Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#122187
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

7.3.
 
Ichki investitsiyalar tahlili 
Kapital qo’yilmalarni amalga oshirish, boshqa firma, kompaniyalar aktsiyalarini sotib 
olish, lizentsion huquqlar va boshqa holatlar bozor iqtisodiyoti sharoitida har bitta firma va 
kompaniyaning muhim faoliyat yo’nalishlariga aylanib bormoqda. Albatta firma va 
kompaniyalar ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash, uni qayta tashkil etish, kengaytirish, 
rekonstruktsiyalash, harakatchan va noharakatchan aktivlarni joylashtirishda o’z manbalariga 
tayangan holda ish ko’radilar. Zaruriyat tug’ilgan hollarda qarz munosabatlarini yo’lga 
qo’yadilar. 
Ichki investitsiyalar firma va kompaniyalarning o’z resurslarini foyda olish 
maqsadidagi joylashtirishini xarakterlaydi.
Ichki invesitsiya manbalariga firma va kompaniyalarning sof foydasi, amortizatsiya 
zahiralari, erkin pul mablag’lari kiradi, bank kreditlari va qarz mablag’lari, byudjet va 
byudjetdan tashqari mablag’lari kiradi. 
2000-2001 yillarda investitsiyalarni manbalashdagi holat quyidagi darajada bo’lgan. 
7.2.-jadval 
Investitsiyani moliyaviy manbalashni holati haqida ma’lumot 
 
Ko’rsatkichlar 2000 
2001 
Investitsiya hajmi 
100 
100 
Moliyaviy manbalashdagi holati 
Respublika byudjeti 
29,2 
23,1 
Korxonalar va aholi mablag’lari hisobiga 
39,1 
38,8 
Tashqi investorlar mablag’lari hisobiga 
23,2 
29,3 
Bank kreditlari va qarz mablag’lari hisobiga 
7,2 
8,7 
Byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga 
1,3 
0,1 
Ichki investitsiyalarni tahlil etishda ular yuzasidan tuzilgan loyihalar samaradorligi
natijaviyligiga, investitsion xarajatlar va ularning moliyaviy manbalashning holatiga, 
investitsion loyihalarning oqlanish muddati va tahlilkalariga baho beriladi. 
Firma va kompaniyalarda ichki investitsiyalarni tashkil etishni muhim yo’nalishlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin; 
-asosiy kapitalni shakllantirishga mablag’larni qo’yish; 
-qimmatli qog’ozlarni sotib olish va boshqa korxonalar ustav kapitalida xissali 
qatnashish; 
-kapital qo’yilmalarni amalga oshirish; 
-ishlab chiqarishni kengaytirish va rekonstruktsiyalash; 
- kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish
-sho’’ba va assosatsiyalangan korxonalarda xissali qatnashish; 
-xorijiy firma va kompaniyalar faoliyatiga mablag’lar qo’yish va band etish.

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə