida, moliyaviy barqarorlikda, o’z va qarz mablag’lari nisbatida, moliyaviy 
mustaqillik koeffitsenti va shunga o’xshash ko’rsatkichlarda ko’rish mumkin. 
Analitik maqsadga erishish yuzasidan ingliz olimlari Tomas P.Karlin va Albert 
R.Maklin moliyaviy koeffitsentlarni uchta gurux va ularning har bittasini alohida tarkiblarga 
bo’ladilar. 
1.
Likvidlilik ko’rsatkichlari; 
2.
Levirdj; 
3.
Foydalilik ko’rsatkichlari.
Tahlil etishda ushbu koeffitsentlarni to’liq o’rganish talab etilmaydi. Balki qo’yilgan 
maqsaddan kelib chiqqan holda alohida tur koffitsentlar o’rganiladi. 
Korxona mulki, kapitali va majburiyatlari bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy 
koeffitsentlar 
1. 
Uzoq muddatli aktivlarga baho berishni nisbiy ifodalari
2. 
Zahira va xarajatlarga baho berishni nisbiy ifodalari; 
4.
O’z mablag’lari manbayiga baho berishning nisbiy ifodalari; 
5.
Qarz mablag’lari va ularning nisbiy ifodalari; 
1.
Uzoq muddatli aktivlarga baho berishning nisbiy ifodalari: 
ƒ
asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsenti; 
ƒ
asosiy vositalarning eskirish koeffitsenti; 
ƒ
asosiy vositalarni o’z va qarz mablag’lari hisobiga manbalanishi
35
Tomas P. Karlin, Albert M.Maklinni «Analiz finansovix otchetov (na asnove GAAP)»
M.: INFRA-M 1998 g. smot.269 str. 


27
ƒ
nomoddiy aktivlar yaroqlilik va eskirish koeffitsenti; 
ƒ
nomoddiy aktivlarni o’z va qarz mablag’lari hisobiga manbalanishi; 
ƒ
uzoq muddatli aktivlarni o’z va qarz mablag’lari bilan manbalanishi 
koeffitsenti,… 
2. Zahira va xarajatlarga baho berishning nisbiy ifodalari: 
-zahira va xarajatlarni o’z va qarz mablag’lari hisobiga manbalanishi; 
-to’lovga qobillik koeffitsentlari; 
-debitorlik qarzlarini holat ko’rsatkichlari,… 
3. O’z mablag’lari manbayi bilan bog’liq bo’lgan nisbiy ifodalar: 
-moliyaviy mustaqillik koeffitsenti
-moliyaviy karamlik koeffitsenti; 
-moliyaviy barqarorlik koeffitsenti; 
-jalb qilingan sarmoyaning jamlanganlik koeffitsenti; 
-manevrlik koeffitsenti; 
-o’z sarmoyasi harakatchanligi koeffitsenti; 
-o’z va qarz mablag’lari nisbati koeffitsenti
-o’z mablag’larini uzoq muddatli aktivlar va zahira, xarajatlarni manbalashdagi holat 
ko’rsatkichlari,… 
4. Qarz mablag’lari holati bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar: 
ƒ
qarz kapitali va o’z mablag’lari nisbati koeffitsenti; 
ƒ
qarz kapitalini barcha kapital tarkibidagi salmog’i; 
ƒ
uzoq muddatli mablag’larning chetdan jalb qilingan mablag’larga nisbati 
koeffitsenti,… 
Xalqaro tajribada moliyaviy koeffitsentlarning 80 dan ortiq turi aniqlanadi (E.Akramov 
«Analiz finansovogo sotoyaniya predpriyatiya», 25-stranitsa 3-abzats).
Olim (E.Akramov) nazariy jihatdan moliyaviy koeffitsentlarni 2ta guruxga tarkiblashni 
tavsiya qiladi. Ya’ni: 
-taqsimot (struktura) koeffitsentlar; 
-koordinatsiya koeffitsentlari. 
To’laxodjaeva M. tomonidan moliyaviy koeffitsentlarni quyidagi to’rtta guruxga 
ajratgan holda o’rganish tavsiya etiladi. Ya’ni: 
1.Likvidlilik darajasini xarakterlovchi moliyaviy koeffitsentlar; 
2.Ish aktivligini xarakterlovchi moliyaviy koeffitsentlar; 
3.Rentabellikni 
xarakterlovchi; 
4.Kapital tarkibini xarakterlovchi; 
5.Bozor aktivligini xarakterlovchi moliyaviy koeffitsentlar. 
I.f.D. prof. To’laxodjaeva M. tomonidan ishlab chiqilgan va qo’llashga tavsiya etilgan 
moliyaviy koeffitsentlarni statik, dinamik, va o’rtacha ko’rsatkichlarga nisbatan 
o’rganishning ham bir qator kamchiliklari mavjud.
Birinchidan: moliyaviy koeffitsentlar korxona moliyaviy holatini to’la ochib 
berolmaydi. 
Ikkinchidan: ularning nisbiy ifodada o’lchanishi; 


28
Uchinchidan; davomiylikka amal etmaslik hollari moliyaviy koeffitsentlarni kamchiligi 
sifatida keltirib o’tiladi. (Akramov E. «Analiz finansovogo sostoyaniya predpriyatiya» 
T.:TDEU., 2000 g. 26 stranitsa, 2-obzats). 


29
2.1.-jadval 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə